Patologo—anatomik o‘zgarishlar. Vabo kasalligida — murda
o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Jumladan: murda terisi keskin
qaqrab—qurshagan, yuz chizmalari keskinlashgan, ko‘zlar
cho‘kkan, burun va yonoq suyallari keskin bo‘rtgan, tishlar qisil-
gan, terisi ko‘kargan, ayniqsa quloq, burun va oyoq-qo‘l barmoq-
larining terisi siyoh rangida bo‘ladi. N.I.Pirogov tabiri bilan
aytganda, murdaning ko‘rinishi, kurashchining yoki gladiatorning
holatini eslatadi. Yorib ko‘rilganda a’zolar, ayniqsa qorin, o‘pka va
yurak pardalari quruq. Ichakning ichida har doim ko‘p miqdorda
suyuqlik bo‘ladi. Yurak mushaklari, buyrak, jigar va taloqda distrofik
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Klinik manzarasi. Inkubatsiya davri bir necha soatdan
5 kungacha, o‘rtacha 2—3 kunga to‘g‘ri keladi. Ximioprofilaktikani
chala olganlarda bu davr 9—10 kungacha uzayishi mumkin.
Akademik I.K.Musboev (1966, 1990) vaboning quyidagi
tasnifini taqlif qiladi: gastritik shakli (6,1%), enteritik (27,7%),
gastroenteritik (48,7%) va algid shakli (17,4%) lardan tashkil topgan.
Bundan tashqari kam uchraydigan vabo shakllari: quruq vabo,
yashin tezligida o‘tadigan vabo, vaboni tifsimon shakli va vaboni
boshqa yo‘ldosh kasalliklari bilan o‘tadigan shakllariga o‘rin berilgan.
240
Vaboda bemor organizmining suvzislanishi, ya’ni degidratatsiya
darajasi kasallikning og‘ir-yengil kechimi va oqibatini ham aniqlab
berishi mumkin. El—Tor vabosida ko‘pincha infeksion jarayon
subklinik tarzida kechishi mumkin, buni vibrion tashuvchilik deb
qaraladi.
Kasallik (22% bemorlarda) tez, ba’zan to‘satdan shiddat bilan
boshlanadi. Kamdan-kam hollarda prodromal belgilardan bosh
og‘rishi, bosh aylanishi, umumiy darmonsizlik, haroratning
ba’zan 37,1—38°C gacha ko‘tarilishi ko‘riladi. Aslida ich ketishi
tunda, yoki saharda boshlanadi. Ich ketishi to‘satdan boshlanib,
to‘xtatib bo‘lmaydigan darajada bo‘lsada, qorinda og‘riq sezilmaydi.
Ko‘pincha qorinda noxush alomatlar: ichak quldirashi va
suyuqlikning ichaklardagi harakati eshitiladi. Bemor, ichi avval
najasga xos ko‘rinishda, so‘ngra axlat suyuqlanib, ko‘kimtir-sariq
rangda suvsimon bo‘ladi, ichida suzib yuruvchi i pir-i pir mayda
bo‘lakchalar ko‘rinadi va pirovardida tinib, oqarib guruch
qaynatmasining ko‘rinishida bo‘ladi, hid sezilmaydi yoki baliq hidi
yoinki, qirilgan xom kartoshka hidi keladi. Ba’zi bir bemorlar
axlatida shilimshiq modda va qon bo‘lishi mumkin. U ko‘pincha
boshqa o‘tkir ichak infeksiyalarini vabo bilan birga kechishi hollarida
ro‘y beradi.
Vaboda bemor najasi — ichak suyuqligi (transsudat) deb
aniqlangan, ya’ni unda qattiq moddalar kam 1—2% ni tashkil
qiladi. Tarkibidagi oqsil 0,1 g %. Qattiq qoldiqning 60—70 foizi
natriya xlorga to‘g‘ri keladi.
Kasallik boshlanishining birinchi kunida ich ketishi bir necha
marotabadan, 10—30 va undan ko‘p marta, hatto behisob bo‘lishi
mumkin. Har bir ichi ketganda ajraladigan najasi 400—600 ml ga
teng bo‘ladi. Organizmning suvsizlanishi oqibatida, bemorlarda
tashnalik, tez holsizlanish, darmonsizlik, boldir va boshqa
mushaklarda tirishish va og‘riq paydo bo‘ladi. Ba’zan umumiy
darmonsizlik, bosh aylanishi, o‘zidan ketib qolishi (obmorok),
ko‘ngil aynashi kuzatiladi.
Tana harorati ko‘tarilmaydi, lekin ba’zilarda harorat subfebril
darajaga ko‘tarilishi mumkin. Bemorning tomir urishi tezlashgan,
241
terisi quruq, qorni ichiga tortilgan, lekin tarang emas, og‘riq
sezilmaydi, faqat ichakda quldirish va ingichka ichak bo‘ylab suyuqlik
quyilishlari eshitiladi. Bunday diareya bir necha soatdan 1—2
kungacha davom etib, shu bosqichda to‘xtab qolishi ham mumkin.
Agar kasallik tuzalmasdan davom etaversa, diareya (enterit davri)
avjlanib borishi bilan bunga ko‘pincha to‘satdan qusish qo‘shiladi.
Qusuq modda ham tez orada suyuq suvdek bo‘lib, guruch
qaynatmasini eslatadi. Qusish ham tez-tez qaytalanadi (lekin ko‘ngil
aynashi ko‘rilmaydi) va ko‘p miqdorda bo‘lib bemor og‘zidan
favoradek otilib chiqadi.
Gastroenterit davrida bemorda suvsizlanish jarayoni va vibrion
ajratish juda tezlashadi. Bu epidemiologik jihatdan eng xavfli davr
hisoblanadi. Uzluksiz qusishning qo‘shilishi bemor ahvolini yanada
mushkullashtirib, organizmda tiklanishi mushkul bo‘lgan suvsizla-
nish holatini yuzaga keltiradi.
Degidratatsiya oqibatida bemor organizmi asosiy sistemalarining
faoliyatida ikkilamchi metabolik o‘zgarishlar sodir bo‘lib, uning
oqibatida kelib chiqadigan klinik belgilar ustivorlik qiladi. Bu davrga
kelib bemorda ich ketish va qusish kamaya borishi va pirovardida
to‘xtashi mumkin. Bemorda bunday holatni, ya’ni vaboni juda og‘ir
shakli — a l g i d n i vujudga kelishi, tez — bir necha soat ichida
sodir bo‘lishi mumkin
(Zarvaraqdagi 22-rasmga qarang).
Vabo kasalida isitma va qorinda og‘riq bo‘lmaydi, lekin so‘nggi
yillarda ayrim bemorlar qornida kuchsiz og‘riq bo‘lishi va tana harorati
subfebril darajasigacha ko‘tarilganligi kuzatilgan. Harorat aksariyat
bemorlarda 36—37°C dan oshmaydi, aksincha suv—tuz tanqisligi-
ning III—IV darajasida, ya’ni aglid (algidus— sovuq) bosqichida
tana harorati me’yordan ham pasayib ketadi, eksikoz zo‘rayishi
bilan harorat ham pasaya borib, 34°C gacha ham tushishi mumkin.
Bu xatarli belgi. Bemorlarda harorat pasayishiga organizmda
gemodinamik o‘zgarishlar, ya’ni periferik qon aylanishi izdan
chiqishi sabab bo‘ladi.
Bemorning terisi quruq, elastikligi va tarangligi pasaygan, teri-
ning qon bilan taminlanishini buzilishi va gi poksiya natijasida
terida ko‘karish (sianoz) paydo bo‘ladi. Vaboni og‘ir shakllarida
teri kul rang gunafshaga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi. Teri
242
qoplami sovuq, yopishqoq ter bilan qoplangan bo‘ladi. Shilliq
qavvatlar ham quruq — ayniqsa konyunktivalar, og‘iz bo‘shlig‘i,
til karash bilan qoplangan va quruq bo‘ladi.
Og‘iz shilliq pardasining quruqligi, lablari hamda tili sekinlik
bilan qimirlashi va ovoz bog‘lamlari quruqligidan tortishib tirishishi
natijasida bemor ovozi bo‘g‘iq va hatto chiqmay qoladi. Bemor
pichirlab gapirishga majbur bo‘ladi.
Mushak tortishib-tirishishi kasallikning boshlaridayoq, hali
eksikoz avj olmasdan boshlanishi ham mumkin. Bunday holat
ba’zan chaynash va boldir mushaklarida ko‘riladi. Keyinchalik
tarishish kuchliroq va uzoqroq davom etib, umumiy tus oladi.
Tirishish sabablari murakkab — to‘la oksidlanmagan moddalar
yig‘ilishi, gi pokaliemiya va qonda sut hamda pirovinograd kislota
to‘planishi sabab bo‘ladi. Biroq, bemorning yurak-tomir faoliyati
uzoq vaqt yetarli darajada saqlanib, mikrotsirkulatsiya va metabolitik
holatni qo‘llab turadi. Ba’zi bemorlarda yurak tonlari pasayib,
taxikardiya va qon bosimi pasayishi ko‘riladi. Organizm suvsizlanishi
davom etaversa, qon quyuqlashadi, mikrotsirkulatsiya bo‘g‘iladi
va gi pokaliemiya, atsedozlarning ortib borishi gi povolemik shokka
olib keladi.
To‘xtovsiz ich ketishi va uzluksiz qusish sindromi ko‘pincha
36—48 soatgacha davom etadi. Ana shu davr ichida bemor ich
ketishi bilan 30 litrgacha va qusish bilan 7 litrgacha suyuqlik yo‘qotadi.
Bunda organizm suyuqlik bilan birga oqsil va muhim tuzlar yo‘qotadi.
Qonning quyuqlanishiga va gemodinamik o‘zgarishlar oqibatda
sirkulator gi poksiya rivojlanib kompensator ravishda nafas olish
tezlashadi.
Degidratatsiya, qon quyuqlanishi, kislorod va elektrolit
tanqisligi, gi povolemik shok, bular bari buyraklar faoliyatini izdan
chiqaradi oqibatida oliguriya va hatto anuriya (uremik koma) bo‘lishi
mumkin.
Bemor organizmining degidratatsiya darajasi qancha chuqur
bo‘lsa hayotiy muhim a’zolar faoliyatida shuncha ko‘p ikkilamchi
patologik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
V.I.Pokrovskiy bemor organizmi suvsizlanishi jarayonini
4 darajaga bo‘ladi:
243
I—darajada, tana og‘irligiga nisbatan 1—3% hajmida suyuqlik
yo‘qotadi; II—darajada — 4—6%; III—darajada — 7—9%;
IV—darajada — 10%va undan ortiq hajmida suyuqlik yo‘qotadi.
Kasallik vaboga xos belgilar bilan kechganda: I—daraja
degidratatsiya — yengil (56%), II—daraja — o‘rta og‘irlikda (18,8%),
III—IV—daraja degidratatsiya (8.2% bemorlarda) og‘ir shaklda
kechishi tafovut qilinadi.
I va II darajali degidratatsiyada bemorlarda vujudga kelgan ba’zi
klinik belgilar: eksikoz, sianoz, teri tarangligining pasayishi, oligu-
riya, mushak tortishishlari va boshqalar — og‘ir ko‘rinishga o‘tmay
davolash jarayonida tez yo‘qolib ketadi.
III darajali degidratatsiyada — suvsizlanishning barcha
sindromlari ham yaqqol namoyon bo‘ladi va kompensatsiya holati
turg‘un bo‘lmaydi. Shilliq qavat lablar, til qurishi zo‘rayadi, terisi
quruq—bo‘shashgan, ayniqsa qo‘l—panja terilarini qat-qat bo‘lib
bujmayishi «kir yuvuvchining qo‘li» ni eslatadi. Bemorning yuz-
ko‘zlari kirtayib ich-ichiga kirib ketgandek, ovozi chiqmay qoladi,
shivirlab gapiradi. Mushaklarning tirishishi zo‘rayadi. Tana harorati
me’yordan ham pasaya boradi (to 35,7—35,5°C) chaga. Bemor
tanasining sovishi va umumiy sionoz kuchayadi.
Sirkulator buzilishlar va gemodinamikani izdan chiqishi
oqibatida bemorda gi potoniya, taxikardiya (tomir urishi 120—
130 marta 1 m) kuzatiladi. Yurak tonlari juda sust, nafas olishi
tezlashadi, siydik ajralishi kamayadi yoki butunlay ajralmay qoladi.
Bu davrda qonning nisbiy zichligi ortadi (1030—1035),
gematokrit indeksi — 0,55—0,65 ga teng bo‘ladi. Binobarin, III
darajali degidratatsiyada kuzatiladigan klinik belgilar kasallikning
dekompensatsiya darajasiga mos bo‘ladi. Agar zudlik bilan davolash
choralari o‘tkazilsa, barcha salbiy metabolik o‘zgarishlar muvoza-
nati tezda qayta tiklanadi. Agar kasallik zo‘raya borsa bemorda o‘ta
og‘ir holat — gi povolemik shok, ya’ni kasallikning so‘nggi marrasi
a l g i d sodir bo‘ladi.
Algid davriga kelib bemor maksimal miqdorda (10% dan ortiq)
suyuqlik yo‘qotadi, diareya va qusish kamaya borib to‘xtaydi va
bemorda gi povolemik shok sodir bo‘ladi. Bemor juda ko‘karib
ketgan bo‘lib, yuz-ko‘zlari juda sezilarli darajada kirtayib, ich-
244
ichiga kirib ketadi, ko‘z oqi xiralashadi, tanasi shalpayib, «yelkada
osilib turgan o‘zgani kostyumidek» ko‘rinadi. Bemorning terisi
sovuq yopishqoq ter bilan qoplangan, yuz qiyofasi — ser ajinli va
qarashlari alom-iztirobli bo‘ladi («vaboga xos bashara» — «fatsies
xolerika»). Ko‘z atroflarini qorayib qo‘rinishi (qora ko‘zoynakka
o‘xshash belgi) yaqqol ajralib turadi.
Yotgan bemorda ko‘z qorachig‘i peshona tomonda botib
ko‘rinishi, «chiqayotgan quyosh» ni eslatadi.
Bemor harorati pasaya borib 35 va hatto 34°C ga yetadi, yurak
tonlari juda past eshitiladi yoki butunlay eshitib bo‘lmaydi, arteriya
bosimi va tomir urishining aniqlanishi qiyin yoki umuman
aniqlanmaydi.
Bemorda nafas olish tezlashadi (1 daqiqada 40—50 martaga-
cha), nafasi yuzaki yoki noritmik bo‘ladi.
Buyraklarda ikkilamchi, qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar
rivojlanib anuriya sodir bo‘ladi. Bemorlarning es-xushi o‘zida bo‘ladi,
biroq bemor, chuqur hayol surgandek (prostratsiya), atrofdagilarga
befarq bo‘lib ko‘rinadi. Shu holatda mushak tirishishlari xuruji
qaytalab bemorga azob beradi. Soporoz va koma kasallikning eng
og‘ir holatlari, ya’ni bemorning o‘limidan oldingi daqiqalarida ro‘y
berishi mumkin.
Bemorlarda aniqlanadigan gemokonsentratsiya, leykotsitoz,
neytrofillyoz, gi pokaliemiya, gi poxloremiya, dekompensirlangan
metabolik atsidoz, gi poksiya va I—II faza qon ivishini, fibrinolizinni
ko‘payishi va trombotsitopeniyalar, suvsirash dekompensatsiyasiga
xos laboratoriya belgilaridir.
Periferik qonda eritrotsitlar soni 1 mkl da to 7x10
6
, leykotsitlar
— 1 mkl da to 20—60·10
3
oshganligi, gi pokaliemiya 2,5 mmol/l,
gi poxloremiya 80,5 mmol/l; qonning nisbiy zichligi to 1,038—1,050
gacha oshadi, gematokrit indeksi 0,60—0,70 ga yetadi; elektro-
kardiogrammada o‘pka gi pertenziyasi belgilari, taxikardiya va
yurakning o‘ng bo‘limida diastolik zo‘riqishlar aniqlanadi.
Vaboda kasallik belgilari har doim ham yuqorida yozilgan tartibda
bo‘lavermaydi. Chunonchi kasallik bemorda ich ketish bilan o‘tishi
mumkin. Bunda qusish ko‘rilmaydi va aksincha bemorda faqat qusish
belgisi namoyon bo‘ladi yoki oldin qusish so‘ngra ich ketish yoki
245
bir vaqtda birdan ham ich ketish, ham qusish bilan o‘tadi. Bunday
hollarda albatta bemorga tashxis qo‘yish murakkablashadi.
Vaboni notipik kechinmalari
Quruq vabo kasallikning kam uchraydigan formasi bo‘lib, kam
quvvat — sillasi qurigan odamlarda uchraydi. Kasallik to‘satdan,
shiddat bilan boshlanib, o‘tkir intoksikatsiya, ayniqsa markaziy
asab sistemasining zararlanishi belgilari, turli mushak guruhlarini
tirishib tortishishi, minengial va ensefalit simptomlarini vujudga
kelishi ko‘riladi. Bunda arterial qon bosimining juda pasayib ketishi,
havo yetishmasligi, sianoz va boshqa degidratatsion shok belgilari
tezda namoyon bo‘ladi. Ammo bemorda ich ketish yoki qusish
ro‘y bermaydi, aniqrog‘i bu belgilar vujudga kelguncha bemor
bir necha soat ichida halok bo‘ladi. Ich ketish va qusishni bo‘lmas-
ligining bemorning ichak silliq mushaklarini parezlanishi natijasida
vujudga keladi deb taxmin qilinadi. Chunki o‘lgan bemor ichaklarida
5—10 litrgacha ko‘p miqdorda (yovg‘on xo‘rda yoki go‘sht
yuvindisiga o‘xshash) suyuqlik yig‘ilganligi ko‘riladi.
Vaboni
yashin tezligida o‘tadigan juda og‘ir shakli (Cholera
fulminans) ham quruq vabodagidek, o‘ta darmonsiz odamlarda
rivojlanadi, lekin kam uchraydi. Kasallik to‘satdan shiddat bilan
boshlanib tezlik bilan rivojlanadi. Intoksikatsiya zo‘rayib meningial
va ensefalit va boshqa belgilar ko‘riladi. To‘xtovsiz ich ketish va
qusish bemorda o‘ta rivojlangan degidratatsiyani vujudga keltiradi,
umuman bunday gi pertoksik holatda (gi pertoksik shakli), to‘liq
gi povolemik shok belgilari namoyon bo‘ladi. Agar zudlik bilan
davolanmasa kasallik boshlangandan bir soat davomida bemor o‘lishi
mumkin.
Vaboni
bilinar-bilinmas belgilar bilan kechadigan shaklida ich
ketish va qusish yengil-yelpi va qisqa muddatli bo‘lib, bemor ahvolida
kasallik holati bilinmaydi. Bemor o‘zining xastaligini ham unchalik
sezmaydi.
Vaboni subklinik shaklida — bemorda hech qanday klinik belgilari
ko‘rilmaydi, u «sog‘lom» ko‘rinishli bo‘ladi. Ammo qonda vibriotsid
246
antitelolarning ortib borishi bemor organizmini hufyona xastaligidan
darak beradi. Bunday shaxslarda tashxis qo‘yish, najasida vabo vibrioni
aniqlanishiga asoslanadi.
I.K.Musaboev va boshqalar (1966) 6,1% bemorlarda vabo,
faqat gastrit simptomlari bilan o‘tganligi, bunda bemor husug‘ida
vabo vibrioni topilganligi sababli uni «gastritik shakli» deb atashni
tavsiya etganlar.
El—Tor vibrioni vabosi. El—Tor vibrioni vabosi qator belgilari
bilan klassik vabodan ajralib turadi. Jumladan, bemorlarda
haroratning ko‘tarilishi, qorinda yengil og‘riq, qusish va ich
surishini bir vaqtda boshlanishi kuzatiladi. Bemorlarda kasallikning
og‘ir formalari kam uchraydi. El—Tor vabosida vibrion tashib
yuruvchilik ko‘proq uchrashi va uzoqroq (4 oy) davom etishi qayd
etilgan.
Klinik manzarasi namoyon bo‘lmagan vibrion tashib yuruvchi
shaxslarning 95% da (Pokrovskiy V.I.) vaboni subklinik formasi
ani qlang an. Hozi rg i vabo epi demi yalari da vabo bi lan
kasallanganlarning har bittasiga 50—100 s i m p t o m s i z v i b-
r io n t a sh i b yu r u v ch i to‘g‘ri keladi.
Vaboning a s o r a t l a r i undagi degidratatsion shok rivojlanishi
hamda ikkilamchi infeksiya qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Quvvatsizlangan ojiz bemorlarda ikkilamchi infeksiyaning ishtirokida
pnevmoniya, abssesslar, flegmonalar va nihoyat sepsis va boshqalar
vujudga kelishi mumkin. Sepsis ilgarilari «tifoid—vabo» deb nomlanib
kelingan.
Bolalarda vabonining klinik kechimida — trishish, haroratni
ko‘tarilishi va bola organizmini juda tez suvsizlanishi kabi sindromlar
muhim o‘rin tutadi. Aksariyat bolalarda kasallik avval ich ketishi va
kamdan-kam qusish bilan boshlanadi. Og‘ir hollarda bolalarda
qusish uzluksiz ko‘p miqdorda (qusug‘ fontani) bo‘lishi mumkin.
Bemor bola organizmi qisqa muddat ichida ko‘p miqdorda suyuqlik
va elektrolitlar yo‘qotadi va oqibatda organizmda izotonik ti pdagi
suvsizlanish bo‘ladi. Bolalar kattalarga nisbatan 1,5 barovar ko‘p
kaliy yo‘qotadi. Haroratni subfebril darajasigacha ko‘tarilishi
go‘daklarga xos belgi hisoblanadi. Lekin suvsirash dekompensatsiyaga
yetganda aksariyat bolalarda gi potermiya ko‘riladi.
247
Go‘daklarda va yosh bolalarda intoksikatsiya sindromi juda
tezlik bilan rivojlanadi (ichak toksikozi va eksikozi). Vaboni og‘ir
kechimida bola karaxt bo‘lganday bir necha kun davomida esi-
hushi ravon bo‘lmaydi. Kichik yoshdagi bolalarda kasallik
davrlarini yaqqol farqlash qiyin, ularda davrlar qisqa muddat
davomida o‘tadi.
Bolalarda degidratatsiyani 3 bosqichga ajratishini tavsiya etiladi:
1. Yengil degidratatsiya — tana vaznidan 5% gacha bo‘lgan
suyuqlik tanqisligi,
2. O‘rtacha og‘ir degidratatsiya — tana vazniga nisbatan 6—8%,
3. Og‘ir degidratatsiya — tana vaznidan 10—11% gacha suyuqlik
yetishmovchiligi.
Tana vaznidan 10—12 foizdan ortiq suyuqlik yo‘qotgan bemor
bola hayotini saqlab qolib bo‘lmaydi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar
va chaqaloqlarda vabo kam uchraydi. Bu yoshda pnevmoniya eng
ko‘p uchraydigan asoratlardan hisoblanadi. Kasallik umuman og‘ir
o‘tadi va 15—20 foizgacha bemor o‘ladi.
Agglyutinatsiya bermaydigan vibrion (NAG—lar) tomonidan
chaqiriladigan kasallik klinikasida inkubatsiya davri bir necha soatdan
to 1 sutkagacha (ba’zan 3—4 kungacha) davom etadi. Kasallik tez
boshlanadi, bemorning ichi suyuq keta boshlaydi, qorinda yengil-
yelpi og‘riq seziladi va qusadi. Ko‘pchilik bemorlarda kasallik o‘tkir
gastroenterit, kamroq — enterit, ba’zan enterokolit yoki gastroen-
terokolit shaklida namoyon bo‘ladi.
Kasallik o‘rtacha og‘irlikda o‘tganda intoksikatsiya (darmonsizlik,
bosh aylanishi) va suvsirab chanqash, organizmning suvsizlanishi
belgilari kuzatiladi. Ich ketish sutkada 2—5, ba’zan 6—7 martagacha
bo‘ladi. Najasi bo‘tqasimon va enterit ko‘rinishida ko‘p miqdorda,
suvdek, qon va shilliq aralashmasiz bo‘ladi. Ich ketish va qusish
bemorlarning yarmidan ko‘prog‘ida uchraydi. Aksariyat hollarda avval
ich ketish so‘ng qusish yoki ikkalasi ketma-ket boshlanadi. Kasallik
bir haftagacha davom etishi, ayrim bemorlarda harorat subfebril
darajada 1—3 kungacha saqlanishi mumkin.
Ayrim bemorlarda og‘ir o‘tib, bemor organizmining suvsizla-
nishi va tuz tanqisligi bemor vaznidan 8—10% gacha yetib, algid
belgilari namoyon bo‘lishi mumkin. Xullas NAG diareyalarini
248
faqat bakteriologik tekshirishlar natijasiga asoslanib boshqa diareyali
kasalliklardan farqlash mumkin.
Tashxisoti. Vabo bilan kasallangan birinchi bemorning tashxisini
qisqa muddat ichida aniq asoslab qo‘yilishi o‘ta muhim ahamiyatga
egadir.
Umuman vabo tashxisi bemordagi klinik manzaraga, sinchkovlik
bilan aniqlangan epidemiologik tekshirish ma’lumotlari va bir qator
laboratoriya usullari: bakteriologik usul bilan tekshirish; qonning
fizik va kimyoviy xossalarini aniqlash natijalarini tahlil qilish bilan
asoslanadi. Epidemiologik tashxis — vaboda juda muhim ahamiyatga
ega.
Davlatlararo xavfli karantinli infeksiyalar bo‘yicha konvensiyada
vabo kasalligi ham mavjud bo‘lib, har bir davlat bu kasalliklarga
nisbatan tegishli qo‘llanmalarga amal qiladilar.
Kasallikning tez boshlanishi, suvdek shirillab to‘xtovsiz ich
ketishi va qusishi, qorinda og‘riq bo‘lmasligi, bemorda degidratatsiya
belgilarining orta borishi, gemodinamik o‘zgarishlar, siydik
ajralishining kamayishi, mushaklarni tirishishi kabi belgilar va tana
haroratining pasayib ketishi asosan vaboga xos belgilar hisoblanadi.
Yengil kechimlarida vabo tashxisini klinikaga suyanib qo‘yish juda
murakkab ish. Bunday hollarda epidemiologik anamnez va
laboratoriya usullari qo‘l keladi.
Vaboda suvsirash jarayonida bemorlar 10—30 litrgacha suyuqlik
yo‘qotishi mumkin. Bu holat qonning quyuqlanishiga olib keladi,
eritrotsitlarni nisbiy soni ba’zan 7,5—8,0 · 10
12
l ga yetadi.
Deykotsitlar soni 20·10
9
l neytrofillar hisobidan ko‘payadi. Kasallik
avjida trombotsitlar 140—150·10
9
l gacha kamayadi. Degidratatsiya
darajasiga qarab qonni elektrolitlar tarkibi o‘zgaradi: gi poka-
liemiya (me’yorda 3,8—4,6 mmol/l), gi poxloremiya (me’yorda 95—
103 mmol/l) va metabolik atsidoz rivojlanadi (me’yorda pH=7.38).
Qon quyuqlanganligi natijasida gematokrit indeksi (me’yorda
40—50%), plazma zichligi (me’yorda 1023—1025 g/sm
3
)va qon
yopishqoqligi (me’yorda 4—5 ed) ortadi.
Bakteriologik tekshiruv uchun bemor najasi, qusug‘ modda,
12 barmoq ichak suyuqligi, murdadan kesib olingan ingichka ichak
va o‘t pufagi bo‘laklari va boshqalar olinadi. Rekonvalessentlarda va
249
vibrion tashib yuruvchi shaxslarda organizmni vibriondan forig‘
bo‘lgan — bo‘lmaganligini aniqlash uchun o‘n ikki barmoq ichagi-
dan ekma olinadi
(Zarvaraqdagi 23-rasmga qarang).
Vabo vibrionlari tashqi muhitga chidamsiz bo‘lganligi sababli
bakteriologik tekshirishga olinadigan materiallar toza, sterillangan
shisha idishiga, ichida boyitilgan ishqoriy 1% li peptonli suvga (pÍ
8,0—8,5), kaliy telluritli 1% li peptonli suvga sterillangan paxtali
tamponlar yordamida ekiladi. Bakteriologik tekshirish uchun barcha
materiallar bemor antibiotik va boshqa ximiopreparatlar qabul
qilmasdan oldin olinishi shart, chunki antibiotik va ximiopreparat-
larni qabul qilgandan 1—2 soat o‘tgach bemor najasida vibrionlar
juda kamayib qoladi, 1—3 sutkadan so‘ng vibrionlar yo‘qolib ketadi.
Kasallikning og‘ir kechimida 50 ml pepton suviga 0,1—0,5 ml
material, ekish uchun yetarli bo‘lsa, yengil shaklida esa 1—2 g
najas ekiladi.
Vibrion tashib yuruvchilarni aniqlash maqsadida bakteriologik
tekshirish uchun avval tuzli surgi (20—30 g sulfat magniy) ichiriladi.
Olingan materiallar laboratoriyaga olingan vaqtidan 3 soatdan
kechikmasdan (xavfli materiallarni transportirovka qilish qoidalariga
rioya qilgan holda) yetkazilishi zarur, chunki vabo vibrioni najasda,
ayniqsa issiq kunlarda tez halok bo‘ladi.
Serologik diagnostik usulda — qon zardobida agglyutininlar,
gemagglyutininlar, vibriotsid antitelolar aniqlanadi. Asosan zardob-
lar 7—10 kun oraliqda (juft zardob usulida) tekshiriladi va ular
asosan — retrospektiv tashxisda ishlatiladi. Agglyutinatsiya reaksiyasi
(AG) ni minimal diagnostik titri 1:40 va juft reaksiyada zardob
titrini oishishi hisoblanadi. Vibriotsid antitelolarni titri kasallikni
3—4 haftalariga bo‘lib 10
—4
—10
—6
ni tashkil etadi.
Qo‘llaniladigan tezkor (ekspress) usullar 15 daqiqadan 2 soatgacha
bo‘lgan vaqt ichida tekshiriladigan material ichida vabo vibrionlarini
ko‘rish va tezlikda identifikatsiya qilib me’yorni aniqlash imkonini
beradi. Lekin bu darakchi usul bo‘lib, u bakteriologik usul natijasi
bilan tasdiqlanishi lozim.
Lyuminissent—serologik usulda — immunoflyuoressirlovchi
zardob bilan nishonlangan surtma lyuminissent mikroskopida ko‘riladi.
250
Surtmada atrofi tiniq yorug‘lik bilan nurlanib turgan gardishli
vibrionlar ko‘rinadi. Bunda javob 1 1/2—2 soatda olinadi.
Vibrionlarni immobilizatsiya va mikroagglyutinatsiya qilish usuli
spesifik O—zardobi ta’sirida bemor najasini yoki rektal tamponidan
olingan chayindini: maxsus usulda mikroskopda ko‘rilganda
harakatlanuvchi vabo vibrionlari kuzatiladi, yana bir tomchi
O-zardob tomizilgandan so‘ng ularni harakati to‘xtagani ko‘riladi.
Shuningdek, tezkor usul sifatida makroagglyutinatsiya hamda
fagni adsorbsiya qilish reaksiyalaridan ham foydalanish mumkin.
Umuman vaboni boshqa ichak kasalliklaridan klinik farqlash
qiyin. Shuning uchun uzil-kesil diagnostikada oxirgi hal qiluvchi
so‘z laboratoriya tekshirish usullariga, aynan bakteriologik usulga
beriladi.
Bunda dastlabki ma’lumot 5—6 soatdan so‘ng, hal qiluvchi
natija 18—48 soat davomida tayyor bo‘ladi. Serologik usullar tashxisda
yordamchi usul hisoblanadi.
Taqqoslash tashxisida vaboni avvalo o‘tkir ichak infeksiyalari:
salmonellyozlar, shigellyozlar, esherixiozlar, ovqat—toksikoinfek-
siyalari va boshqalar, shuningdek vaboni—qo‘ziqorindan zaharla-
nish, organik va noorganik kimyoviy moddalar yoki zaharli
ximikatlardan zaharlanishlardan farqlash lozim bo‘ladi.
Salmonellyozning gastrointestinal shakli — tana haroratining
tez va baland ko‘tarilishi, ko‘ngil aynashi va qusish bilan boshlanadi,
keyin qorni og‘rib ichi keta boshlaydi, najasi suvdek ko‘kimtir,
hidi juda sassiq bo‘ladi. Tashxisni farqlashda epidemiologik ma’lumot
va asosan bakteriologik usul bilan tekshirish natijalari hal qiluvchi
rol o‘ynaydi.
Ovqat toksiko infeksiyalarida ham klinik jihatdan vaboga
o‘xshash gastritik va gastroenteritik belgilar namoyon bo‘ladi.
Kasallik tez boshlanadi, bemorning harorati baland bo‘ladi,
bemor ko‘ngli aynab qusadi, qorni qattiq og‘rib ichi ketadi, ichi
suyuq ko‘p miqdorda ko‘kimtir qo‘lansa hidli bo‘ladi. Vaboda esa
kasallik ich ketishidan boshlanadi qorni og‘rimaydi, ko‘p miqdorda
yovg‘on xo‘rdaga o‘xshash suyuq, hidsiz najas ajraladi, ko‘ngil
aynash ko‘rilmaydi, bemor harorati ko‘tarilmaydi, aksincha
pasayib ketadi.
251
Ilgarilari «xolerina» (Cholera nostras) deb ataluvchi o‘tkir
gastroenteritlarda — bemor ichi shir-shir ketib, qusadi, ichi xuddi
yovg‘on xo‘rdaga o‘xshash suyuq ketib organizmda suvsizlanish
sindromi vujudga keladi.
Zaharli qo‘ziqorinlar (muxomor, oq—maraz), ayniqsa
ammanit turi odamda vaboning algid bosqichidagi kasallik belgilarini
vujudga keltiradi, ammo bu belgilar qorinda qattiq og‘riq bilan
kuzatiladi.
Margimush, sulema va simob bilan o‘tkir zaharlanish ro‘y
berganda ham qorinda og‘riq bo‘ladi, bemor qusadi, ich qon aralash
ketadi, harorati ko‘tarilishi mumkin. Kanakunjutdan zaharlanish
sodir bo‘lganda ham vabo algidiga xos kasallik belgilari namoyon
bo‘ladi.
Bunday hollarda kasallikning farqlash barcha diagnostik usullar:
epidemiologik anamnez, kasallikning klinik belgilari va laboratoriya
usullarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
Bolalarda diareya sindromini, ko‘pincha salmonellalar,
shigellalar, esherixiyalar, stafilokokklar, kolibakteriylar, enterovi-
ruslar, rotaviruslar, xolerasimon vibrionlar (NAG—vibrion) va
boshqa mikroblar vujudga keltiradi. Shuning uchun bolalarda vabo
bilan boshqa turli — tuman o‘tkir ichak infeksion kasalliklarni
farqlash kompleks ravishda olib boriladi, bunda klinik belgilar,
epidemiologik holat, immunologik, laboratoriya va instrumental
usullarga asoslanib diagnoz qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |