Kasallikning a v j d a v r i bir necha soatdan 2—3 kungacha
davom etadi. Bemorning ahvoli og‘ir, tana harorati yuqori, yuzi
qizargan, ko‘zlari qizil «qon quyilgan», nafasi juda tezlashgan (bir
daqiqada 50—60 marta) bo‘ladi. Ko‘pchilik bemorlar qonaralash
qusadi. Yurak juda tez uradi, tonlari bo‘g‘iq bo‘lib, puls noritmik,
arterial bosim keskin pasaygan bo‘ladi. Intoksikatsiya holati ortib
borib bosh og‘rig‘i juda kuchayada, bemor ko‘p bezovtalanadi,
alaxsiraydi.
Oxirgi —
t e r m i n a l d a v r i d a bemorning ahvoli
nihoyatda og‘ir, u soporoz holatiga tushadi, nafasi juda tezlashgan,
yuzaki bo‘lib, yuzlari ko‘karib ketadi. Ko‘karish ortib borib,
kulrang—yer rangiga o‘tadi, burni qirralashadi, ko‘zlari botiq,
qarashlari istirobli bo‘ladi. Terisida petexiyalar yoki yirik qon
quyilishlar ko‘riladi. Pulsi tezlashgan, juda sust, i psimon bo‘ladi.
Arterial bosimni aniqlash qiyin bo‘ladi. Keyinchalik bemor
alaxlaydi, karaxtlanib, ko‘maga tushadi va ko‘pincha o‘lishi mumkin.
I k k i l a m ch i o‘ p k a sh a k l i. Ko‘pincha o‘latning
bubonli shaklini (ayniqsa qo‘ltiq osti bubonining) asorati tarzida
rivojlanadi va og‘ir kechib ko‘p o‘lim bilan yakunlanadi.
I ch a k sh a k l i kam uchraydi. U, odatda, o‘latning septik
kechimi fonida rivojlanadi. Kuchli intoksikatsiya va yuqori harorat
holatida yotgan bemorning ichi tez-tez va suyuq, shilliq va qon
aralash keta boshlaydi, ko‘ngli aynab, qayta-qayta qusadi, qorni
(ko‘proq yuqori qismi) qattiq og‘riydi, og‘riq ayniqsa kuchaniq
vaqtida zo‘rayadi. O‘latning bu shakli tez va deyarli har doim o‘lim
bilan yakunlanadi.
O‘latning o q i b a t i hamma shakllarida ham og‘ir
generalizatsiyalashgan kechimlarida o‘lim 80—90% ga yetadi.
229
Tashxisoti. Epidemiya davrlarida o‘latning tashxisoti qiyin
bo‘lmasada, epidemiyadan oldin kuzatiladigan sporadik tarqalishlar
davrida kasallikni aniqlash ancha murakkab bo‘lishi mumkin. O‘lat
bilan kasallangan birinchi bemorlarda noto‘g‘ri qo‘yilgan tashxis
esa, qanchalik noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin ekanligini
aslo unitmaslik kerak. O‘lat bo‘yicha xavfli bo‘lgan enzootik
o‘choqlarda bo‘lgan, isitmalovchi (limfadeniti yoki zotiljami
bo‘lgan) har bir shaxs albatta o‘latga gumon qilinib, maxsus
tekshiruvlardan o‘tkazilishi kerak. Epidemiologik va klinik ma’lumot-
larga asoslangan taxminiy tashxis, laborator (bakterioskopik,
bakteriologik, biologik va serologik) tekshiruvlar bilan tasdiqlan-
gandagina asosli hisoblanadi. Bunday laborator tekshiruvlar o‘latga
qarshi ish tartibi bo‘yicha mavjud ko‘rsatmalarga amal qiluvchi,
maxsus laboratoriyalarda o‘tkaziladi.
Laborator tekshiruv uchun, ehtiyot choralariga qat’iy amal
qilgan holda teridagi yiringli va yiringsiz pufakchalar karbunkul
yoki, bubonlardan so‘rma, yara ajralmalari, balg‘am, qon, siydik,
qusuq, orqa miya suyuqlig‘i; va shuningdek, bemor yotgan xonadan
havo va turli buyumlardan yuvindi olinadi. Bulardan tashqari,
o‘lgan odamlar, tuyalar va kemiruvchi havonlar murdalarining
turli a’zolaridan kesma olib tekshiriladi.
Birlamchi tashxis uchun tezkor usul sifatida — flyuoressen-
siyalanuvchi antitelolarni aniqlash juda qo‘l keladi. Buning uchun,
maxsus usul bilan ishlov berilgan materialni Gram usuli bilan
bo‘yab, mikroskop ostida ko‘rilganda — nurlanuvchi, ikki cheti
ko‘proq (bi polar) bo‘yalgan tuxumsimon, bakteriyalar ko‘rinadi.
Faqat shu tahlilning musbat natijasi uzil-kesil tashxis qo‘yish
uchun yetarli bo‘lmaydi. U, boshqa klinik, patologoanatomik,
epidemiologik va epizootologik ma’lumotlar bilan mos kelgan
taqdirdagina «o‘lat» taxminiy tashxisi qo‘yiladi va kasallikning
qo‘zg‘atuvchisi aniqlanguncha bo‘lgan barcha chora-tadbirlar
o‘tkaziladi. Uzil-kesil tashxis qo‘yish uchun esa, albatta bemordan
olingan materialda I.pestis aniqlanmog‘i shart. Buning uchun
olingan material maxsus agarga ekiladi. Agar natija musbat bo‘ladigan
bo‘lsa, u holda 12—24 soatdan keyin ekma yuzasida o‘lat mikrobiga
xos tiniq, chetlari hoshiyali koloniyalar paydo bo‘ladi.
230
Suv cho‘chqalari va oq sichqonlarda o‘tkaziladigan biologik
sinamalar o‘lat qo‘zg‘atuvchisini aniqlash imkoniyatini oshiradi.
Buning uchun bemordan olingan material suv cho‘chqasi yoki
oq sichqonning qorin bo‘shlig‘iga, terisi ostiga yoki terisi orasiga
yuboriladi. Agar yuborilgan materialda o‘lat mikroblari bor bo‘lsa,
hayvon 3—9 kun ichida o‘ladi. O‘lgan hayvonning ichki a’zolarida
o‘latga xos o‘zgarishlar ko‘riladi va ulardan olingan surtmada ko‘p
miqdorda o‘lat bakteriyalari aniqlanadi.
O‘latning tashxisotida — IFA, BGAR (RNGA), antitelolarni
neytrallash (RNAt), antigenlarni neytrallash (RNAG), bilvosita
gemagglutinatsiyani tormozlash (RTNGA) reaksiyalaridan ham
keng foydalaniladi.
O‘latning teri shaklini — kuydirgi yarasidan, bubonli shaklini
— tulyaremiya, o‘tkir yiringi limfadenit, limfogranulematoz kasal-
liklaridan farqlash kerak. O‘latning o‘pka turini — kuydirgining
o‘pka shakli, og‘ir zotiljam, toshmali tif, bezgak va shuningdek,
o‘pka jarohatlanishi bilan kechuvchi tulyaremiya, gri pp, manqa
kasalliklari bilan taqqoslash zarur. Kasallikning septik turlarini esa
— barcha infeksion—toksik shok va gemorragik alomatlar bilan
kechuvchi sepsislar, yashin tezligida kechuvchi meningokoksemiya,
gi pertoksik gri pp, kuydirgi singari kasalliklardan farqlash zarur.
Davolash. Bemor tezlikda maxsus kasalxonaga yotqizilishi va
qat’iy izolyatsiya etilishi lozim. Davolash tizimi — etiotrop,
patogenetik va simptomatik dorilar majmuidan tashkil topadi.
Etiotrop davoda — streptomitsin, tetratsiklin va levomitsetin
qatori antibiotiklar asosiy o‘rin tutadi. Bu preparatlar davolashning
boshlang‘ich davrida katta dozalarda beriladi. Bu preparatlar orasida
eng samaralisi streptomitsin hisoblanadi. Uni o‘latning barcha
turlarini davolashda qo‘llash mumkin.
Streptomitsin o‘latning bubonli shaklini davolashda 0,5—1,0 g
dan sutkada 3 marta, septik va o‘pka shakillarini davolashda — 1 g
dan sutkada 4 marta 4—5 kun davomida, 5—6—kundan boshlab
esa 0,75— g dan 3 marta yuboriladi.
Oksitetratsiklin — mushak orasiga 0,2 g dan sutkada 6 marta
yuboriladi. Boshqa tetratsiklin qatori preparatlar (doksitsiklin,
metatsiklin, morfotsiklin) ham qo‘llanishi mumkin.
231
Levomitsetin (xloramfenikol, xlorotsid) — sutkalik dozasi
6—8 g hisobidan berilib, tana harorati normallashgandan keyin
dazosi yarmiga kamaytiriladi.
O‘latning septik va o‘pka turlarini davolashda tetratsiklin qatori
antibiotiklar bilan birga streptomitsin, digdrostreptomitsin yoki
boshqa aminoglikozidlar qo‘llanadi. Bu preparatlar birga ishlatilganda
streptomitsinning dozasi 0,25—0,5 g gacha kamaytirilib, sutkada
3 marta yuboriladi. O‘latning barcha klinik turlarini davolash kursi
7—10 kundan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘lat bubonning so‘rilishi juda sekin boradi. Uni tezlatish
maqsadida streptomitsinni 0,5 g dan (yoki boshqa antibiotiklarni)
bubon ichiga yuborish tavsiya etiladi. Antibiotik 3—5 marta
yuborilganda bubonning so‘rilishi tezlashadi. Mahalliy davo sifatida
yana turli xil malham dorilar ishlatiladi.
O‘latni davolashda antibakterial davo bilan bir qatorda patoge-
netik dezintoksikatsion davo ham o‘tkaziladi. Bu maqsadda
dezintoksikatsion suyuqliklar (poliglyukin, reopoliglyukin, gemo-
dez, neokompensan, albumin, plazma, standartli tuzli eritmalar),
siydik haydovchi dorilar (furosemid, yoki laziks, monnitol va b.)
— organizmda suyuqlik yig‘ilib qolganda, glukokortikosteroidlar,
qon tomir va nafas analeptiklari, yurak glikozidlari, vitaminlar
qo‘llanadi.
Davo tadbirlari tugallangach 2—6 kundan keyin albatta uch
marta bakteriologik nazorat (bubondan so‘rma, balg‘am nafas
yo‘llaridan olingan shilliq va najasdan ekmalar) o‘tkaziladi.
Kasalxonadan bemor to‘liq klinik tuzalgandan so‘ng va
bakteriologik tekshiruvlar manfiy natija bergach chiqariladi.
Profilaktikasi. O‘lkamizda o‘latga qarshi tizim mavjud bo‘lib,
ular respublikamiz hududida uchraydigan o‘latning tabiiy
o‘choqlarida doimiy ravishda profilaktik va epidemiyaga qarshi
tadbirlarni olib boradilar.
O‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) odamlar kasallanishini va tabiiy o‘choqlarda kasallik
tarqalishining oldini olish;
232
b) o‘lat bakteriyalari bilan ifloslangan yoki ifloslangan deb
gumon qilingan ashyolar bilan ishlovchi shaxslarning zararlani-
shining oldini olish;
d) o‘lkamizga o‘latni chetdan kirib kelishining oldini olish.
Bu vazifalarni amalga oshirishda Sog‘liqni Saqlash vazirligining
maxsus buyruqlari va ko‘rsatmalariga amal qilinadi.
Infeksiyalarni chet ellardan kirib kelishining oldini olish
«Xalqaro sanitariya qoidalari» ga muvofiq olib boriladi.
Enzootik hududlarda yashovchi odamlarga, o‘ta xavfli
infeksiyalar bilan ishlovchi shaxslarga o‘latni yuqishining oldini
olish, shuningdek infeksiyani o‘choqlardan boshqa hududlarga
tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini, sog‘liqni saqlash
tizimidagi o‘latga qarshi va boshqa tashkilotlar amalga oshiradi.
O‘latga gumon qilingan shaxslar, darhol ajratilishi va kasalxonaga
yotqizilishi kerak. Infeksiya o‘chog‘ida karantin joriy etiladi. Infeksiya
yuqishi xavfida bo‘lgan shaxslar 6 kun davomida ajratilib, kuzatuv
olib boriladi va shoshilinch profilaktika (preventiv davo) o‘tkaziladi.
Shoshilinch profilaktika maqsadida streptomitsin (digidrostrepto-
mitsin) 0,5 g dan bir kunda 2 mahal yoki tetratsiklin qatori
preparatlar 0,5 g dan 3 mahal 6 kun beriladi. Bu kurs tugallangach
2 kundan keyin vaksinatsiya yoki revaksinatsiya o‘tkaziladi.
Kasalxonada o‘latli bemorlar bilan ishlovchi xodimlar maxsus
himoyalovchi kostyumladan foydalanishlari hamda uni kiyish va
yechish tartibiga qat’iy rioya qilishlari shart.
O‘latning o‘choqlarida epidemik ko‘rsatmaga ko‘ra profilaktik
vaksinatsiya o‘tkaziladi. Vaksinatsiya birinchi navbatda yuqish xavfi
yuqori bo‘lgan (cho‘ponlar, ovchilar, geologlar, o‘latga qarshi ish
yurituvchi) shaxslarga qilinadi. Bu maqsadda o‘lat bakteriyasini
EV shtammidan tayyorlangan tirik vaksinadan foydalaniladi. Uni
teri ustiga surtiladi yoki teri orasiga yuboriladi. Vaksinatsiyadan
so‘ng paydo bo‘ladigan immunitet 6 oy saqlanadi. Emlanganlar
orasida kasallanish kam bo‘lsada bo‘lishi mumkin.
O‘lat o‘choqlarida joriy va yakunlovchi dezinfeksiya,
dezinseksiya va deratizatsiya o‘tkaziladi hamda aholi orasida doimiy
ravishda sanitariya—oqartuv ishlari olib boriladi.
233
Vabo (cholerae)
Vabo — og‘iz orqali yuqadigan, asosan ingichka ichakning
zararlanishi, ich ketish va qusish tufayli ko‘p suv hamda tuz
yo‘qotilishi oqibatida barcha a’zolar faoliyati buzilishi bilan
kechadigan o‘tkir yuqumli ichak kasalligidir.
Vabo boshqa yuqumli ichak kasalliklaridan keng va tez tarqalishi
(epidemiya va hatto pandemiyalar berishi), tez va kuchli rivojlanishi,
ko‘pchilik hollarda og‘ir kechishi va o‘lim hollari ko‘p sodir bo‘lishi
bilan farqlanadi. Shuning uchun ham vabo, Jahon sog‘liqni saqlash
assambleyasining qarori bilan (1969), o‘ta xavfli kasalliklar,
jumladan, karantin infeksiyalar guruhiga kiritilgan.
Vabo qadimda, asosan Hindiston hududida kuzatilib, vaqti-
vaqti bilan qo‘shni davlatlar hududiga ham tarqalib tursada, Osiyo
qit’asidan nariga o‘tgan emas.
XIX asr boshlarida, Hindiston va unga qo‘shni davlatlarda
bo‘lgan qurg‘oqchilik va ocharchilik tufayli vabo o‘zining endemik
o‘chog‘i bo‘lgan Osiyodan boshqa qit’alarga ham tarqalib —
1875—1925-yillarda vaboning olti marotaba pandemiyasi kuzatilgan.
Quyidagi jadvalda vaboning pandemik tarqalgan yillari va
jug‘rofiyasi keltirilgan:
Pandemiyalar vaqtida vabo Osiyodan Afrika, Ovrupo va hatto Amerika
qit’alariga ham tarqalib, millionlab kishilarning yostig‘ini quritgan.
Pandemiyalar
Yillar
Jug‘rofiy tarqalishi
I
1817—1823
Osiyo, Afrika, Ovrupo
II
1826—1837
Osiyo, Afrika, Ovrupo,
Amerika, Avstraliya
III
1846—1862
Osiyo, Afrika, Ovrupo, Amerika
IV
1864—1875
Osiyo, Afrika, Ovrupo, Amerika
V
1883—1896
Osiyo, Afrika, Ovrupo, Amerika
VI
1902—1926
Osiyo, Afrika, Ovrupo
VII
1961 —
Davom etmoqda
234
Jumladan, 1872-yilda vabo Turkiston o‘lkasiga ham tarqalib
aniq bo‘lmagan ma’lumotlarga qaraganda 38000 kishi halok bo‘lgan.
1961-yildan boshlab esa El—Tor vabosining yettinchi
pandemiyasi boshlanib, uning qoldiqlari xanuz davom etmoqda.
Shu, yettinchi pandemiya davomida 1965-yilda vabo epidemiyasi
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ham ro‘y berdi. El—Tor
vibrioni qo‘zg‘atgan bu kasallikni uzoq vaqt vabo deb tan olinmadi.
El—Tor vabosi o‘zining endemik o‘chog‘i Indoneziyadan chiqib
o‘zga o‘lkalarga tarqala boshlanganidan keyingina — 1962-yilda Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti XV assambleyasining qaroriga ko‘ra u
klassik vabo bilan bir qatorda karantin infeksiyalar turkumiga kiritildi.
Keyingi yillarda esa El—Tor vabosi klassik vaboni siqib chiqar-
moqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining aniqlashicha 1993-
yilgacha vabo qayd etilgan davlatlar soni 121 ga yetdi va ularda 500
mingdan ortiq bemor aniqlandi.
Etiologiyasi. Vabo vibrioni 1884-yilda Robert Kox tomonidan
aniqlangan. Xolera vibrionining El—Tor bioti pini esa, 1906-yilda
F.Got Shlixt aniqlagan. Vabo kasalligining qo‘zg‘atuvchilari — klassik
xolera vibrioni hamda vabo vibrionining El—Tor bioti pi, aslida
o‘zlarining antigenlik xususiyatlari jihatidan bir ti pga (01 antigenli
ti pga) mansubdir.
Vabo vibrionining issiqlikka chidamli samotik O—antigeni va
xi pchinida bo‘ladigan, issiqlikka chidamsiz N—antigeni bor.
O—antigenning xususiyatiga qarab vibrionning uch xil serovari
aniqlangan: 1) Ogava vibrioni — unda O—antigenning A va B
fraksiyalari bor; 2) Inaba — A va C fraksiyalariga ega; 3) Gikashima
— oraliq (O—AVS) vibrion, kislota ta’siriga chidamsiz.
O‘zining morfologik va boshqa xususiyatlari bilan vabo vibrioniga
juda o‘xshash vibrionlarning, hozirgi kunda 200 ga yaqin turlari
aniqlangan. Bu vibrionlarning bir qismi shartli patogen bo‘lib,
ayrim sharoitlarda diareyali kasallik rivojlanishiga sabab bo‘lsada,
vaboni qo‘zg‘ata olmaydi. Shartli patogen vibrionlar — 01 antigeni
bilan agglutinatsiya bermaydigan (NAG) vibrionlar deb ataladi va
ularning suv havzalarida topilishi suvning ifloslanganligi, binobarin
bu suvda vabo vibrionlari ham bo‘lishi mumkinligidan darak beradi.
235
Vabo vibrionining kasallik qo‘zg‘atishi, uning toksigenlik
xususiyatlariga bog‘liq. Vabo vibrionining toksini uch ti pdagi
toksinlar yig‘indisidan iborat. Vaboning asosiy klinik belgisi
bo‘lmish diareya va degidratatsiyaning rivojlanishida 2-ti p
toksin — xolerogen asosiy rol o‘ynaydi.
Vabo vibrionining bu xususiyatlari klassik vabo vibrioni bioti piga
ham, El—Tor bioti piga ham bir xilda ta alluqlidir.
El—Tor bioti pi klassik bioti pidan faqat qo‘y, (echki) qizil
qon tanachalarini gemoliz qilish xususiyati borligi bilan farqlanadi.
Vabo vibrioni — anilin bo‘yoqlarida yaxshi bo‘yaluvchi
grammanfiy, to‘g‘ri, yoki vergulsimon bukilgan shakldagi tayoq-
cha, quyi qismida bitta xivchini bo‘lib, shuning yordamida tez
harakatlanadi. Spora va qobiq hosil qilmaydi. Vabo vibrioni aerob
bo‘lib, oddiy ozuqali muhitda, 37°C haroratda (+10+40°C) va
kislorod mo‘l joyda yaxshi o‘sadi. Ularning rivojlanishi uchun qulay
muhit 1% peptonli suv va ðÍ — 7,6—8,0 ga teng bo‘lgan ishqoriy
muhit hisoblanadi.
Vibrionning tashqi muhitda chidamliligi nisbatan kam. U
yorug‘lik, havo ta’sirida hamda quritilganda bir necha kunda o‘ladi.
Qaynatilganda — darhol, 80° gacha qizdirilganda 5 daqiqada, 56°C
gacha qizdirilganda esa 30—40 daqiqada nobud bo‘ladi. Tarkibida tuz
va organik ozuqa moddalar bo‘lgan suvda 20° iliqlikda vibrion uzoq
saqlanibgina qolmay, hatto ko‘payadi ham. Ochiq suv havzalarida
bir necha hafta, hatto oylab, oqar suvda esa, 3—5 kun, mevalar-
ning yuzasida — 1 kun, sabzavotlarda — 2—8 kun, qora nonning
yumshoq qismida, kislotasi ortiq bo‘lganligi uchun, vibrion faqat
4—9 soat saqlansa, oq nonning yumshoq qismida esa 20 kungacha
yashaydi. Jihozlarda va ich kiyimlarda — 12 kungacha saqlanadi
(Zarvaraqdagi21-rasmga qarang).
Vibrion dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga juda chidamsiz
— sulema, karbol kislotasi va xlor eritmalari ta’sirida 5—10 daqiqa
davomida, kislotalar ta’sirida esa, undan ham tezroq nobud bo‘ladi.
Masalan; xlorid kislotasining 1:10000 ga eritmasi ta’sirida 1 daqiqada
halok bo‘ladi.
Tabiiy sharoitda vabo bilan faqat odamlar kasallanadi, biroq
vabo vibrioni baliq, qisqichbaqa, baqa va pashshalar ichagidan ham
236
topiladi va ularda uzoq vaqt saqlanadi. El—Tor vibrioni klassik vabo
vibrioniga nisbatan tashqi muhitda ancha chidamlidir. Ular ayniqsa
ifloslangan suv xavzalarida bemalol qishlay oladi, shuningdek baqa,
baliq singari suv hayvonlarining ichaklarida ham uzoq saqlanib,
keyingi yillarda ham kasallik tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda respublikada vabo vibrionlarining 3 xil xususiyatli
shtammlari aniqlanmoqda. Eng ko‘p uchraydigani — virulent,
yoki virulentligi kuchsiz, gemoliz musbat, tetratsiklin va levomitsetin
kabi antibiotiklarga sezgir vibrionlar. Ikkinchi xili — virulentligi
yuqori, o‘ta toksigen, gemoliz manfiy, tetratsiklin va levomitsetinga
sezgir bo‘lmagan vibrion. Ularga sifloks, tarivid antibiotiklari kuchli
ta’sir etadi. Uchinchi xili — 0139 (Bengal) ti p shtamm. Uning
xususiyatlari 2 xil shtammlarga yaqin.
Epidemiologiyasi. Kasallikning birdan-bir manbayi bemor
odam, rekonvalessent yoki «sog‘lom vibrion tashuvchi» shaxs
hisoblanadi. Ba’zi shaxslar kasallikning subklinik turini o‘tkazayot-
gan, yoki o‘tkinchi (tranzitor) vibrion tashuvchi bo‘ladi. Ulardan
tashqi muhitga vibrion ajralishi juda qisqa muddatli bo‘ladi. Kasallik
ti pik yoki noti pik klinik belgilar bilan namoyon bo‘lgan shaxslarda
ham vibrionni tashqi muhitga ajralishi nisbatan qisqa muddatli —
kasallik davomida (ko‘pi bilan 20 kun) ro‘y beradi. Ayrim
bemorlarda (7%), davolash kursi tugallangandan keyin ham
vibrion ajratilib turishi kuzatiladi va ular kasallik tarqalishida katta
epidemiologik rol o‘ynaydi.
Kasallik uzoq masofalarga tarqalishida asosiy epidemiologik rolni
sog‘lom vibrion tashuvchi shaxslar o‘ynaydilar. El—Tor vabosida
bakteriya tashuvchilik klassik vabodagiga nisbatan 50—500 marotaba
ko‘p kuzatiladi. Shuni ham aytish kerakki, najas bir marta tekshiril-
ganda vibrion tashuvchilarning faqat 40—50 foizi aniqlanadi, xolos.
Shuning uchun, najasni yig‘ishdan oldin surgi bergan holda,
kamida 3 marta takroran tekshirish kerak.
Vibrion bemor odam yoki vibrion tashuvchi shaxslardan faqat
najasi yoki qusish moddasi orqali ajraladi va sog‘lom odamga faqat
og‘iz orqali yuqadi. Kasallanish ko‘proq idish-tovoqlar, suv, oziq-
ovqatlar vibrionli najas bilan ifloslanganda sodir bo‘ladi. Shuning
uchun ham kasallanish xavfi yoz oylarida, qaynatilmagan suv,
237
yoki qayta isitilmagan ovqat, sabzavot va mevalar iste’mol qilinganida
ortadi. Kasallikni epidemiya shaklida tarqalishi juda ko‘p omillarga,
jumladan — hududning iqlimiy va sanitariya holati, aholining
sanitariya madaniyati, ovqatlanish tarzi va ayniqsa taminoti va
boshqalarga bog‘liq. Ilagrilari vabo bir hududdan qo‘shni hududga
o‘tish bilan tarqalib borgan bo‘lsa, hozirda qo‘shni hudud qolib,
uzoq o‘lka va hatto boshqa qit’alarga qisqa vaqt ichida yetib borishi
mumkin. Uzoq o‘lkalardan vabo vibrionlari kirib kelgan joyda esa
mahalliy epidemiya o‘chog‘i hosil bo‘ladi.
Chetdan kirib kelgan vaboning epidemik tarqalishi suv orqali
sodir bo‘lganida, kasallik tez va keng tarqaladi. Mahalliy epidemiya-
ning tarqalishi oldiniga suv yo‘li bilan boshlansa, keyinchalik
kontakt yo‘li bilan tarqalish qo‘shiladi yoki aksincha bo‘lishi
mumkin.
Epidemik o‘choqlarda vabo bilan barcha yoshdagi aholi, ayniqsa
bolalar ko‘p kasallanadilar, chetdan kirib kelgan mahalliy epidemik
o‘choqlarda esa bolalar nisbatan kam kasallanadilar.
Vabo epidemiyasi ko‘p takrorlanib turadigan joylarda epide-
miyaning bir mavsumning o‘zida ham takrorlanishi hollari borligi,
immunitetning turg‘un emasligidan dalolat beradi. Vaboga qarshi
tabiiy immunitet mavjudligini isbotlovchi dalillar unchalik ishonchli
emas.
Vaboga qarshi emlanganda hosil bo‘ladigan immunitet vaksina
yuborilgandan keyin 6 oy davomida saqlanadi deb hisoblanadi.
Keyingi yillarda vaksina epidemiologik nuqtayi nazardan samarasi
deyarli yo‘qligi isbotlandi.
Patogenezi. Vabo vibrioni tushganda har doim ham odam
organizmida patologik o‘zgarishlar sodir bo‘lavermaydi. Ayrim
shaxslarda qisqa muddatli (tranzitor) bakteriya tashuvchilik kuzatilsa,
ayrimlarida kasallik belgilari namoyon bo‘lmasdan, juda yengil
(subklinik) shaklida kechishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda esa
organizmda bo‘ladigan patologik jarayonning rivojlanishi bir qancha
bosqichda o‘tadi: 1 bosqich — vaboning yuqishi, u faqat og‘iz
orqali sodir bo‘ladi. Keyingi bosqich — eng muhim bosqichlardan
bo‘lib, oshqozonga tushgan vabo vibrionlarining ko‘pchilik qismi
kislotali shira ta’sirida nobud bo‘ladi.
238
Oshqozon shirasida kislotaning yo‘q, yoki kam bo‘lishligi vabo
vibrionlari osonlik bilan ingichka ichakka o‘tib olishiga imkon yaratadi.
Vibrionlar asosan ingichka ichakning shilliq qavatida joylashadi.
3-bosqich — vibrionlarning ingichka ichakda ko‘payishidir.
Ingichka ichak muhitining ishqoriy reaksiyaga egaligi (pH —
7,8—8,0) va yaxshi ozuqa — parchalangan oqsil (pepton) ning
mavjudligi hamda ichakdagi haroratning (37—38°C) mosligi,
vibrionlarning rivojlanishi va ko‘payishiga juda qulay sharoit yaratadi.
Vibrionlar ichakdan tashqari o‘t qopi va o‘t yo‘llarida ham ko‘payadi.
Vibrionlar juda tez ko‘payish xususiyatiga ega. Vibrionlarning
rivojlanishi va o‘lishi jarayonida ulardan toksin ajralib chiqib turadi
(4-bosqich). Vabo kasalligida ro‘y beradigan asosiy patologik
o‘zgarishlar va namoyon bo‘ladigan klinik belgilar shu toksinlarning
ta’siri bilan bog‘liqdir (5-bosqich). Vabo vibrioni ajratadigan toksin
3 ti pda bo‘lib kasallikning asosiy belgilari — degidratatsiyaning
namoyon bo‘lishi II ti pdagi toksinning xolerogen qismi bilan bog‘liq.
Xolerogen (ekzotoksin) speifik omil bo‘lib, u qonga so‘rilishi
(toksimiya) va ichak fermentlariga ta’sir etishi, jumladan adenilsik-
laza fermentini faollashtirib 3—5 adenozin monofosfat (3—5AMF)
sintezini kuchaytirishi tufayli to‘qima oralig‘idagi, qon va hatto
to‘qimalarning o‘zidagi suyuqlik (uning bilan birga turli tuzlar va
oqsil) ichak bo‘shlig‘iga intiladi. Ichakda so‘rilish ham buziladi,
natijada ichakda juda ko‘p miqdorda izotonik suyuqlik to‘planib,
ich ketish va qusish sodir bo‘ladi. Ichakdan suyuqlik so‘rilishi
bilan birga turli ozuqa moddalar va tuzlarning ham so‘rilishi buziladi.
Bir tomondan, suyuqlikning ichak bo‘shlig‘iga intilishi, ikkinchi
tomondan, ichakdan so‘rilish buzilishi, umuman organizmning
suvsizlanishi, tuz va oqsil tanqisligiga olib keladi va qon hajmi
kamayib, quyuqlashishga sabab bo‘ladi. Natijada qonning
yopishqoqligi ortib, uning mayda qon tomirlardagi harakati buziladi.
Binobarin, barcha a’zolarga (to‘qimalarga) qonning yetib borishi
qiyinlashadi va oqibatda hujayralarda kislorod va boshqa zarur ozuqa
moddalarning yetishmovchiligi boshlanadi.
Buning oqibatida barcha a’zolar hujayralarida modda almashinuvi
buziladi va metabolik atsidoz rivojlanadi. Metabolik o‘zgarishlarning
ortib borishi oqibatida a’zolarda chuqur, bir-birini kuchaytirib
239
boradigan, patologik jarayonlar yuzaga keladi. Qonda oqsil
miqdorining kamayishi, umumiy modda almashinuvi buzilishi,
issiqlik almashinuvi, gaz almashinuvining izdan chiqishi, atsidoz
rivojlanishi, siydik ajralishi va yurak tomir faoliyati buzilishi kuzatiladi.
Qonda K va Na tuzlari mutanosibligi buzilishi oqibatida nerv sistemasi
va mushaklar faoliyati buziladi — barcha mushaklarda keskin
quvvatsizlik (metabolik falajlik) kuzatiladi. Ca — tuzlarining
yetishmovchiligi esa mushaklar tirishishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning
og‘ir-yengilligiga qarab bemorning bir sutkada (najas va qusig‘i
orqali) yo‘qotadigan suyuqligi tana og‘irligini 3% dan 9—12% gacha
bo‘lishi mumkin. Shuni ham yodda tutish kerakki, tana og‘irligining
12% dan ortiq miqdorda suyuqlik yo‘qotishi o‘limga olib keladi.
Kasallik vaqtida aniqlanib, bemorga kerakli tarkib va miqdorda
suyuqlik yuborilsa, ko‘pchilik hollarda qon suyulib, harakati
yaxshilanadi va barcha patologik o‘zgarishlar to‘xtab, a’zolarning
faoliyati tiklanadi va bemor tuzalib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |