Immunitet. Bezgak kasalligi bilan ilgari og‘rimagan shaxslarda,
bezgakka moyillik mutloqdir. Shuning bilan birga aholining ba’zi
bir qatlamlari bezgakning ayrim turlariga nisbatan, qisman yoki
to‘liq chidamlidir.
Bezgakning endemik o‘choqlarida, immuniteti bo‘lgan onalar-
dan tug‘ilgan chaqaloqlarda, onalardan olgan tug‘ma immunitetlari
bo‘lib, ular 3 oygacha bezgak bilan kasallanmaydilar.
Hozirda antigenli qitiqlanish oqibatida homilaning o‘zida ham
maxsus spetsifik antitelolar ishlanadi degan xulosaga kelingan.
Gemoglobin S li (Hv S), ya’ni o‘roqsimon hujayra anomaliyasi
(nasliy kasalligi) bo‘lgan shaxslar P.falcifarumga nisbatan juda
chidamlidir. Aniqlanishicha, normal gemoglobinli bemorlarga
nisbatan, immuniteti bo‘lmagan Hv S egalari R.falcirarum bilan
zararlanganlarida, tropik bezgak, kam parazitemiya bilan yengil
kechadi va orttirilgan immunitet bo‘lgan taqdirda esa mutloq
chidamlilik bo‘ladi. Bunday anamaliyali bolalarda o‘lim, o‘rtacha
o‘limga nisbatan 20 marta kam uchraydi.
Ma’lumki, bezgak kasalligi, bezgakka qarshi spetsifik antitelolar,
ya’ni gumoral immunitet ishlanishi bilan yakunlanadi.
Odatda, 2—3 bezgak hurujidan keyin qonda IgM va IgG
immunoglobulinlar titrining ortishi va immunologik reaksiyalarning
jadallashuvi kuzatiladi. Oqibatda organizmda parazit kamayib, isitma
xurujlari to‘xtaydi.
Endemik o‘choqlarda yashovchi shaxslarda, doimiy reinfeksiya
bo‘lganligi tufayli immunitet kuchli bo‘ladi va buning oqibati
o‘laroq, bezgak yengil kechadi yoki kasallanish bo‘lmaydi. Biroq,
bezgakda immunogenezga xos xususiyatlardan biri shuki spetsifik
immunologik reaksiya faqat doimiy antigenli qitiqlanish, ya’ni
doimiy parazitemiya (Sergent bo‘yicha — p r e m u n i s i ya)
bo‘lgan taqdirdagina rivojlanadi. Bezgak parazitlari, ayniqsa
P.falcifarumning immunologik xususiyatining sustligi tufayli, yetarli
darajada immunitet ishlanishi uchun 7 yilga yaqin doimiy reinfeksiya
bo‘lib turishi kerak. Kasallik so‘nib, parazitemiya kamayib borgani
sari immunologik reaksiya ham susayib boradi, oqibatda
eritrotsitlarda saqlanib qolgan parazit populatsiyalari ko‘payib b a r
v a q t (7 kun 3 oy ichida) r e s i d i v l a r yuzaga keladi. Residiv
72
davrida qonda immunoglobulinlar (ayniqsa IgG), ikkilamchi javob
ti pida tez ortib boradi. Parazitemiyaning ortishi, tana harorati
ko‘tarilmasdan ham bo‘lishi mumkin, bu holat — p a r a z i t a r
r e s i d i v deb ataladi. Eritrotsitar shizogoniya residivi ancha
kuchli immunitet yaralishiga olib keladi va parazitlarni eritrotsitlarda
qayta ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Boshqa yuqumli kasalliklarda bo‘lgani singari bezgakda ham
immunitet parazitning turiga va shtammiga qa‘tiy xosdir. Qarshi
immuniteti bo‘lgan parazit shtammining qayta yuqishi, to‘qima
shizogoniyasi bilan cheklanib, keyingi rivojlanish bosqichlari
bo‘lmaydi, ya’ni kasallik rivojlanmaydi . Bi roq, boshqa
shtammlarning yuqishi o‘z yo‘li bilan kechaveradi. Bu jarayonlar
hamma bezgak turlarida birdek emas. Aniqlanishicha P.vivax va
P.malariaelarga qarshi immunitet tezroq, P.falcifarum ga esa sekin
ishlanadi. Tropik bezgakda, bir necha barvaqt residivlar bo‘lib
o‘tgandan keyin qonda parazitni yo‘qolishi — parazitologik va klinik
sog‘ayish demakdir. To‘rt kunlik bezgakda esa parazit qonda uzoq
vaqt (davolanmaganda hatto umrbod) saqlanib qoladi, va kasallik
vaqti-vaqti bilan qaytalanuvchi (persistik) infeksiya sifatida o‘n
yillab davom etadi.
P.vivax va P.ovale bezgaklarida barvaqt residivlar davri o‘tganidan
keyin uzoq (6—14 oy) davom etadigan i k k i l a m ch i l a t e n t
davr kuzatiladi. So‘ngra k e ch i k k a n r e s i d i v l a r davri
boshlanadi, ya’ni haqiqiy residivlar namoyon bo‘ladi. Bu holat
«bradisporozoitlar» ning to‘qimada, ya’ni paraeritrotsitar,
ko‘payishining oqibatidir. Residivlarning ko‘p takrorlanishi ko‘proq
P.vivaxning Chesson shtammiga xos.
Shizont bezgagida, qo‘zg‘atuvchining turidan qat’iy nazar,
kechikkan residivlar kuzatilmaydi.
Bezgakning muhim xususiyatlaridan biri — organizmning
reaktivligini susaytirishidir. Buning oqibatida kasallikka bakterial
infeksiyalar qo‘shilishi (superinfeksiya), mavjud surunkali
kasalliklarni (masalan: tuberkulyozni) zo‘riqishi, amyobiaz singari
boshqa parazitar kasalliklarni og‘ir kechishi kuzatiladi.
Patomorfologik o‘zgarishlar, bezgakda suyak milki, taloq va
jigardagi limforetikular elementlarining gi perplaziyasi bilan
73
ifodalanadi. Kasallik uzoq davom etganda Kupfer hujayralarining
gi perplaziyasi, jigarda fibroz rivojlanishi bilan yakunlanadi. Ichki
a’zolar to‘qimalarida pigment to‘planishi kuzatiladi.
Tropik bezgakda voskulit, perivoskular gemorragik va
granulematoz o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar ko‘proq
bosh miyaning gilial sistemasida (Dyurka granulemasi) bo‘ladi. Miya
kapillarlari invaziyalangan eritrotsitlar va parazitlar bilan to‘lib
(tiqilib) qolgan bo‘ladi. Tropik bezgakda, buyrakning jarohatlanishi
(o‘tkir nefrit) ham ko‘proq kuzatiladi. O‘tkinchi miokardiodistrofiya
alomatlari kasallikning og‘ir kechimida va ko‘proq oldindan yurak
xastaligi bo‘lgan shaxslarda namoyon bo‘ladi.
Klinikasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining turlariga qarab 4 xil bezgak
farqlanadi: uch kunlik bezgak (Malaria tertiana), tropik bezgak
(Malaria trorica), to‘rt kunlik bezgak (Malaria quartana) va ovale—
bezgak (Ovale malaria).
Atamalarda tartib o‘rnatish maqsadida, JSST (1964) bezgak-
ning qo‘zg‘atuvchilari nomi bilan (vivax—bezgagi, ovale—bezgagi
singari) atashni tavsiya etadi.
Bezgakning klinik kechimida quyidagi davrlar farqlanadi:
inkubatsion (birlamchi latent), o‘tkir xurujlar (paroksizmlar)
davri, barvaqt residivlar, xurujlar oralig‘i (ikkilamchi latent) va
kechikkan residivlar davri.
Bezgakning klinik kechimi bosqichli bo‘lib, o‘ t k i r i s i t m a
x u r u j l a r i davri, isitmasiz davr bilan va ba’zi bir davolanmagan
yoki chala davolangan bemorlarda isitma xurujlarini (7—14 kundan
2—3 oy orasida), qaytalanishi bilan almashinadi.Bu b a r v a q t
namoyon bo‘luvchi r e s i d i v l a r bezgakning barcha turlarida
kuzatiladi. Uch kunlik va ovale—bezgakda bir yoki bir necha barvaqt
residivlar bo‘lib o‘tganidan keyin qonda parazit yo‘qolib, klinik
sog‘ayish bo‘ladi, ya’ni i k k i l a m ch i l a t e n t d a v r
boshlanadi. Oradan 6—11 oy o‘tgach qayta xurujlar , ya’ni k e ch i k-
k a n r e s i d i v d a r boshlanishi mumkin. Qayta xurujlarni
o‘zida ham ba’zan, bir yoki bir necha barvaqt residivlar kuzatilishi
mumkin (Loban K.M., Polozok E.S., 1983).
Kasallikning i n k u b a ts i o n d a v r i — tropik bezgakda —
8—16 kunni, uch kunlik bezgakda P.vivax ni qisqa inkubatsiyali
74
(janub) shtammida — 10—20 kun, uzoq inkubatsiyali (shimoliy)
shtammida esa — 8—14 oy, ovale—bezgagida — 11—16 kunni,
to‘rt kunlik bezgakda — 21—42 kunni tashkil etadi.
P.vivax va ayniqsa P.ovale sporozoitlari kam miqdorda yuqqan
taqdirda, ko‘pchilik bemorlarda birlamchi isitma xurujlarining
boshlanishi 6—9 oy va undan ortiqqa kechikib ketadi (James, 1936).
Shuningdek, ayrim ximioprofilaktika olib yurgan shaxslarda,
inkubatsion davrning cho‘zilishi (James va Boyd, 1941) yoki
kasallikni noaniq, subklinik, kamdan-kam hollarda hatto inapparant
shaklda kechishi ham kuzatilishi mumkin (Tareev S.M., 1946).
Uch kunlik va ovale-bezgaklari ko‘pincha prodromal belgilar:
noxushlik, quvvatsizlik, loxaslik, biroz titrash, boshda, bel va
mushaklarda, bo‘g‘imlarda og‘riq, og‘iz qurshashi, ba’zan jigar
va taloq sohasida og‘riq bilan boshlanadi. Bu davr — bir necha
soatdan 2—3 kungacha davom etib, tana harorati subfebril bo‘lishi
mumkin. Ko‘pchilik bemorlarda shu prodromal davrning o‘zidayoq,
kasallik belgilari kunning ma’lum bor soatlarida zo‘rayishi kuzatiladi
(Kitchen, 1949). Isitma huruji yaqinlashgan sari prodromal belgilar
zo‘rayib, tana harorati ortib boradi. Ba’zan prodromal davrda
ishtahaning pasayishi, diareya yoki yengil gri psimon belgilar
kuzatiladi.
Keyingi kunlarda tana harorati 38—39°C ga ko‘tarilib, remittik
tarzda har kuni (Febris quotidinn) bo‘lib turadi, titrab-qaqshash
esa unchalik kuchli bo‘lmaydi. Bu boshlang‘ich i n i s i a l isitma
deb atalmish davr, uch kunlik bezgakka kamroq ovale-bezgagiga
xosdir.
Prodromal belgilari bo‘lganlarda, 2—5 kundan keyin,
prodromal davri bo‘lmagan bemorlarda esa kasallikning birinchi
kunlaridan boshlab — bezgakka xos i s i t m a x u r u j l a r i
(paroksizm) boshlanadi.
B e z g a k x u r u j i — titrab-qaqshash, isitma va terlash
bosqichlarining almashinuvi bilan namoyon bo‘ladi. Huruj, odatda,
kunning birinchi davrida sovqotish ko‘pincha juda kuchli titrab-
qaqshash bilan boshlanadi. Bemor o‘rniga yotib qavat-qavat
yopinib olsa ham hech isimayotgandek bo‘ladi, sovqotib tishi-
tishiga tegmay, titrab-qaqshab yotadi. Bu paytda bemorning terisi
75
ko‘kimtir oqargan, sovuq, g‘adir-budur bo‘lib, «g‘oz terisini»
eslatadi. Bemorni bosh og‘rig‘i, bel va bo‘g‘imlarni qaqshab og‘rishi,
ko‘ngil aynashi, ba’zan qusish bezovta qiladi. Titrab-qaqshash davri
bir necha (10—15) daqiqadan 2—3 soatgacha davom etadi va tana
haroratini tez ko‘tarilishi bilan yakunlanadi. Paroksizmning ikkinchi
bosqichi — i s i t m a davri boshlanadi. Bu davrning boshlanishida
bemor o‘zida biroz yengillik xis etadi, chunki sovqotish to‘xtab
tana isiy boshlaydi. Biroq intoksikatsiya alomatlari ortib boradi,
tana harorati 38—40°C gacha ko‘tariladi, bosh og‘rig‘i va
mushaklarda og‘riq zo‘rayadi, bemorda bezovtalik paydo bo‘ladi,
chanqash, ba’zan xushsizlik, alaqlash kabi alomatlar, shuningdek
— qusish, trishish, xiqichoq tutishi, jigar va taloq sohasida og‘riq
singari belgilar kuzatiladi. Bemorning yuzi qizargan, terisi quriq
hamda qizargan, tomir urishi va nafasi tezlashgan bo‘lib, qon
bosimi pasayib boradi. Isitma davri 1 soatdan 12—14 soatgacha davom
etadi. So‘ngra bemorda kuchli terlash paydo bo‘lib, tana harorati
tez — kritik tarzda subnormal darajagacha tushadi. Terlash davrining
boshlanishi bilan bemorning ahvoli ancha yaxshilanadi, ular
umumiy quvvatsizlik his etadilar, holatlari yengillashib, tinchlanib
uxlab qoladilar. Bir necha soat uxlaganlaridan keyin uyg‘ongan-
larida, umumiy quvvatsizlikdan boshqa hech qanday xastalik
alomatlarini his etmaydilar.
Bezgak paroksizmi umuman 6—14 soat, tropik bezgakda esa 24
soat va undan ortiq davom etadi. Birlamchi xurujda isitma davri
P.falcifarum ning Italiya shtammida 74 soat, Hindiston shtammida
esa 37 soat davom etganligi ham kuzatilgan (Jrassi, 1900). Bezgak
xuruji tugagach a p i r e k s i ya d a v r i boshlanadi. U, har qaysi
parazitni eritrotsitar shizogoniyasi qancha davom etishiga qarab —
48 yoki 72 soat davom etadi.
Ma’lumki, bezgak xurujini boshlanishidagi titrab-qaqshash
— eritrotsitar shizogoniya siklining tugallanishi, morullarning
parchalanishi, zararlangan eritrotsitlarni ko‘plab gemolizi va qonga
yosh parazitlar — merozitlarni tushishi davriga to‘g‘ri keladi. Agar
qonda parazitning bitta yetakchi turi bo‘lsa, isitma, odatda, to‘g‘ri
intermittik xarakterda bo‘lib, paroksizm uch kunlik va ovale
bezgagida, ba’zan tropik bezgakda ham — har 48 soatda, to‘rt
76
kunlik bezgakda esa 72 soatda takrorlanadi. Bezgak isitmasining farqli
xususiyati shuki — paroksizmlar ma’lum bir oraliq vaqtdan keyin,
sutkaning ma’lum soatlarida takrorlanadi.
Bir necha xurujlardan keyin bemorlar navbatdagi xurujni
ma’lum kun va soatlarda kutadigan bo‘lib qoladilar.
Bezgakning barcha turlarida ham navbatdagi huruj odatdagidan
ko‘ra biroz ertaroq (Febris anteronens) yoki kechroq (Febris
rostronens) bo‘lishi mumkin. Agar bemor qonida, yetakchi
generatsiyadan tashqari, parazitning boshqa qo‘shimcha yirik
generatsiyasi paydo bo‘lsa va ularning rivojlanish bosqichlarini
tugallanish vaqti turlicha bo‘lsa, u holda xuruj qo‘shilib, apireksiya
davri siyqalanadi va isitmaning ti pik ko‘rinishi buziladi. Bu holat
ko‘proq P.falcifarum ga xosdir. Tropik bezgakda, aksariyat remittik,
kontinual yoki noto‘g‘ri ti pdagi isitma kuzatiladi. Subcontinua
ti pidagi isitma tropik bezgakning og‘ir kechimiga xosdir.
Kasallik jarayonida mikro- va makroorganizmlarning o‘zaro
ta’sirini murakkabligi, organizm reaksiyasining, jumladan isitma
xurujlarining turli-tuman bo‘lishi bilan ifodalanadi. Masalan;
ma’lum bir daraja immunitetga ega bo‘lgan, bezgakning endemik
o‘chog‘ida yashovchi aholida, aksariyat isitma huruji bo‘lmaydi,
tropik bezgakda ko‘pincha isitma to‘g‘ri intermittik ti pda bo‘ladi.
Shuning bilan birga, birlamchi uch kunlik bezgakning og‘ir
kechimida isitma ko‘pincha har kuni (tifsimon) yoki remittik tarzda
bo‘lib, qonda parazit miqdori keskin ortib ketadi. Shuningdek,
to‘rt kunlik bezgakda «Qo‘shaloq» huruj, ya’ni qatorasiga ikki kun
isitma bo‘lib, bir kun apireksiya (yoki yana boshqacha) bo‘lishi
mumkin.
Uch kunlik va to‘rt kunlik bezgaklarga isitma xurujining ertalabki
va kunduzgi soatlarda boshlanishi xosdir. Tropik bezgakda esa xuruj
har xil vaqtda boshlanadi va hatto bir kunda 2 marta bo‘lishi ham
mumkin. Bu holat, kasallikning shu turida isitmaning uzoqroq
davom etishi va tartibsiz bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Ovale-bezgagi uchun isitma xurujining kechki paytda bo‘lishi
juda xosdir.
Biroq bezgak xurujlari har doim ham aniq tartibli bo‘lavermaydi.
Masalan; bezgak xurujiga isitma albatta kuzatiladigan sindrom
77
bo‘lgani holda, titrab-qaqshash va terlash alomatlari kuzatilmasligi
mumkin (Boyd va b., 1937).
Kasallikning yengil kechimida bemorlar tana harorati kamroq
ko‘tarilgani holda birozgina sovqotish his etadilar. Tropik bezgakda
titrab-qaqshash va terlash kam yoki mutlaqo bo‘lmaydi. Bu holat
isitmaning xarakteriga bog‘liq, chunonchi remittik yoki kontinual
isitmada harorat tebranishi keskin bo‘lmaydi, binobarin sovqotish
va terlash ham bo‘lmaydi.
Birlamchi bezgakda, 2—3 isitmali xurujlar bo‘lib o‘tganidan
keyin boshqa, bezgak uchun xos (patogmonik) sindromlar —
jigar va taloqning kattalashuvi hamda gemolitik anemiya alomatlari
yaqqol ko‘rina boshlaydi. Bezgak gepatosplenomegaliyasini
boshqalardan farqlovchi asosiy belgilar — bunda jigar va taloqning
qattiqligi hamda og‘riqligidir. Ba’zan taloqning kattalashuvi va og‘riq
bezgakning boshlang‘ich xurujlari paytidayoq aniqlana boshlaydi.
Jigarning kattalashuvi ham kasallikning boshlang‘ich kunlaridan,
taloqdan bir oz keyin yoki bir vaqtda boshlanadi. Kasallikning
og‘ir kechimida jigardagi og‘riq kuchliroq bo‘ladi. Taloqning
kattalashuvi, odatda, sekin-asta yoki tez bo‘lishi mumkin,
kattalanish darajasi esa jigarnikidan ortiq bo‘ladi. Bu holat muhim
diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib, uni vrachlarimiz o‘z amaliyotlarida
e’tiborga olmoqlari zarur. Yana shu narsa ham e’tiborliki, —
bezgakdan o‘lganlar yorib ko‘rilganda taloq o‘z hajmiga nisbatan
kattalarda — 2—5 marta, bolalarda esa — 4—7 marta kattalashgan
bo‘lishiga qaramay, ular hayot davrida taloqning kattalashuvi
(paypaslab tekshirilganda) faqat 62% bemorlarda aniqlangan.
Jigarning kattalashuvi unchalik ko‘p bo‘lmagan.
Bezgak anemiyasi va gi perbilirubinemiya, boshlang‘ich davrda
gemolitik xarakterga ega bo‘ladi, chunonchi bu holat, invaziyalangan
eritrotsitlarning ko‘plab parchalanishi tufayli yuzaga keladi.
Binobarin qonda bilirubinning erkin fraksiyasi ortadi. Bemorning
terisi va shilliq pardalari sarg‘ish oqargan bo‘lib, yuz ko‘rinishi
o‘ziga xos tus oladi (Facies malarisa). Bezgak anemiyasi — qonda
eritrotsitlar miqdorini keskin (og‘ir kechimida 2 x 10
6
/ mkl gacha)
kamayishi, retikulotsitlarni ko‘payishi va erkin bilirubinni ortishi
bilan namoyon bo‘ladi
(Zarvaraqdagi 2-rasmga qarang).
78
Bemorning labida va burun qanotlarida uchuqli toshma — herres
labialis va nasalis paydo bo‘ladi. Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra,
bezgakda uchuqning toshishini, organizmda persistik holatda saqlanib
yurgan gerpetik virusni aktivlashuvi oqibati deb qaralmog‘i joizdir.
Kasallik muddati ortgan sari bemorda quvvatsizlik va anemiya
alomatlari ortib boradi.
Kasallikning turidan qa‘ti nazar, birlamchi, davolanmagan
bezgakda paroksizmlar soni turlicha — 10—14 tagacha, to‘rt kunlik
bezgakda esa ko‘proq bo‘lishi mumkin. Tana harorati kasallikning
ikkinchi haftasida eng yuqori bo‘lib, keyingi paroksizmlarda isitma
va parazitemiya kamayib boradi va asta-sekin xurujlar to‘xtaydi.
Tana harorati me’yorlashadi yoki me’yordan pastga tushadi va bu
holat keyinchalik (5—6 kundan keyin) bemorlarning deyarli
yarmida, ayniqsa ayollarda, kasallikdan keyingi vegetativ
subfibrilitet holati bilan almashinadi. Bu bosqich kasallikni keyingi
— qisqa muddatli x u r u j l a r o r a l i g‘ i d a v r i bo‘lib,
1—2 haftadan 3 oygacha davom etadi. Bu davrda bemorning ahvoli
nisbatan tez yaxshilanadi, a’zolar faoliyati tiklanadi.
Keyinchalik immunologik reaksiya ortib borgani sari paroksizm
va apireksiya davrlari aniq bir tartibga keladi. Bu davrlarning aniq
tartib bilan almashinuvi, ayniqsa kasallikning keyingi bosqichda,
ya’ni barvaqt residivlar davrida yaqqol ko‘rinadi.
R e s i d i v d a v r i boshlanishida ko‘pincha bezgak xuruji
boshlanishidan bir necha soat oldin darakchi belgilar: biroz
qaltirash, kamroq bosh og‘rig‘i va mialgiya kuzatiladi. Residivda
paraksizmlar nisbatan yengilroq kechadi.
Barvaqt kuzatiladigan residivlarning takroriyligi bezgak turiga
qarab turlicha bo‘ladi. Eng ko‘p takrorlanish uch kunlik bezgakning
tinch okean varianti — P.vivax ning shesson shtammida ko‘riladi.
Tropik bezgakda barvaqt residiv xurujlarini tugallanishi klinik
sog‘ayish demakdir. Uch kunlik va ovale bezgaklarida esa uzoq
(6—11 oy) davom etgan latent davrdan keyin yangi isitma xurujlari
— k e ch i k k a n r e s i d i v l a r boshlanadi. Kechikkan
residivlarning klinik kechimi birlamchi xurujlarga o‘xshasada nisbatan
yengilroq bo‘ladi. Kechikkan xurujlar dan keyin ham birlamchi
79
xurujlardagi singari, barvaqt (bir yoki bir necha) residivlar bo‘lishi
mumkin.
Yaqin vaqtlargacha to‘rt kunlik bezgaklarda ham uch kunlik
bezgakdagi singari latent davr va kechikkan residivlar bo‘ladi deb
qaralar edi. Biroq, keyingi ma’lumotlarga ko‘ra (Collins et al.,
1973 va b.), to‘rt kunlik bezgakda latent davr bo‘lmaydi, balki
ko‘p yillar davomida parazitemiyasi juda kam bo‘lgan, oddiy
mikroskopik usullar bilan aniqlanmaydigan, chidamli eritrotsitar
shizogoniya saqlanib qoladi. Bunda keyingi xurujlarni kechikkan
residivlar deb emas p e r s i s t i k q a y t a l a n i sh l a r deb
qaraladi.
O‘tkazilgan o‘tkir xurujlar va residivlardan keyin, ba’zilarda
kasallikning oshkor belgilari bo‘lmasdan ham p a r a z i t t a sh u v-
ch i l i k, ya’ni bezgakning klinik belgilari bo‘lmagani holida periferik
qonda parazitning mavjudligi yuzaga keladi. Agar yaqindagina o‘tkir
xurujlar ni o‘tkazgan bemorning qonida parazit aniqlansa va bu
davrda isitma ko‘tarilmasa, buni p a r a z i t a r r e s i d i v deb
qaraladi. Parazitar resedivlarni, qonda parazitlarni qayta-qayta
axtarish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Parazit tashuvchilik tropik
o‘lkalardagi yuqori endemik hududlarning immunitetli aholisi
orasida keng tarqalgan. Qonida parazit aniqlangan 128 (Afrikalik)
talabaning faqat 81 tasida ilgari kasallik oshkor tarzda bo‘lgan.
Parazit tashuvchilik ko‘pincha yaqinda o‘tkir xurujlarni
o‘tkazgan shaxslarda, bir yil davomida aniqlanadi. Parazit
tashuvchilik uzoqroq davom etishi ham mumkin.Masalan: endemik
o‘choqlardan chiqib kelgan shaxslarda P. falcifarum 18—20 oy
davomida, P.malariae esa 14—24 oy davomida aniqlanib turgan.
Keyingi yillardagi ko‘pchilik kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, 90—
98,2% bemorlarda tropik bezgakning umumiy davomiyligi 1 yildan
oshmaydi. Uch kunlik bezgak — 1,5—2 yil, ba’zan 3 yilgacha davom
etsa, ovale—bezgagi esa — 2—3 yil, kamdan-kam 3,5—4 yil davom
etadi. Eng uzoq davomiylik to‘rt kunlik bezgakka xos bo‘lib, o‘rtacha
4—5 yil, parazit tashuvchilik esa 10—15 va hatto 50 yil davom
etadi.
Ko‘pchilik parazitni qayta-qayta yuqtirib, ko‘p yillar davomida
xastalanib yurgan shaxslarda, kasallik belgilari tugagandan keyin
80
ham ayrim, qaytarib bo‘lmaydigan, qoldiq belgilar: gi pergenerator
anemiya, splenogepatomegaliya, tromboflebitik splenomegaliya
kuzatilib turadi. Bu holat p a r a m a l ya r i k yoki m e t a m a l-
ya r i k jarayon bo‘lib, bezgakning oqibatlaridan biridir. Biroq,
oxirgi yillardagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, bu jarayonlarning
asosiy sababchisi virusli gepatit, septik endokardit, dori kasalligi
singari xastaliklardir.
Endemik o‘choqlarda, aksariyat aralash bezgak — bir vaqtda
ikki (ba’zan uch) xil plazmodiyalar, masalan; tropik va uch kunlik,
tropik va ovale—bezgagi, tropik bezgakni, uch hamda to‘rt kunlik
bezgaklar bilan kechimi kuzatiladi. Bezgak xuruji paytida bunday
bemorlarning qonida 2—3 xil parazit aniqlanadi. Bunday hollarda
P.falcifarum ning ustun kelishi va bemorlarda tropik bezgak kechimi
tugamaguncha (ba’zan hatto bir necha oy davomida), boshqa tur
bezgaklar namoyon bo‘lolmay turganligi kuzatilgan (Boyd va
Kitchen, 1937).
Bezgak kasalligi boshqa kasalliklar bilan qo‘shilib kelganida,
plazmodiyalarning rivojlanishiga toshmali tif, qorin tifi va qaytalama
tiflar salbiy ta’sir etishi aniqlangan. Shuning uchun ham bezgak
xuruji tif kasalliklarining rekonvalessentlik davrida yuzaga keladi.
Tuberkulyoz va bezgak kasalliklari biri-birini og‘irlashtiradi.
Bezgak boshqa yo‘ldosh kasalliklarga qarshi ishlanadigan
immunitetning susaytirganligi tufayli ularning kechimi uzayishi
va og‘irlashishi mumkin.
Bezgakning har bir ayrim klinik turining o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud.
Uch kunlik bezgak uzoq davom etuvchi, kunora yoki har kuni
takrorlanuvchi intermittik isitma huruji va spelenogepatomegaliya
bilan namoyon bo‘luvchi, barvaqt va kechikkan residivlarga moyil
kasallik turidir. Kasallik residivlari bir necha oy (3—14) va hatto
(3—4) yildan keyin bo‘lishi mumkin. Bezgakning bu turini oqibati
ko‘pincha yaxshi, biroq bolalarda va immuniteti bo‘lmagan shaxslarda
oqimi og‘ir bo‘lishi mumkin. O‘lim juda kam bo‘lib, asosan
og‘irlashturuvchi yo‘ldosh jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Hozirda
bizda asosan uch kunlik bezgakning chetdan kirib kelgan turlari
kuzatilmoqda.
81
Ovale—bezgagida isitma xurujlari xuddi uch kunlik bazgakdagi
xarakterga ega bo‘ladi. Kasallikning bu turi uch kunlik bezgakdan,
isitma xurujlarining kechki paytda boshlanishi, anemiya va
splenogepatomegaliyaning kam darajada bo‘lishi, odatda, yengil
kechimi va yaxshi oqibati hamda ko‘pincha bir necha xurujdan keyin
to‘satdan tuzalishi bilan farq qiladi.
Ovale-bezgagi asosan tropik Afrikada — Gvineya qo‘ltig‘ining
Shimoliy qirg‘og‘i o‘lkalarida keng tarqalgan.
Oxirgi yillarda P.ovale ni Sharqiy Janubiy Osiyo o‘lkalarida
ham tarqalganligi haqida ma’lumotlar kelmoqda.
To‘rt kunlik bezgak ko‘pincha to‘rtinchi kunda takrorlanuvchi
intermittik isitma, yengilroq anemiya, splenomegaliya, sekin ortib
boruvchi, kam darajali parazitemiya bilan ifodalanadi va uzoq,
ba’zan ko‘p yillab davom etadi. Uning boshqa bezgaklardan farqli
xususiyatlari: birlamchi xurujlar tugagach eritrotsitar shizogoniyani
uzoq vaqt (o‘n yillab) klinik belgilarsiz submikroskopik darajada
saqlanishi mumkinligi va P.malariae ni buyraklarning jarohatlashi
(bolalarda nefrotik sindrom) bo‘lishi mumkinligidir.
To‘rt kunlik bezgak boshqalarga nisbatan kam tarqalgan. U
asosan o‘choqli infeksiya sifatida tropik Afrika, shuningdek Osiyo
va Lotin Amerikasi o‘lkalarida uchraydi.
Tropik bezgak—kasallikning eng og‘ir turi bo‘lib, unga o‘tkir,
ko‘pincha tartibsiz isitma, anemiya, gepatosplenomegaliya, kuchli,
ba’zan yuqori parazitemiya, klinik kechimining xilma-xilligi, og‘ir
kechim va yomon oqibatlarga moyillik xosdir.
Tropik bezgakda prodromal belgilar ko‘proq immuniteti
bo‘lmagan shaxslarda kuzatiladi. Birlamchi kasallik kuchli toksik va
allergik alomatlar bilan: kuchli bosh og‘rishi, ko‘ngil aynash,
qusish, qorinda og‘riq, ichning suyuq kelishi, kuchli mialgiya va
artralgiyalar bilan namoyon bo‘ladi. Xuruj boshlanishida titrab-
qaqshash qisqa muddatli va kuchsiz bo‘ladi, bo‘lmasligi ham mumkin.
Isitma vaqtida toksikoz juda kuchli bo‘lib, bemor hatto xushini
yo‘qotishi, asabiy jumbushlar, trishishlar, meningizm alomatlari,
kollaps va urtikar toshmalar kuzatilishi mumkin. Bemorning yuzi
qizargan, ko‘zlari chaqnagan, quruq yo‘tal, tili karashlangan
bo‘ladi. Birlamchi kasallik subkontinual yoki remittik harorat
82
reaksiyasi bilan kechishi, isitma davomli va tartibsiz bo‘lishi mumkin.
Chunki, P.falcifarum retikulotsitlar bilan bir vaqtda yetuk
eritrotsitlarni ham jarohatlaganligi tufayli ularning parchalanishi
turli vaqtda bo‘ladi.
Tropik bezgakda jigar va taloqning kattalashuvi ham kamroq
bo‘lib sekinroq rivojlanadi. Xuruj tugallanishdagi terlash ham
unchalik kuchli bo‘lmaydi. Buning boisi, isitma ko‘pincha turg‘un
bo‘lib harorat tebranishining kamligidir.
Bezgak xurujining asinxron bo‘lishi asosan kasallikning
boshlang‘ich davrida bo‘lib, keyinchalik, ayniqsa residiv davrida
tartibga tushadi, ya’ni uzoq yoki qisqa davom etgan remittik yoki
kontinual isitmadan keyin uch kunlik yoki kundalik isitma tartibi
yuzaga keladi. Biroq, aksariyat hollarda paroksizmni cho‘zilishi,
xurujlar boshlanish vaqtini surilishi, qo‘shimcha harorat cho‘qqilari
bo‘lib, isitmaga tartibsizlik kiritishi mumkin.
Tropik bezgakning yaxshi oqibatli tabiiy kechimida birlamchi
xurujlar, boshqa bezgaklardagiga qaraganda qisqaroq bo‘lib,
davomiyligi 2 haftadan oshmaydi. Birlamchi xurujlar , 7—10
kundan keyin boshlanadigan, bir necha barvaqt residivlar bilan
almashinadi. Kasallikning umumiy klinik aktiv davri 2 oydan
oshmaydi. Bunda, bemor organizmida yetarli miqdorda immunitet
hosil bo‘lguniga qadar kasallik kechimi to‘lqinli bo‘lib, isitma
parazitemiya va boshqa belgilar bir ortib, bir kamayib turadi.
Terminal bosqichda parazitemiya, klinik belgilarsiz 1 yil va undan
ortiq davom etishi, ya’ni tashuvchilik holati bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |