Tropik o‘lkalarda aholining ovqatlanish muammosi
Ko‘pchilik tropik o‘lkalar aholisining ovqatlanishi sifat jihatidan
past, jumladan, oqsil yetishmovchiligi, gi povitaminozlar, ko‘plab
parazitar kasalliklar (poli parazitizm) tufayli rivojlanadigan —
disproteinemiya juda ko‘pchilikda kuzatiladi. Bu holat organizmning
qarshi kuchini kamaytirib, aholining ko‘pchilik kasalliklarga moyil-
ligini orttiradi va bu kasalliklarni og‘ir hamda asoratli kechishiga
sabab bo‘ladi.
Oqsil ochligi, organizmga yetarli miqdorda hayvonot oqsili
tushmasligi oqibatida, ayniqsa vegetariancha ovqatlanish tarzi odat
bo‘lgan aholi orasida kuzatiladi.
Gi povitaminozning ko‘pligi, kundalik ovqatlanishning bir
xilligi, sabzavot va mevalarni kam iste’mol etilishi bilan bog‘liq.
Ko‘proq guruch bilan ovqatlanuvchi, tropik o‘lka aholisi
orasida, B guruhi vitaminlari yetishmovchiligi va beri-beri kasalligini
rivojlanishi, stomatitlar, jo‘xori bilan ovqatlanuvchilar orasida esa
— pellagra, xeylit kasalliklari ko‘p uchraydi.
Ayrim hududlarda A vitaminining yetishmovchiligi ko‘rlikning
asosiy sabablaridan bo‘ladi.
Ovqatlanish organizmning faqat energiya sarflanishini qoplab
qolmasdan, uni barcha kerakli oziq moddalar bilan to‘la taminlashi
kerak.
Buning uchun amalda uchta shartga — ovqatlanishining fiziologik
me‘yorlari, oziq-ovqatlarni iste’mol qilish me’yorlari va ovqatlanish
rejimiga rioya qilish kerak bo‘ladi. Ovqatlanishining fiziologik
me’yorlarini taminlashda uning ikki tomoni — miqdoriy (kaloriya-
49
viy) va sfatiy (oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar)
hisobga olinishi shart.
Kunlik ratsionda ovqatlanishning fiziologik me’yorlari 2560 kkal
dan kam bo‘lmagani holda, oqsil — 48—62 g., yog‘ ham shuncha,
uglevodlar — 240—300 g, qilib belgilangan. Yog‘ organizmda suvni
ushlab qolish xususiyatiga ega.
Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat taminoti
me’yorlari kishi boshiga (kalloriya hisobida) talab etiladigan minimal
me’yorlarga mos kelmaydi. Yer yuzining 60% aholisi kuniga 2200
kkal dan kam iste’mol qiladi.
Masalan, O‘rta Sharq, Tinch Okeanning janubiy qismi va
Hindistonda aholi ratsionining o‘rtacha kaloriyasi rivojlangan
mamlakatlarga nisbatan 660—800 kkal ga kam bo‘lib, o‘rtacha 2150
kkal ni tashkil etadi.
Ko‘pchilik Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida kishi boshiga
sutkalik ratsion kaloriyasi 2000—2200 va 2500 kkal ni tashkil etadi.
Ba’zi bir mamlakatlarda bundan ham kam.
Iste’mol qilinadigan ovqatning faqat miqdori (kalloriyasi) emas,
balki sifati ham juda katta ahamiyatga ega.
Kunlik ratsionda o q s i l n i n g yetishmasligi salomatlikka juda
katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining kunlik ratsionida
kalloriyaning 80% (Lotin Amerikasida — 50—60%) uglevodlar
bilan qoplanadi.
Osiyo, O‘rtayer dengizining sharqiy qismi va Afrikaning
ko‘pchilik aholisi asosan donli hamda ildizmevali ozuqlar bilan
ovqatlanadilar, oqsil va ko‘pchilik vitaminlar (C va B guruhi) ga
boy bo‘lgan hayvonot va o‘simliklar mahsulotlarini juda kam iste’mol
qiladilar. Sut, go‘sht, tuxum, baliq, dukkaklilar va ho‘l mevalar
kunlik ratsionda juda kam yoki mutlaqo kiritilmaydi. Masalan, Shri—
Lanka aholisi angliyaliklarga nisbatan go‘shtni 22 marta, yog‘ni —
5 marta, sutni — 12, choyni — 4 marta kam iste’mol qiladilar.
Aholining ovqatlanish tarziga juda salbiy ta’sir etuvchi
omillardan yana biri, ayrim elatlar orasida odat bo‘lib qolgan —
taqiq (tabu)dir.
50
Aksariyat hollarda eng kerakli bo‘lgan: go‘sht, baliq, sut, tuxum
singari mahsulotlar taqiq ostiga tushadi. Yana shunisi achinarliki,
bu taqiqlar ko‘proq homilador yoki emizuvchi ayollar, bolalar va
o‘smirlarga, ya’ni oqsilli ozuqalarga eng muhtoj bo‘lgan shaxslarga
nisbatan qo‘llanadi.
Masalan, Malayziya va Indoneziyada homilador yoki emizuvchi
ayollar hamda kichik bolalarga sabzavot va mevalar yeyish
taqiqlangan. Osiyoning ko‘pchilik aholi qatlamlari orasida, diniy
aqidalarga ko‘ra faqat sayqallangan guruch iste’mol qilinadi, ayrim
diniy kastalar hindularga — go‘sht, sut va boshqa bir qancha oziq-
ovqatlarni yeyishni taqiqlaydilar. Bunday misollarni juda ko‘plab
keltirish mumkin.
Yetarli ovqatlanmaslik oqibatida yuzaga keladigan kvashiorkor,
alimentar marazm yoki boshqa patologik sindromlarni JSST
ekspertlarining taklifiga binoan (1961) «oqsil-kaloriya yetishmasligi
kasalligi» deb atash qabul qilingan.
Bolalarni ko‘krakdan ayirish paytida rivojlanadigan oqsil—
kaloriya ochligi eng keng tarqalgan holatdir. K v a sh i o r k o r
ko‘pincha ko‘krakdan ayirish bilan darhol kraxmalga boy va bola
ovqat hazm sistemasiga og‘irlik qiladigan dazal hamda ko‘p ovqat
berish oqibatida yuzaga keladi. Bunda bolalar organizm uchun zarur
bo‘lgan oziqlarni, jumladan oqsilni o‘zlashtira olmaydi. Bolaning
o‘sish va fiziologik rivojlanishidan orqada qolishi, shish, mushaklar
distrofiyasi va psixomotor o‘zgarishlar kvashiorkorning doimiy
belgilari hisoblanadi. Bu belgilardan tashqari, soch va terining
oqarishi (depigmentatsiya), kamqonlik, jigar kattalashuvi, gi po
va avitaminozlar hamda turli infeksiyalar kuzatiladi.
A l i m e n t a r m a r a z m (kaxeksiya, bolalar atrofiyasi)
ham muttasil ovqat yetishmasligi tufayli rivojlanadigan patologik
holat bo‘lib, bolaning o‘sishdan qolishi, teri osti yog‘ qatlami va
mushaklarni ozib ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Bularda ham turli
infeksiyalar, vitaminlar yetishmovchiligi teri va sochlarda
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Oqsil—kaloriya yetishmaslik holati har doyim ham klinik oshkor
ko‘rinishida bo‘lmasdan ko‘pchilik hollarda yashirin yoki subklinik
shakilda bo‘ladi. Shuning uchun ham, aslida, bolalarning
51
ko‘pchiligida oqsil yetishmovchiligi mavjud. FAO qo‘mitasining
ma’lumotiga ko‘ra iqtisodiy nochor davlatlarda har 10 boladan 3
tasida kvashiorkor, ko‘krakdan ajratilgan bolalarning 20% da o‘tkir
oqsil yetishmovchiligi, 40% da butun umri davomida jismoniy ojizlar
kuzatiladi, qolganlari esa ochlikdan o‘ladi.
Bolalardan tashqari aholining eng ko‘p aziyatlanadigan qismi,
bu homilador yoki emizuvchi ayollardir. Ularning ratsionida
oziqning sifat va miqdoran yetishmasligi ko‘pincha anemiya
rivojlanishiga olib keladi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ayrim
hududlarida aholining 80—90% da, ayniqsa homilador ayollar va
bolalarda anemiya aniqlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida tug‘ilayotgan
bolalarning 20% da, tana og‘irligi 2500 g dan oshmaydi. Ularning
ko‘pchiligi tez orada o‘ladi, qolganlari esa nimjon bo‘lib o‘sadi.
Hindiston va boshqa Sharqi—Janubiy Osiyo o‘lkalari aholisida
ko‘p uchraydigan megaloblastik anemiya, vitamin B
12
va foliev
kislotasining yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Homilador
ayollarning 20—50%da megaloblastik o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday
shaxslarning ko‘pchiligi (30—60%) da oqsil—kaloriya yetishmov-
chiligi ham aniqlanadi.
A vitaminning yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladigan —
kseroftalmiya, keratomalyatsiya, B vitamini yetishmasligidan —
beri-beri kasalligi, pellagra, D vitamini taqchilligidan — raxit va
osteomalyatsiya, C vitamini yetishmasligidan — singa (skorbut)
singari gi povitaminoz holatlari dunyoda juda keng tarqalgan.
Tropik va subtropik hududlardagi rivojlanayotgan mamlakat-
lardagi bolalarning 1—30% (Shimoliy Afrikada 51%) da raxit
alomatlari aniqlanadi. Buning boisi, D vitaminga boy bo‘lgan oziqlar
(yog‘, tuxum, jigar, baliq moyi) ning juda kam iste’mol qilinishi-
dadir.
Pellagra kasalligi juda ko‘p rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi
uchun xos.
Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Markaziy hamda Janubiy
Amerikaning ayrim hududlarida kseroftalmiya keng tarqalgan va
og‘ir kechadi.
52
Ko‘pchilik, kichik (6 oydan oshgan) bolalarda, ona suti orga-
nizmga zarur oziqni yetarli taminlayolmay qolgan taqdirda diareya
rivojlanadi. Bu xastalik, ko‘krakdan ajratilib, tarkibida kerakli
oziqlar yetarli bo‘lmagan, umumiy ovqatga o‘tkazilgan bolalarda
ham bo‘ladi. Diareya, Afrikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning
deyarli barchasida, Osiyo bolalarining ko‘pchiligida kuzatiladi.
Eronda bolalar o‘limining yarmi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri
keladi va ularning ko‘pchiligi oshqozon-ichak yuqumli kasalliklari-
dan o‘ladi. Lotin Amerikasida 1 yoshdan 4 yoshgacha oshqozon-
ichak kasalliklaridan o‘lgan bolalarning 40% da oqsil ochligi va
umumiy alimentar xorg‘inlik alomatlari aniqlangan.
Oziq yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladigan kasalliklar,
yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi va og‘ir kechishida muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tropik o‘lkalarda sog‘liqni saqlash xizmati
va vrachlar ishining xususiyati
Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun, tibbiyot
xodimlarining, ayniqsa mahalliy malakali vrachlarning yetishmasligi,
qishloq va shaharlarda tibbiy xizmatni keskin farqlanishi, profilaktik
tibbiyot emas balki davolash tibbiyotining ustvorligi xosdir. Ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlarda tibbiyot uchun ajratilayotgan
mablag‘, rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan 10 va undan ortiq
marta kam.
O‘z yurtlarida tayyorlangan mutaxassislarning malakasi rivojlan-
gan mamlakatlarda tayyorlangan vrachlarnikidan past. Uning ustiga-
ustak, keyingi yillarda malakali mutaxassislar, vrachlar rivojla-
nayotgan davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga o‘tib ketish hollari
ko‘paymoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda vrachlar asosan umumiy
amaliyot shifokori sifatida ish yuritadi va ko‘proq bolalar bilan
ishlaydi, chunki tropik o‘lkalarda ko‘pchilik yuqumli kasalliklar
bolalar kasalligiga aylanib bormoqda. Vrachlarga murojaat
qiluvchilar ko‘p bo‘lganligi sababli ularni to‘liq tekshirishga imkon
ham, qishloq joylarda laborator uskinalar ham yetishmaydi.
53
Shuning uchun ham tashxis qo‘yish asosan fizikal ma’lumotlarga
asoslanadi.
Shuni ham aytish kerakki, bir xildagi laborator ko‘rsatkichlar
tropik o‘lkalarda va mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda turlicha baholanadi,
chunki me’yor tushinchasi ularda turlichadir.
Masalan, tropikaning mahalliy aholisida gi pergammaglo-
bulinemiya, biroz eozinofiliya, neytrofillar va gemoglobinlarni
ozroq kamayganligini patologik deb hisoblanmaydi.
Parazitologik tekshiruvlar natijalarini noto‘g‘ri talqin qilish
ham xavflidir. Katallarda ko‘pchilik parazitlarning zararli ta’siri
organizmning himoya kuchlari tomonidan zararsizlantiriladi. Bunday
parazitlarni topilishi, vrach asosiy kasallikni aniqlolmay noto‘g‘ri
qaror qabul qilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa, bezgak bo‘yicha mezo-, gi per- va goloendemik
hududlarda, katta yoshdagi bolalarda va kattalarda topilgan bezgak
parazitini baholashda ehtiyot bo‘lmoq kerak, chunki tri ponasomoz
yoki visseral leyshmaniozdek xavfli kasalliklarda ham bezgak singari
isitma kuzatiladi va ular bezgak paraziti tashuvchiligi bilan birga
kechishi mumkin.
Jahonda sog‘liqni saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar,
asosan ko‘pchilik aholining salomatligiga putir yetkazayotgan va
katta iqtisodiy zarar keltirayotgan kasalliklardan himoyalashning
samarali va foydali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Bunday
kasalliklar qotoriga JSST bezgak, shistosomozlar, filyaridozlar,
tri ponosomozlar, leyshmaniozlar va maxov kasalliklarini kiritgan.
Davolash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni, alohida bir
bemorni davolashga emas balki butun aholini sog‘lomlashtirishga
mo‘ljallangan dorilar va usullarni ishlab chiqilishiga qaratish juda
dolizarb va samarali hisoblanadi.
Tropik patologiyaning umumiy xususiyatlari tropika
mahalliy aholisining o‘ziga xos xususiyatlari
Issiq o‘lkalar patologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari —
quyidagilardir:
54
1. Kasalliklarning turli-tumanligi;
2. Infeksiya va invaziyalarning yuqish darajasining yuqoriligi;
3. Mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda tarqalgan kasalliklarning tropik
o‘lkalarda kechimining o‘ziga xosligi.
1. Kasalliklarning turli-tumanligi yuqorida aytilgan tabiiy va
ijtimoiy omillarga bog‘liq. Tropik o‘lkalarda mo‘tadil iqlimli yurtlarda
uchraydigan kasalliklarning barchasi va ulardan tashqari faqat shu
o‘lkalarning o‘zida tarqalgan (xususiy tropik) kasalliklar kuzatiladi.
Xususiy tropik xastaliklar qatoriga kiruvchi yuqumli va invazion
kasalliklar turi unchalik ko‘p bo‘lmasada, ular keltiradigan katta
zarari bilan juda ahamiyatlidir. Ular qatoriga — sariq isitma, denge,
flebotom isitmasi, Lossa, Ebola isitmalari, tri ponosomozlar, shisto-
somozlar, ankilostomozlar, filyaridozlar, drankunkulez, leyshma-
niozlar, frambeziya va ba’zi-bir tropik mikozlar kiradi. Ularning
xalq salomatligiga keltirayotgan zarari beqiyosdir.
Ayrim yuqumli kasalliklar (masalan: mohov) endilikda xususiy
tropik kasalliklar qatoriga kirib qolgan, chunki rivojlangan mamla-
katlarda bu kasallik yo‘qotilgan.
O‘lim sabablarini tahlil qilib ko‘rilganda, sanoati rivojlangan
mamlakatlarda keyingi yillarda o‘limning asosiy sabablari yurak va
tomir xastaliklari, shuningdek yomon o‘smalar bo‘lgan bo‘lsa,
tropik o‘lkalarda esa, birinchi o‘rinda, yuqumli kasalliklar, ayniqsa
bezgak, qizamiq, ichak infeksiyalari, tuberkulez va boshqalar
turadi.
Aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilanishi, urbanizat-
siya, industrializatsiya va boshqalar kasalliklar va o‘lim sabablari
tizimiga ham o‘zgartirishlar kiritadi.
2. Kasalliklarning tarqalish darajasini yuqoriligi. Tropik o‘lkalarda
mavjud bo‘lgan tabiiy omillar, yuqumli va parazitar kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilarini keng va tez tarqalishiga juda qulay sharoit yaratadi
hamda u o‘lkalardagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ham kasalliklarni
tarqalishiga monelik qilmaydi. Ko‘pchilik kasalliklar issiq o‘lkalarda
mo‘tadil iqlimli o‘lkalardagiga nisbatan keng tarqalgan va o‘choqlarda
bemorlar soni ham juda ko‘p bo‘ladi.
Masalan; bezgak hech bir zaminda, tropik o‘lkalardagi singari
ko‘p hududlarga tarqalmagan va ko‘pchilik aholini zararlamagan.
55
Faqat shu o‘lkalardagina goloendemik o‘choqlar mavjud. Bu
o‘choqlarda nafaqat barcha aholi kasallangan, balki ular o‘z umri
davomida (go‘daklik davridan boshlab) o‘nlab va hatto yuzlab
marotaba qayta-qayta kasallanadilar.
Ko‘pchilik kasalliklarda qayta-qayta yuqishi tufayli kasallik
qo‘zg‘atuvchisi va uning xo‘jayini bo‘lmish odam organizmi o‘rtasida
moslashuv paydo bo‘ladi, oqibatda kasallikning o‘tkir kechimi
faqat bolalarda bo‘lib, kattalar esa (bezgak, ko‘pchilik gijja kasallik-
larida) tashuvchi bo‘lib qoladilar.
Ayrim infeksiyalarning ko‘p marta yuqishi va klinik aniq oshkor
bo‘lmasdan kechishi oqibatida aholining spontan immunizatsiyasi
yuzaga kelishi mumkinligi, poliomielit kasalligi misolida o‘rganilgan.
Ko‘p vaqtgacha, Afrikada difteriya kasalligini uchramaslik
sabablari jumboq bo‘lib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, bolalar
difteriyaning teri (yengil kechadigan) shakli bilan og‘rib o‘tar
ekanlar, oqibatda immunitet paydo bo‘lib, boshqa og‘ir kechadigan,
ba’zan o‘limga sabab bo‘ladigan (tamoq, kekirdak va boshqa) difteriya
turlaridan saqlar ekan.
3. Kasallik kechimining o‘ziga xosligi. Tropik o‘lkalarda
kasalliklarning o‘ziga xos kechimiga, ko‘pchilikda mavjud bo‘lgan
turli surunkali yuqumli kasalliklar, organizmga kasallik qo‘zg‘atuv-
chisining ko‘p miqdorda tushishi, birlamchi yuqishini barvaqt
(bolalikda) bo‘lishi, ba’zan tashqi muhitning bevosita ta’siri sabab
bo‘ladi.
Yuqumli xastalikning ko‘pligi, bir vaqtning o‘zida bir necha
xil kasallik qo‘zg‘atuvchisining yuqish imkoniyatini yaratadi. Amalda
tropik o‘lka aholisining har biri bir necha xil parazit bilan zararlan-
gan. Turli infeksiyalar va invaziyalarni, shuningdek yuqumli va
yuqumsiz kasalliklarning o‘zaro ta’siri juda turlicha, ba’zan kutil-
magan ko‘rinishlarda bo‘ladi. Bu tropik tibbiyotning eng muhim,
biroq yaxshi o‘rganilmagan qirralaridan biridir.
Yuqumli va parazitar kasalliklarning klinik kechimini og‘ir
yoki yengil bo‘lishi, ko‘proq aholi immuniteti darajasi hamda
bemor organizmida kasallik kechimini og‘irlashtiruvchi holatlarning
bor yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘lsada, ayrim hollarda, tropik
o‘lkalardagi kasalliklar kechimiga xos barcha xususiyatlarning
56
sababini aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Masalan; amyobiaz, sil,
meningikokk infeksiyasi tropik o‘lkalarda, mo‘tadil iqlimli tropik
o‘lkalarda qizamiq (G‘arbiy Afrikada «bolalarga qirg‘in keltiruvchi»
kasallik), suvchechak, ko‘k yo‘tal va boshqalar juda og‘ir kechadi va
ko‘p o‘lim beradi. Biroq sariqli isitma va boshqa ayrim kasalliklar tropik
o‘lkalarning mahalliy aholisida ko‘pincha subklinik ko‘rinishida kechadi.
Tropik o‘lkalarda bu kasalliklar ko‘pincha bezgak bilan birgalikda
kechadi, bu holat kasallik oqibatiga (ayniqsa yosh bolalarda) juda
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bezgak kasalligining kechimi bilan eritrotsitlarning xususiyati
o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. C globulinli geterozigot shaxslarda
tropik bezgak, nomral gemoglobinli shaxslardagiga nisbatan yengil
kechadi va uning serebral shakillaridan bo‘ladigan o‘lim ham kam
bo‘ladi. Aniqlanishicha, glukoza — 6—fosfatdegidrogenaza (G—
6—FDG) taqchilligi va bezgak orasida, gemoglobinoz C hamda
bezgak va tri ponosomoz orasida, shuningdek gemoglobinoz C va
nekatoroz orasida ham bog‘liqlik bor.
Afrikaning ko‘pchilik tumanlari aholisining 30% ni gemoglobin
C yoki gemoglobin C bo‘yicha geterozigot va 2,5% i gemoglobin C
va C bo‘yicha gomozigot yoki ikki marta geterozigot ekanliklari
ma’lum.
Ko‘pchilik tropik yuqumli kasalliklar, ayrim yuqumli bo‘lmagan
patologik holatlarni yuzaga keltiradi. Tropik o‘lka aholisini bolalikdan
boshlab doimiy ravishda ko‘pchilik kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining
ta’sirida bo‘lishligi qon zardobidagi oqsil tarkibining o‘zgarishiga
olib keladi. Bunga misol qilib bezgak bo‘yicha ayniqsa golo- va
gi perendemik hududlar aholisida kuzatiladigan albumin-globulin
koeffitsientining o‘zgarishini aytish mumkin.
Tropik o‘lkalarda buyrak jarohatlanishining ko‘pligi, to‘rt kunlik
bezgakning keng tarqalganligi bilan bog‘liq.
Gijjalarning (ayniqsa oxirgi xo‘jayini odam bo‘lgan gijjalarning)
qayta-qayta yuqishi qonda eozinofillar miqdorini keskin ortishiga
sabab bo‘ladi.
Jigar sirrozi va birlamchi jigar raki singari og‘ir kasalliklarni
tropik o‘lka, ayniqsa Afrika aholisi orasida ko‘p uchrashi ham
infeksion ham alimentar omillar bilan bog‘liqdir.
57
Siydik qopining raki, ko‘pincha siydik-tanosil a’zolari shisto-
somozi oqibati sifatida yuzaga keladi va bu kasallikning ko‘p-ozligi
shistosomoz endemiyasi darajasiga mutanosib bo‘ladi. Xuddi shunday
bog‘liqlik teri raki va frambeziyada ham kuzatiladi.
Afrika va Yangi Gvineyada Berkit limfomasining tarqalishi ham,
bezgakning golo- va gi perendemik tarqalish hududlariga to‘la mos
keladi. Asosan bolalar kasallanadi. Nigeriyada 15 yoshgacha bo‘lgan
bolalar orasida bo‘ladigan yomon sifatli o‘sma kasalliklarining 52%
ni Berkit limfomasi tashkil etadi. Bu o‘sma ko‘proq yuz skelet
suyaklarida kuzatiladi. Berkit limfomasini qo‘zg‘atuvchi omillardan
bo‘lmish Epshteyn—Bar virusi barcha qatorlarda uchrashiga
qaramasdan, bu o‘sma asosan bezgakning gi perendemik hudud-
larida tarqalgan. Bu holat Berkit limfomasining rivojlanishi uchun
faqat virusning ta’siri kifoya qilmas ekan, balki yana bezgak bilan
qayta-qayta kasallanishdyoq kuchli omilning ham ta’siri bo‘lmog‘i
kerak degan xulosaga kelingan.
Yangi ko‘chib kelgan shaxslarda bo‘ladigan
patologiyaning xususiyatlari
Rivojlangan o‘lkalardan ko‘chib kelgan shaxslarda bo‘ladigan
patologiya mahalliy aholinikidan yaqqol farq qiladi.
Issiq o‘lkalarga ko‘chib kelgan shaxslarning kasalliklariga, ular
yashayotgan hudud, uy-joy, ovqatlanish, mehnat va hordiq singari
ijtimoiy sharoitlar, shuningdek yuqori sanitariya madaniyati hamda
o‘z sog‘liqlariga e’tiborlari, davolash va profilaktik choralarga amal
qilishlari va boshqalar ta’sir etadi.
Ular ko‘proq bezgak, shistosomozlar, teri leyshmaniozi, uyqu
kasalligi va boshqalar tarqalishida tabiiy omillar yetakchi rol
o‘ynaydigan xastaliklar bilan og‘riydilar.
Mo‘tadil iqlimli o‘lkalardan kelgan shaxslar issiq o‘lkalarning
tabiiy sharoitlariga genetik jihatdan kam moslashganlar.
Ma’lumki, issiq o‘lka aholisiga nisbatan Ovrupoliklar
organizmida issiqlikni idora qilish mexanizmi kam taraqqiy etgan.
Shuning uchun ham ular o‘z sog‘liqlari va ish qobiliyatini saq-
lashlari uchun ma’lum bir vaqt moslashmoqliklari (akklima-
tizatsiya) zarur bo‘ladi.
58
Shuningdek, ularda, ko‘pchilik nasliy—moslashuv xarakteriga
ega bo‘lgan (ma’lum guruh qon egalarining ko‘pligi, gemoglobin
va fermentlar yetishmasligi singari) xususiyatlarning yo‘qligini
hisobga olish kerak. Bu xususiyatlar tropikadagi yerlik aholining
tropik infeksiya va invaziyalarga nisbatan chidamliligini taminlaydi.
Tropik infeksiyalar va parazitar kasalliklarning
jug‘rofiyasi
Yer yuzida yuqumli kasalliklarni tarqalishi juda notekisdir.
Ko‘pchilik yuqumli kasalliklar va invaziyalar yer yuzining barcha
iqlimiy va dengiz bo‘yidan balandligi sharoitlarida uchraydi yoki
tarqalishi mumkin. Bunday xastaliklar (gri pp, qizamiq, epidemik
toshmali tif, qutirish, trixinellez va b.) kosmopolit kasalliklar deb
ataladi.
Tarqalishi cheklangan, faqat ma’lum bir shart-sharoitlar
mavjud bo‘lgan taqdirdagina tarqalishi mumkin bo‘lgan infeksion
va invaziyalar endemik kasalliklar deb yuritiladi. Odam ishtirokida
yuqadigan infeksiya va invaziyalar — antroponozlar deb, hayvonlar
orqali yuquvchilari esa endemik zoonozlar deb ataladi. Iqlimiy
sharoit, tuproq va kasallik hasharotlar (yoki oraliq xo‘jayinlar)
ning tarqalish hududi, endemik antroponozlarni cheklovchi omil
bo‘lishi mumkin. Bunga sabab, endemik antroponozlarning
qo‘zg‘atuvchilari yuqimchillik (invazionlik) xususiyatiga ega bo‘lish-
lari uchun, tashqi muhitda (ma’lum bir sharoitda), ma’lum durajada
o‘zgarishlardan o‘tishi kerak. Masalan: ikkita omil — bezgak chivini
(anofeles) ni tarqalish hududi va chivin tanasida bezgak parazitining
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan (16°C dan past bo‘lmagan)
haroratning bo‘lishi, bezgak tarqalishini cheklovchi omil bo‘lib
xizmat qiladi. Agar bu omillar bo‘lmasa, bezgak plazmodiyalari
rivojlana olmaydi. Misol uchun — baland tog‘li hududlarda va ba’zi
bir (Yangi Kaledoniya, Yangi Zellandiya va b.) orollarda bezgak
chivini va bezgak kasalligi uchramaydi.
Endemik zoonozlarning (masalan, sariqli isitmaning djungliyali
shaklini) tarqalishi esa yanada murakkab.
59
Shuning bilan birga ba’zi zoonozlar (visseral leyshmanioz,
Yaponiya shistosomozi va b.), aholi yashaydigan joylarda, sinantrop
o‘choqlarda yaxshi saqlanib, uy hayvonlari va odamni ham zararlaydi.
Yer kurrasining ma’lum bir kasallik (misol uchun — uyqu
kasalligi faqat Afrikada va Shagas kasalligi faqat Amerikada)
tarqalgan qismi, kasallik areali yoki nozoareal deb ataladi.
Kasallikning hududiy tarqalishi — dinamik holatdir. Kasallik
areallari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bunga asosan insonlarning
xo‘jalik ishlari sabab bo‘ladi.
Ko‘pchilik tropik kasalliklarning zamonaviy jug‘rofiyasi yaxshi
o‘rganilmagan.
Tabiiy qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, hasharotlar ko‘payadigan
joylarni qisqartirish, zoonoz infeksiya va invaziyalar manbayi bo‘lgan
kana va yivvoyi hayvonlarning kamayishiga olib keladi. Shuning bilan
birga, dambalar va sug‘orish shaxobatchalarining qurilishi,
sholi poyalarning ko‘payishi ko‘pincha bezgak, tri ponosomozlar,
shistosomozlar, paragonimoz, drakunkulez singari kasalliklarning
keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Shaharlarning tartibsiz ortishi, ularda sinantrop chivinlarning
ko‘payishi, vuxererioz va denge isitmasi singari kasalliklarning keng
tarqalishiga olib keladi.
|