Modulidan o’quv-metodik majmua



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

7-ilova 
 
Bulardan tashqari maktab o‘quv ustaxonalaridagi darslarni tashkil qilishning 
quyidagi shakllari mavjud. 
A) O‘qitishni yalpi tashkil qilish, bunda sinfdagi barcha o‘quvchilarni bajarayotgan 
buyumlari bir xildadir. Lekin ma’lumki o‘quvchining ish sur’ati har-xildir. 
SHuning uchun darslar yalpi tashkil qilinadi.Mehnat vazifasiga kiruvchi har turli 
operasiyalarni o‘quvchilar bajarayotganini ko‘ramiz. Muhimi shundaki o‘qituvchi 
o‘tayotgan darsni butun sinf uchun tushuntiradi. Bu esa o‘qitishni birinchi 
bosqichlarida, bilim va malakalar hosil qilishda juda yaxshi natijalar beradi. 
8-ilova 
 O‘qitishning zveno shaklda tashkil qilish. 
Bunda sinf 3-5 tadan guruhlarga bo‘linadi va har biriga alohida mehnat 
vazifalari beriladi.O‘z navbatida guruh a’zolari ham ayrim-ayrim ish 
operasiyalarini o‘zaro kelishib bajaradilar. Darsni bunday tashkil qilishda 
o‘qituvchi o‘quv materiallari yoki bajariladigan ish obektini hamma uchun 
tushuntira olmaydi, balki har bir guuruh bilan alohida-alohida ishlaydi.
O‘quvchilar ma’lum darajada bilim, malaka bilan qurollangan 
bo‘lganlaridagina bu shakldan foydalansa bo‘ladi. 
9-ilova 
YAkka-yakka o‘qitish shakli

Buning mazmuni shundaki har bir o‘quvchi yoki ko‘pchilik o‘quvchi uchun 
ma’lum vaqt ichida bajariladigan yakka tartibda vazifalar beriladi.Misol uchun: 6-
sinfda yakka tartibda mustaqil ishlar berish mumkin. 
G) O‘qitishning aralash shakli. 
Ayrim o‘qituvchilar tajribasida o‘quvchilarni ishlarini tashkil 
qilishning aralash shaklsini ham uchratish mumkin. Masalan: Bitta guruhdan 
tashqari qolgan o‘quvchilar yalpi ishlashi. O‘qitishni u yoki bu shakllini qo‘llash, 
o‘qitish mazmunidan, o‘quvchilarni bilim va malaka me’yoridan hamda o‘qitish 
metodlarini qaysi biridan foydalanishimizga bog‘liq. o‘qitishni birinchi 
o‘qitishning frontal tashkil qilish, undan keyin guruh shakllari, o‘quvchilar ma’lum 
tayyorgarlik olganlaridan so‘ng yakka-yakka o‘qitish shakllaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 


60 
10 ilova 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin