bozor munosabatlarini shakllantirishda respublikamizning bugungi holati, imkoniyatlaridan kelib chiqib, islohotlarning
maqsadi xalq va davlat munosabatlari tomon yo’naltirildi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishiga imkon beradigan qulay shart-sharoitlari quyidagilardir:
- mamlakatning nihoyatda ko’p boyliklarga ega ekanligi;
- sanoat uchun zarur bo’lgan xom ashyo zahiralarining ko’pligi;
- ishchi kuchlarining mo’lligi;
- O’zbekistonning tabiiy — jo’g’rofiy qulay o’rni;
- mamlakatdagi
ijtimoiy-siyosiy barqarorlik;
Ana shu imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi O’zbekistonning iqtisodiyot sohasida jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib
borishi uchun keng istiqbollar yaratadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida kishilarning mehnatga, mulkka, mehnat mahsuliga
bo’lgan munosabatini o’zgartirish g’oyasi yotadi. Uzoq yillar davomida mehnatga bo’lgan qarashlarda biryoqlamalik
hukm surib keldi. Ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan ijtimoiy mulkchilik — kishilar mehnat faolligining
asosi barcha
ijtimoiy illatlarning bosh sababchisi — xususiy mulkchilik degan noto’g’ri qarash o’zini oqlamadi. Shaxsiy
manfaatdorlikni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina faol mehnat qilish, iqtisodiyotni mafkuraviy maqsadlarga
bo’ysundirish; mehnat raqobati o’rniga soxta musobaqani joriy etish insonning mehnatdan, o’z-o’zidan
va jamiyatdan
begonalashuviga, boqimandalik kayfiyatining shakllanishiga olib keldi. Bu esa jamiyat inqirozini tezlashtirdi.
O’zbekiston sharoitida bozor munosabatlarini shakllantirishda mehnatga, mulkka va insonning o’z-o’ziga bo’lgan
munosabatini tubdan o’zgartirishning nazariy-falsafiy asoslarini ishlab chiqish zarurati vujudga keldi va bu
I.A. Karimov asarlarida o’z ifodasini topdi. Mehnat va mehnatga munosabat sohasida qator yangiliklar joriy etildi.
Mehnatga munosabatda xususiy mulkning o’rni, mulkdorning jamiyat hayotidagi ahamiyati yangicha tushunila
boshlandi. Davlat va jamiyatning kuch-qudrati fuqarolarning tadbirkorligi, boyligi, ishbilarmonligiga bog’liq
ekani
anglab olindi.
Dostları ilə paylaş: