O’zbekiston qonunchiligini xalqaro huquq talablariga muvofiqlashtirish, nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish,
hokimiyatni qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi, sud hokimiyatlariga bo’lish, mamlakat Prezidentini muqobillik asosida
saylash, fikrlar xilma-xilligi va ko’ppartiyaviylik tizimini qaror toptirish, demokratik qadriyatlarni hayotga tatbiq etish,
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib borayotganidan dalolat beradi.
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga kirib borishidagi tajribalarini falsafiy idrok etish va
umumlashtirish
ayniqsa muhimdir. Prezident I.A. Karimovning qator asarlarida yuksak ma’naviyat jamiyat taraqqiyotida muhim omil
ekanligi to’g’risidagi g’oya yangicha falsafiy tafakkurning metodologik asosi, jahon taraqqiyoti tajribalariga
tayanishning yorqin namunasidir. Milliy g’oya va milliy mafkura o’zida mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasiga
qo’shilish nazariyasi, yo’llarini yaqqol aks ettiradi.
O’zbekistonning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilish tajribasi, uning milliy g’oyasi va mafkurasi rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasining muhim xususiyatlarini va
O’zbekistonning tsivilizatsiyali taraqqiyot yo’lidan jahon hamjamiyatiga qo’shilib borishini, milliy g’oya va mafkurani
falsafiy idrok etish talabalarda vatan tuyg’usi, ma’rifatparvarlik, milliy g’urur, burch, masuliyat hissini tarbiyalashga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: