O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


O’zbekistonnning dunyo tsivilizatsiyasiga qo’shiluvining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
Falsafa ma’ruzalar matni

O’zbekistonnning dunyo tsivilizatsiyasiga qo’shiluvining asosiy yo’nalishlari
, mamlakatimiz istiqloli va o’ziga 
xos tadrijiy taraqqiyot yo’lining nazariyasi va amaliyoti I.A. Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot 
yo’li», «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy yo’nalishlari», «O’zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlari, nutq va maqolalarida keng yoritilgan. Bu 
kontseptsiyaning mohiyati nimadan iborat? 
O’zbekistonning milliy jihatdan mustaqil bo’lishi ob’ektiv zaruriy jarayon, ajdodlarimizning azaliy orzusi, o’zbek 
xalqining buyuk tarixiy yutug’idir. Bunda quyidagilar alohida e’tiborga molik: 
- O’zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi; 
- milliy mustaqillik ramzlari bo’lgan davlat bayrog’i, davlat madhiyasi, davlat gerbining qabul qilinishi; 


- milliy davlatchilik demokratik tizimining shakllanganligi; 
- xalqimiz tabiat ato etgan barcha boyliklarga egalik huquqini o’z qo’liga olganligi; 
- milliy armiya va xavfsizlik tizimi yaratilganligi; 
- milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish. 
O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning asosiy tamoyillari Prezident 
I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Bu jarayonning umuminsoniy jihatlari va jahon tsivilizatsiyasiga xos 
tomonlarining amalga oshishi muayyan muddatni talab qiladi. Bu muddatda amalga oshiriladigan barcha ishlar o’tish 
davri zaruratidan kelib chiqadi. 
Mustabid tuzum davrida jahon tsivilizatsiyasidan ajratib qo’yilgan O’zbekiston bu borada ikkita uzviy yo’nalishda 
faoliyat yuritishga majbur bo’lmoqda. Birinchidan, mustaqillikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni tiklash va asrab-
avaylash asosida o’ziga xos va o’ziga mos yo’ldan borish. Ikkinchidan esa, bu jarayonda umuminsoniy qadriyatlarning 
ustuvorligini ta’minlash, jahon tsivilizatsiyasi yutuqlaridan keng foydalanish, demokratik jamiyat qurish vazifalarini 
amalga oshirmoqda. 
Bir qarashda ikki xil yo’lga o’xshab ko’ringan bu taraqqiyot usuli, aslida umumiy jarayonning uzviy bog’liq ikki jihati, 
bir-birini taqozo etadigan tomonlarning dialektikasidir. O’zbekistonning I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan o’ziga 
xos taraqqiyot yo’li quyidagi tamoyillarni nazarda tutadi: 
1) iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; 
2) davlatning bosh islohotchi ekanligi; 
3) qonun ustuvorligi; 
4) kuchli ijtimoiy siyosat; 
5) bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish. 
O’zbekistonning tadrijiy taraqqiyot yo’li ayrim davlatlarning bozor munosabatlariga «shok terapiya»si usuli bilan 
o’tish tajribasidan keskin farqlanadi. O’zbekistonning mustabidlikdan qutulgan dastlabki davrdagi o’ziga xos iqtisodiy 
ahvoli, sobiq Ittifoq davrida o’lkaning xom-ashyo etkazib berishga ixtisoslashishi kabi og’ir meros bilan birga xalqning 
ming yillik tajribasi, undan kelib chiqadigan xulosalar bozor munosabatlariga tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich 
o’tishni taqozo etdi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin