Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/57
tarix30.08.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#141030
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Kalibrlash uskunalari.
Xomashyoni o‗lchamlarga ko‗ra saralash 
uchun barabanli, trosli, valikli-lentali, rolikli, shnekli va boshqa 
kalibrovatellar qo‗llaniladi. 
Universal kalibrlash mashinasi almashinadigan ishchi organlaridan 
tashkil topgan (11.2-rasm). Bu mashina deyarli barcha turdagi meva va 
sabzavotlarni saralaydi. Unda xomashyo besh oqimga kelib tushadi, bu 
esa ish unumdorligining oshishiga sabab bo‗ladi. 
Mashina stanina 1 dan, yuklash qurilmasi 5, saralash kallagi 2, 
xomashyoni mashinadan chiqaruvchi yig‗uvchilar 8 dan va uzatkich 6 dan 
iborat. Saralash kallagida beshta juft bir biri tomon aylanuvchi pog‗onali 
vallar joylashgan. Komplekt har xil o‗lchamli pog‗onali va shnekli 
vallardan iborat. Meva va sabzavotlarning o‗lcham va formasiga qarab 
turlarga saralaydi. Saralash kallagiga xomashyo beshta qiya o‗rnatilgan 
lentali trasportyor 4 ustida joylashgan aylanuvchi to‗kish qurilmasi 3 
yordamida uzatiladi 


46 
 
11.2-rasm. Universal kalibrlash mashinasi 
1-stanina, 2-saralash , 3-to‗kish qurilmasi, 4-transportyor, 5-yuklash 
qurilmasi, 6-uzatgich, 7, 8- yig‗uvchi, 9-lentali transportyor. 
Xomashyoni formasiga nisbatan pog‗onali kichik vallar 18
0
ga 
qiyalatish mumkin, bu bilan mahsulot tushishini ta‘minlaydi.
Saralash kallagidan mahsulot yig‗uvchilar 8 ga tushadi. Yig‗uvchilar 
to‗lgandan so‗ng lentali transportyor 9 dan bir xil o‗lchamli mahsulot
konserva bankalarga yoki yashiklarga kelib tushadi. 
Mashinaning ish unumdorligi 1400 kg/soat. Pog‗anali valiklarning 
aylanish chastotasi 38 ayl/min. Shnekli valiklarning aylanish chastotasi 55 
ayl/soat. Elektrodvigatel quvvati 1 kVt. Gabarit o‗lchamlari 3038 X 1792 
X 2176 mm. Mashina og‗irligi 1190 kg. 
Saralash mashinasining ish unumdorligi (kg/s) 
gz
d
v
Q



/
, (11.4) 
v- trosslarning harakat tezligi. (m/s); 
d- mahsulotning o‗rtacha diametri, m; 
φ- transportyorning ish unumdorligi foydalanish koeffitsiyenti; 
g- mahsulotning o‗rtacha og‗riligi, kg; 
z- tros juftlari soni. 
Shnekli kalibrovatel (11.3-rasm) ikkita qarama-qarshi aylanayotgan 
shneklardan iborat. Shnek o‗ramlari orasidagi masofa bir xil bo‗ladi, val 
diametri esa kichrayadi. Shnekli kalibrovatellarda qattiq mevalarni 


47 
saralash mumkin. Mashinaning ichida shneklar tagida lentali tranportyor 
joylashgan.
11.3-rasm. Shnekli saralash mashinasi. 
Transportyor 10 oqimiga to‗siqlar bilan bo‗lingan. Saralanadigan 
mahsulot o‗lchamiga ko‗ra oqimlardan bittasiga tushadi va transportyor 
orqali olib ketiladi. Val diametri har bir qadamda 5 mm ga kichrayadi
shuning uchun har bir oqimdagi mevalarning o‗lchamlari 5 mm ga farq 
qiladi.
Shnekli saralash mashinasining ish unumdorligi (kg/s) 
Fvp
fvp
P



, (11.5) 
bu yerda 
f, F- mahsulotning mashinadagi ko‗ndalang kesim yuzasi, m
2

v – mahsulotning tushish tezligi, m/s
p- mahsulot zichligi, kg/m
3
φ – to‗lish koeffitsiyenti. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin