65
6.
Cho‗ktirish jarayonini harakatlantiruvchi kuchiga tavsif bering.
7.
Arximed qonunining mohiyati va uni qulashdan ko‗zlaniladigan
maqsadni tushuntirib bering.
17-АMALIY MASHG‘ULOT
COM-3-1000 SEPARATORINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad:
COM-3-1000 separatorining tuzilishi, ish prinsipi va
rostlanishi.
Umumiy ma’lumotlar
Separatorning tuzilishi. Separator qismlari separator qaymoq-
ajratkichdan, sut idishidan,
barabandan, harakatga keltiruvchi mexanizm
va korpusdan iboratdir.
Sut idishi sut qabul qilgichdan, poplavokli kameradan, poplavokdan,
qaymoq va yog‗i olingan sut yig‗ish idishlaridan tuzilgan.
Baraban qismlari quvur o‗rnatilgan
baraban tagidan, tarelka
ushlagichdan, tarelkalardan, ajratkich tarelkadan (rostlagich vinti bilan),
baraban qoplamasidan, qisish gaykasidan iborat.
Harakatga
keltirvchi mexanizm valikdan, bronali shesternyadan,
veretenodan tuzilgan.
Korpusda harakatga keltiruvchi mexanizm joylashgan bo‗lib, pastki
qismidan fundamentga qotirilgan, yuqori qismida baraban joylashgan.
Separatorning ish jarayoni
Separator ishlayotganda sut qabul qiluvchi
idishdan doimiy bosimda
markaziy quvurga tushadi. So‗ng u kanal va tarelkalar o‗rnatilgan o‗zak
teshiklardan tarelkalar paketidagi (yig‗imidagi) uchta vertikal kanallarga,
aylanayotgan baraban tarelkalari orasiga taqsimlanadi va u yerda qaymog‗i
ajrala boshlaydi. Sutning og‗ir qismi bo‗lgan plazma chyotka baraban
qoplamasi devorlari tomon harakatlanadi.
Sutdagi yog‗ shariklari markazga intilish tezligi bilan aylanish o‗qi
markazga harakatlanadi va suzib chiqadi.
66
Sozlovchi vint buralganda oqib chiqayotgan
qaymoqning bosimi va
oqib chiqishi tezligi kamayadi. Natijada qaymoqning chiqishi kamayadi.
Bu qaymoqning yog‗lilik darajasi ko‗pligidan bo‗ladi. Qaymog‗i olingan
sut ajratish tarelkalari va baraban qoplamasi orasidan o‗tib barabandan
chiqarish kanali orqali chiqariladi.
Separator sut tozalagich barabanida ustida
zichligi sut zichligidan
katta bo‗lgan aralashmalar markazdan qochma tozalash usuli bilan
bajariladi. Bu holda tarelkalarda teshiklar bo‗lmaydi, diametrlari esa
qaymoq ajratgich tarelkalaridan kichik bo‗ladi. Har bir tarelkaga 6
tadan
planka payvandlangan.
Sut poplavokli kameradan baraban negizidagi sut trubkasiga, u orqali
tarelka yig‗gich kanallaridan iflos yig‗ish kamerasiga o‗tadi. Iflos yig‗ish
kamerasida tozalash protsessi boshlanadi, u tarelkalar oralig‗ida
tamomlanadi. Tozalangan sut tarelka yig‗uvchi tashqi kanallar orqali
ko‗tariladi va kanal 4 orqali barabandan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: