Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/57
tarix30.08.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#141030
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
Elektr xo‘jaligi. 
Elektr xo‗jaligiga elektr - kuch va elektr yoritish 
jihozlari, transformator podstansiyalari, elektr tarmoqlari, elektr motorlar
avtomatlashtirish va signalizatsiya asboblari kiradi. Elektr xo‗jaligi 
tarkibiga, shuningdek, zavod ichki transporti elektr akkumulyatorlariga va 
kuchsiz tokli (60 V) elektr xo‗jaligiga zavod ichki aloqasi va 
radioeshittirish uchun ishchi tarmog‗ini qo‗shib xizmat ko‗rsatish uchun 
mo‗ljallangan akkumulyator uchastkalari kiradi. 
Korxonaning elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoji (yiliga, oyiga, 
sutkasiga) mahsulot ishlab chiqarish reja topshirig‗i (elektrlashtirilgan 
ishlar), texnologik va harakatlantirish maqsadlari uchun energiya sarflash 
solishtirma me‘yorlari, maishiy maqsadlar va yoritish uchun elektr 
energiya sarflash mo‗ljalidan kelib chiqib aniqlanadi.
Yoritish va shamollatish uchun elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoj 
o‗rnatilgan asboblarning quvvati va ularning ishlash soatlari soniga 
muvofiq 
rejalashtiriladi. 
Shularga 
muvofiq 
zarur 
miqdordagi 
transformatorlar, elektr motorlar, elektr tarmog‗ining uzunligi va boshqa 
elektr jihozlariga bo‗lgan ehtiyojlar belgilanadi. 
Elektr energiya tannarxiga uning belgilangan tariflar bo‗yicha qiymati, 
transformator podstansiyasining o‗rnatilgan quvvati uchun to‗lovlar, elektr 
xo‗jaligiga xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash va saqlash bo‗yicha harajatlar, 
elektr xo‗jaligi ishchilarining asosiy va qo‗shimcha ish haqi ijtimoiy 
ehtiyojlar uchun ajratmalari bilan, elektr xo‗jaligi asosiy vositalari 
qiymatidan amortizatsiya ajratmalari kiradi. 


58 
Kalkulyatsiya birligi sifatida elektr energiya tannarxini hisoblashda 1 
kVt-soat qabul qilingan. 
Kompressor xo‘jaligi s
ovitkichni va texnologik sexlarni siqilgan 
havo va sun‘iy sovuqlik bilan ta‘minlash uchun kompressor sexiga ega. 
Qishloq xo‗jalik mahsulotini qayta ishlash korxonalarida kompressor 
xo‗jaligining asosiy ko‗rsatkichi sovuqning tannarxidir. Bu tannarxga 
Xomashyo va asosiy materiallarga, suv va elektr energiyaga qilingan 
harajatlar, kompressor qurilmalari mashinistlarining ish haqi ijtimoiy 
ehtiyojlar uchun ajratmalari bilan, amortizatsiya harajatlari va kompressor 
sexiga xizmat ko‗rsatish va boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa 
harajatlar 
kiradi. 
Sovuqlikning 
tannarxini 
hisoblash 
uchun 
kalkulyatsiyalash birligi bo‗lib Gkal xizmat qiladi. 
Sovuqlik sarfini rejalashtirish ishlab chiqarish rejasi va mahsulotlarni 
sovitish, muzlatish va sovitkichda saqlash harajatlarining solishtirma 
me‘yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Elektr 
xo‗jaligi 
ishining 
sifatini 
tavsiflovchi 
eng 
muhim 
ko‗rsatkichlarga mahsulot birligiga yoqilg‗ining solishtirma sarfi va 
issiqlik birligining (masalan, 1t bug‗ning) tannarxi; mahsulot birligiga 
elektr energiya sarfining solishtirma me‘yori, kosinus fi (CosF) va 1 kVt-
soat elektr energiyasining tannarxi kiradi (agar elektr energiyasi xo‗jalik 
usuli bilan olinayotgan bo‗lsa). 
Qayta ishlash korxonasining umuman va har qaysi texnologik 
bo‗limning to‗xtovsiz ishlashini ta‘minlash uchun ma‘lum miqdordagi 
sovuq va issiq suv, but, sovuqlik, elektr energiyasi, ayrim hollarda esa 
siqilgan havo va gazga ega bo‗lishi kerak, bular me‘yorlar bo‗yicha ham, 
tanlangan texnologik jihozlar bo‗yicha ham hisoblanadi. 
Suv miqdori (m
3
yoki l) quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
Q
=
n
i
q


m
i
(1 5 .1 )
bu yerda q
i
- mahsulot birligiga suv sarflash me‘yori,
m
i
- ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori. 


59 
O‗rnatilgan jihozlar bo‗yicha suv sarfini quyidagi formula bo‗yicha 
hisoblash mumkin: 
Q =
 
q
s
·A-t,

(15.2) 
bu yerda q
s
 - 
solishtirma suv sarfi me‘yori; 
A - jihozning unumdorligi, t/soat; 
t - smenada jihozlangan ishlash davomiyligi, soat. Jihozning smenada 
ishlash davomiyligi jihozning ishlash grafigi yordamida aniqlanadi. Bu 
grafik bo‗yicha elektr energiyasi, bug‗, issiq va sovuq suv, siqilgan havo 
va hokazolarning soatlik sarfini osongina aniqlash mumkin. Korxona 
texnologik jarayonlari va jihozlarning ish grafigini ishlab chiqish uchun 
sut va go‗shtni qayta ishlash korxonalarini texnologik loyihalash uchun 
berilgan tavsiyalardan foydalanish zarur. 
Bug‗ miqdori me‘yorlaridan kelib chiqib (15.1) va (15.2) tenglamalar 
bo‗yicha aniqlanadi. 
Sovuqlikning soatlik sarfini (kJ\soat) quyidagi formuladan topish 
mumkin: 
Q
x
= G
M

C (t
b
-t
o
) + q,

(15.3) 
bu yerda G
M
- sovitish zarur bo‗lgan mahsulot miqdori, kg/soat; 
S - sovitiladigan mahsulotning issiqlik sig‗imi (masalan sut uchun S-
3,95 kJkg-C); 
T
b
va t
o
- mahsulotning boshlang‗ich va oxirgi harorati, °C; 
q - sovuqlikning atrof-muhitga yo‗qolishi, kJ

soat (sut sovitkichlar 
uchun 5-10 dan deb qabul qilish mumkin. 
Elektr energiyaga bo‗lgan ehtiyojni (kVt soat) me‘yorlar bo‗yicha
(1-jadvaldan), shuningdek, elektr iste‘molchilarning quvvati va ularning 
ishlash davomiyligi bo‗yicha hisoblash mumkin: 
P=


n
i
i
N
1

t
i
, (15.4) 
bu yerda N - elektr iste‘molining quvvati, kVt; t - ishlash davomiyligi, soat 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin