56
15-AMALIY MASHG‘ULOT
KONSERVA ISHLAB CHIQARISHDA ENERGETIKA
XO‘JALIGINI TASHKIL ETISH
Ishdan maqsad:
Korxonalarda energetik resurslar sarfini hisobiy
aniqlashni o‗rganish.
Umumiy ma’lumotlar
Sanoat korxonalarining butun xo‗jalik faoliyatini amalga oshirish juda
ko‗p miqdorda elektr energiya, issiqlik, sovuqlik, siqilgan havo va boshqa
turdagi energiyalarni iste‘mol qilish bilan bog‗langan.
Energiyaning
hamma turlari bilan ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlash uchun
korxonalarda energetika xo‗jaligi mavjud bo‗lib, uning tarkibiga issiqlik,
elektr va kompressor xo‗jaligi kiradi.
Oziq - ovqat va qayta ishlash korxonalarida issiqlik xo‗jaligiga
yonilg‗i xo‗jaligi, bug‗
- qozon qurilmalari, ishlab chiqarish pechlari,
ekonomayzerlar, quritgichlar, ichki yonuv dvigatellari
va gaz generator
qurilmalari kiradi.
Issiqlik xo‘jaligi
korxonani bug‗ va issiq suv bilan ta‘minlaydi.
Korxonalarning ko‗pchiligida buning uchun qozon qurilmalari issiqlik
tarmoqlari bilan birga qo‗llanadi. Qozon qurilmasining quvvati va bug‗
qozonlari soni ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq ravishda belgilanadi.
Qozonxonalar ishlashi uchun turli yoqilg‗ilar: qattiq (ko‗mir, torf, yog‗och
o‗tin), suyuq (mazut) va gazsimon (tabiy gaz) yoqilg‗ilar ishlatiladi.
Issiqlik xo‗jaligini tashkil etish samaradorligi ishlab chiqarilayotgan
bug‗ning tannarxi va mahsulot birligi ishlab
chiqarish uchun issiqlik
energiyasi sarflash bilan tavsiflanadi. Bug‗ning tannarxiga yonilg‗i, suv,
yordamchi
materiallarga
qilingan
harajatlar,
qozon
qurilmalari
xodimlarining ish haqi ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalari bilan, elektr
energiyaga harajatlar, issiqlik xo‗jaligi jihozlarini saqlash, ishlatish va
amortizatsiyalash bilan bog‗liq bo‗lgan harajatlar kiradi. Kalkulyatsiyalash
birligi 1 mgkal bug‗ bo‗ladi.
Issiqlik energiyasini chetdan oladigan
korxonalarda tannarx shu
energiyaning qiymati, bug‗ quvurlarini ishlatish va ta‘mirlash uchun
materiallar va zaxira qismlar qiymati, issiqlik sexlari ishchilarining asosiy
57
va qo‗shimcha ish haqi ajratmalari bilan va issiqlik xo‗jaligining boshqa
harajatlari kiradi.
Suv
korxonaga
o‗zining vodoprovodidan
yoki kommunal
vodoprovoddan berilishi mumkin. O‗zining vodoprovodidan foydala-
nilganda suvning tannarxiga artezian quduqlarini,
jihozlarni, suv
omborlarini va magistrallarni saqlash va joriy ta‘mirlash harajatlari kiradi.
Kommunal vodoprovoddan suv bilan ta‘minlanganida suvning tannarxi
suvning tarif bo‗yicha qiymatidan, oqova
suvlarni tozalash qiymati,
vodoprovod va kanalizatsiyani saqlash, ta‘mirlash va xizmat ko‗rsatish
bo‗yicha harajatlardan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: