68
Ish davrida qaymoq yog‗liligi sozlovchi vint yordamida aniqlanadi.
Separator ishlatilib bo‗lingach, uni tozalash kerak. Buning uchun 2-3 kg
yog‗i olingan sut seperatordan qayta o‗tkaziladi.
Separatorni qismlarga ajratish ularni qarama-qarshi tomonga burash
orqali amalga oshiriladi. Baraban qismlarga ajratilgach 30-45
0
C suv bilan,
keyin 0,5% dazmol qorishmasi bilan yuviladi, so‗ngra iliq suv bilan
chayilib quritiladi. Baraban va sut idishlari zanglamaydigan joyga
qo‗yiladi.
Separator yaxshi, ko‗p muddat ishlashi uchun uning aylanuvchi
qismlari moylab turiladi. Moyi esa har 3 oyda almashtirib turiladi.
Nazorat savollari
1. Separator barabani qanday tuzilgan va tarelkalar oralig‗ida qaymoq
qanday qilib ajraladi?
2. Qaymoq yog‗liligi qanday aniqlanadi?
3. Separatorda harakatlanuvchi uzatmalar qanday tuzilgan?
4. Ishchi tarelkalar qanday mahkamlanadi?
5. Qaymoq ajratgich va sut tozalagich barabanlarining ish jarayonida
farq qiladigan xususiyatlar nimadan iborat?
18-AMALIY MASHG‘ULOT
FILTRLASH JARAYONINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad:
Filtrlarning tuzilishi, turlari, ishlash prinsipi va
hisoblashni o‗rganish.
Dostları ilə paylaş: