navkarlar mash‟al-larini boshlari uzra baland ushlab turishar, sersoqol yuzlari chala- chulpa ko`rinardi. 4. Ayvondagi o`choq oldida o`tirgan ayol o`rnidan turdi-da, hovliga yuz o`girdi. (P.T.) SO‗Z YASALISH TAHLILI So‗z yasalishi tilshunoslikning mustaqil bo‗limlaridan biri bo‗lib, yangi so‗z hosil
qilish, uning qonun-qoidalari, usullari kabilar bilan shug‗ullanadi. So‗z
yasalishi
tahlilida berilgan so‗z qanday yasalgan, so‗z yasovchi morfemalar va boshqa vositalar
qanday tartibda birikkan ekanligi aniqlanadi. So‗z yasalishi tahlilida so‗ zasos va
yasovchilarga bo‗lib qaraladi.
So‗z yasalishi tahlili tartibi 1.
So‗z yasalishi usuli
2.
Yasovchi asos va uning harakteri
3.
Yasama so‗z va so‗z yasovchi affikslar
So‗z yasalishi tahlili namunasi Bemazagarchilik: yasalish usuli affiksatsiya, bemaza asosidan – garchilik affiksi
yordamida yasalgan ot. – garchilik – murakkab affiks. Yasash asosi bemaza so‗zi ham
yasama bo‗lib, maza otiga sifat yasovchi be- affiksini qo‗shilishidan hosil bo‗lgan. Olib
bormoq: yasalish usuli kompozitsiya. Yasalma – fe‘l+fe‘l ko‗rinishida yasalgan qo‗shma
fe‘l. Yasalmaning ma‘nosi har ikki qismning ma‘nolarining yig‗indisidan kelib chiqadi.
7-mashq. Yasama so‘zlarni aniqlab, tahlil qiling. 1. Uning Asadbek bilan yaqinligi, garchi do`stlik libosida ko`rinsa-da, aslida odam
bolasiga xos samimiylikdan yiroq, faqat bir maqsad yo`lidagi majburiy birlashuv
edi.(T.Malik) 2. Shu choq Bektemir so`l tomonda, pastlikda, o`nlab jangchilarimizning
oldinga qarab yugur-ganini ko`rdi.(O.) 3. Ko`pdan beri kutgan, ammo shu lahzada
20
ro`yobga chiqi-shidan bexabar quvonchdan Ummatali shoshib qoldi.(Sh.) 4. Shu asnoda
yumaloq, xushchaqchaq, mirishkor, vazifashunos dehqon katta tarvuzni qorniga qo`yib
kirib keldi.(O.)