1
(O‗quv-uslubiy qo‗llanma )
2
Ismoil Davletov ―Lingvistik tahlil‖. O‗quv – uslubiy qo‗llanma. Mas‘ul muharrir
S.S.Ro‗zimboyev
. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Urganch davlat universiteti.
Mazkur o‗quv-uslubiy qo‗llanma oily o‗quv yurtlarining bakalavriat yo‗nalishi
uchun mo‗ljallangan bo‗lib, ―Hozirgi o`zbek tili‖ fani bo‗yicha o‗tkaziladigan amaliy
mashg‗ulotlar samaradorligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
Mas‘ul muharrir: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.S.Ro‗zimboyev.
Taqrizchilar: A.I.Primov
I. Hajieva
3
Mavzu: Lingvistik tahlil haqida, uning
turlari.
Reja:
1. Linvistik tahlil haqida
2.Lingvistik tahlil talabalar bilimini mustahkamlashdagi asosiy usullardan biri ekanligi.
3.Lingvistik tahlilning turlari: og‗zaki va yozma tahlil; to‗liq va to‗liqsiz tahlil.
Lingvistik tahlil nazariy bilimlarni sistemali o‗rganishning eng yaxshi usullaridan
biridir. Tahlil jarayonida til faktlari haqidagi nazariy ma‘lumotlar, grammatikaning qonun-
qoidalari aniq misollardan amaliyotga tadbiq qilinadi. Bu jarayonda talaba til faktlarining
nazariy asoslarini puxta egallashga intiladi.
Lingvistik tahlil talabada bilimni amalda ishlata bilish malakalarini hosil qiladi.
Talaba lingvistik tahlil jarayonida tilning aniq bir hodisasiga bog‗liq holda, nazariy
darslarda olingan bilim, qoidalar ustida mustaqil mushohada qiladi, o‗z ongida ularni qayta
ishlab chiqadi. Bu esa bu hodisalar mazmunini ochuvchi fikrlarning talaba xotirasida uzoq
saqlanib qolishini ta‘minlaydi. Faqat tahlil orqaligina ayrim murakkab til hodisalarini
mohiyatini yaxshiroq anglash mumkin.
Lingvistik tahlil morfologiya va sintaksis bilan bir qatorda fonetika, leksikologiya,
so‗zning morfem tarkibi, so‗z yasalishi kabi sohalar o‗tilayotganda shularga aloqador
lingvistik hodisalar yuzasidan uyushtiriladi.
Lingvistik tahlilni til hodisalarini qamrab olish chegarasiga qarab to‗liq va to‗liq
bo‗lmagan tahlil deb ikkiga ajratish mumkin.
Tilshunoslikning biror tarmog‗i yuzasidan o‗tkaziladigan to‗liq tahlil biror bir katta mavzu
o‗tib bo‗lgandan keyin o‗tkaziladi. Masalan, to‗liq fonetik tahlil fonetikadan berilgan
hamma mavzular o‗rganib bo‗linganda o‗tkaziladi.
To‗liq tahlilda oraliq nazoratlarda va yakuniy nazoratlarda foydalansa bo‗ladi. To‗liq
bo‗lmagan tahlil ma‘lum bir tarmoqning ayrim mavzulari yuzasidan o‗tkaziladi.
Masalan: «Fe‘l haqida ma‘lumot», «To‗liqli va to‗liqsiz fe‘llar» mavzulari
o‗tilgandan so‗ng to‗liq bo‗lmagan tahlil o‗tkaziladi. Bunda diqqat uch narsaga qaratiladi.
Fe‘l, bo‗lishli fe‘l, bo‗lishsiz fe‘l. Bundan keyingi tahlil darslarida e‘tibor qaratilgan
masalalar miqdori olib boraveradi, ya‘ni o‗imli va o‗timsiz fe‘llar, fe‘l nisbatlari, fe‘l
zamonlari. Fe‘llarning yasalishi, fe‘lning vazifadosh shakllari kabi.
Lingvistik tahlil oldiga qo‗yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
1. Ilmiylik prinsipi, 2. Ma‘lum sxema asosida ish ko‗rish prinsipi, 3. Bir tur tahlilni
boshqa tur tahlil bilan aralashtirib yubormaslik prinsipi, 4. Tahlilni izchil o‗tkazib berish
prinsipi
Dostları ilə paylaş: |