O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Undoshlar tasnifi
. Bunda o‘zbek tili konsonantizmi tizimiga xos asosiy fonologik 
jihatlar – artikulatsiya o‘rni (tovushning fokusi), artikulatsiya usuli va jarangli- jarangsizlik 
belgilari hisobga olinadi, shu belgilarni shakllantirishda ishtirok etadigan fizik-akustik va 
anatomik-fiziologik omillarga tayaniladi. Bunday tasnif quyidagi tartibda berilishi 
mumkin:
I. 
Artikulatsiya o‘rniga ko‘ra. 
Bunda nutq apparatining qaysi a‘zosi faol ishtirok 
etayotganligi va apparatning qaerida to‘siq (fokus) hosil qilinishi nazarda tutiladi. Bu 
jihatdan tovushlar labial, til va bo‘g‘iz undoshlariga bo‘linadi:
1.Labial undoshlar-ikki lab orasida yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasida hosil 
qilinadigan tovushlar. Ular ikki turga bo‘linadi: a) lab-lab (bilabial) undoshlar-p,b,m,v; b) 
lab-tish undoshi-f. 
IZOH:
lab-lab "v" undoshi 
ov,suv,qovun,sovuq 
kabi turkiy so‘zlarda ko‘proq 
ishlatiladi. Bu tovushning lab-tish "v" dan o‘sib chiqqanligi, lab-tish "v"ning esa b,g‘,g 
undoshlarida sodir bo‘lgan o‘zgarish asosida shakllanganligi haqida ma‘lumotlar bor
(29,51-b; 18,63-64-b.).
31
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi lab-tish "v" yuqorida keltirilgan 
turkiy "v" ning o‘zi emas, u etimologik jihatdan boshqa til birligidir, chunki bu tovush 
o‘zbek tiliga arab va rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qo‘llanadi; 
vatan 
(arab.), 
vaqt
(arab.)
 
31
 Yana qarang: Щербак А.М. Грамматический очерк языка тюркских текстов X-XIII вв. из Восточного 
Туркестана.- Москва-Ленинград, 1961, 46-47-б. Рясянен М. Материалы по исторической фонетике тюркских 
языков. –Москва, 1955. 
 



va‘da 
(arab.), 
vagon
(rus.), 
aviatsiya 
(rus.) kabi.Shunga ko‘ra lab-tish «v»ni lab-lab 
«v»ning fakultativ varianti deb qarash to‘g‘riroq bo‘ladi. 
2.Til undoshlari - tilning faol ishtirokida hosil bo‘ladigan undosh fonemalar. Ular 
tovush fokusi qayerda hosil bo‘lishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:1) til oldi 
undoshlari: a) til oldi-apikal (alveolar) undoshlari –t,d,s,z,l,n. Bu undoshlar 
artikulatsiyasida tilning uchi yuqori milkka yaqinlashadi (s,z) yoki unga taqalib, to‘siq 
hosil qiladi (t,d,l,n); b) til oldi-tanglay (kakuminal) undoshlar- sh, j, ch, j(dj), r. Bu 
undoshlar artikulatsiyasida tilning uchi yuqoriga ko‘tarilib, bir oz bukiladi, natijada to‘siq 
milkda emas, qattiq tanglayning old qismida (milkka yetmay) paydo bo‘ladi. Sh,j,ch,j(dj) 
undoshlari artikulatsiyasida ikkinchi fokus-tilning orqaroq qismi bilan yumshoq tanglay 
orasida yuzaga keladigan to‘siq ham ishtirok etadi, shunga ko‘ra sh,j,ch,j(dj) undoshlari 
ikki fokusli fonemalar sanaladi; 2) til o‘rta undoshi (palatal undosh)-y. Bu undosh 
talaffuzida tilning o‘rta qismi qattiq tanglay tomon ko‘tariladi, fokus shu ikki a‘zo 
oralig‘ida shakllanadi; 3) sayoz til orqa undoshlari - k,g,
η
. Bu undoshlarning talaffuzida 
tilning orqa qismi yumshoq tanglayga tegib, to‘siq (fokus) hosil qiladi; 4) chuqur til orqa 
undoshlari- q,g‘,x. Bu undoshlarning talaffuzida tilning eng orqa qismi (ildizi) kichik tilga 
tegib, to‘siq(fokus) hosil qiladi, shunga ko‘ra ular
 uvular undoshlar
deb ham ataladi (1, 
64-b.). 
3.Bo‘g‘iz undoshi (faringal undosh)-h. Bu undoshning talaffuzida havo oqimi 
bo‘g‘iz va halqumdan ishqalanib o‘tadi. 
II. 
Artikulatsiya usuliga ko‘ra.
Bunda o‘pkadan kelayotgan havo oqimining 
to‘siqdan (fokusdan) qay tarzda o‘tishi nazarda tutiladi. Bu belgisiga ko‘ra undoshlar 
hozirgi o‘zbek tilida quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1.Portlovchilar - havo oqimining to‘siqdan portlab o‘tishidan hosil bo‘luvchi 
undoshlar. Bularga b,g,d,k,p,t,q fonemalari kiradi. Bu undoshlarning talaffuzida nutq 
apparatidagi ikki a‘zo bir-biriga tegib, havo yo‘lini to‘sadi, natijada portlash yuz beradi. 
2.Qorishiq portlovchilar (affrikatalar) - ch,j(dj). Bu undoshlar artikulatsiyasining ish 
holati ikki xil kechadi: bitta fokusning o‘zida portlash va sirg‘alish jarayonlari sodir 
bo‘ladi- artikulatsiya portlash bilan boshlanib, sirg‘alish bilan tugaydi.
 
3.Sirg‘aluvchilar - v,j,z,y,l,s,f,x.sh,g‘,h. Bu undoshlarning talaffuzida nutq 
apparatidagi ikki a‘zo bir-biriga juda yaqinlashadi, ammo jipslashmaydi: havo oqimining 
sirg‘alib o‘tishi uchun oraliq qoldiriladi.
 
4.Yumuq fokusli burun tovushlari (ruscha:смычно-носовые согласные ). Bu 
guruhga m,n,
η
undoshlari kiritiladi: a) "m" ning artikulatsiyasida ikkala lab orasida yuzaga 
kelgan to‘siq havo yo‘lini yopadi (yumuq fokus yuzaga keladi), natijada, havo oqimi 
to‘siqqa urilib, orqaga qaytadi va burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib o‘tadi (bunda burun yo‘li 
ochiq holatda bo‘ladi); b)"n" ning artikulatsiyasida til uchi bilan milk orasida havo yo‘li 
yopiladi, orqaga qaytgan havo oqimi (un bilan birga) burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib o‘tadi: 
d) "ng"ning artikulatsiyasida tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasida havo yo‘li 
yopilib, burun bo‘shlig‘ida sirg‘alish kechimi sodir bo‘ladi. 
IZOH: m,n,
η
undoshlari artikulatsiyasida portlash o‘ta kuchsizlanadi, bunga havo 
oqimining to‘siqqa urilib, orqaga qaytishi va burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib o‘tishi sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun adabiyotlarda bu tovushning artikulatsiya usuli har xil 
baholanmoqda: "portlovchi-sirg‘aluvchilar","portlovchilar" , "sirg‘aluvchilar" (16,25-
b.), «burun (nazal) undoshlari» (1,118-bet) kabi. 
5.Titroq undosh - "r". Bu undoshning talaffuzida tilning uchi qattiq tanglayning old 
qismi tomon ko‘tariladi va havo zarbidan titraydi, havo oqimi tebranadi. 



III. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin