O‗quv-uslubiy qo‗llanma


Orfografiya prinsiplari –



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Orfografiya prinsiplari – 
orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bo‘lgan 
tamoyillar. Ularning quyidagi turlari bor:
1.
Fonetik prinsip.
Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra so‘z yoki so‘z 
shakllari talaffuzdagi ko‘rinishiga mos ravishda yoziladi. Masalan, tojik tilidagi 
tanur
so‘zining o‘zbek tilida 
tandir 
deb, ruscha 
щetka
so‘zining esa 
cho‘tka 
deb yozilishi shu 


11 
so‘zlarning o‘zbek tilidagi talaffuz me‘yorlariga (fonetik prinsipga) asoslanadi. 
Shuningdek, ek+gan, ek+guncha kabi so‘z shakllari ham o‘zbek yozuvi imlo qoidalariga 
ko‘ra 
ekkan, ekkuncha 
deb (talaffuziga mos tarzda) yoziladi. 
Quyidagi holatlarda ham fonetik prinsipga amal qilinadi: 
a) ayrim otlarga egalik affiksi qo‘shilganda: 
burun>burni, ko‘ngil>ko‘nglim, 
og‘iz>og‘zing, o‘g‘il>o‘g‘lim 
kabi; 
b)ayrim sifatlardan fe‘l yasalganda: 
ulug‘>ulg‘aymoq, sariq>sarg‘aymoq
kabi; 
d)
qotmoq, 
achimoq, 
isimoq
fe‘llaridan 
sifat 
yasalganda: 
qot(moq)>qattiq, 
achi(moq)>achchiq, isi(moq)>issiq
kabi; 
e)
son, ot, yosh, ong 
so‘zlaridan fe‘l yasalganda: 
son>sana, ot>atamoq, 
yosh>yashamoq, ong>anglamoq
kabi; 
f)
ikki, yetti
sonlariga "-ov" affiksi qo‘shilganda: 
ikki>ikkov, etti>ettov
kabi; 
g) "-a" yoki "-ya" bilan tugagan fe‘llarga "-v" yoki "-q" qo‘shilib ot yasalganda: 
tanla>tanlov, sana>sanov, so‘ra>so‘roq, bo‘ya>bo‘yoq, sayla>saylov 
kabi. 
Orfografiyaning fonetik prinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va 
imlo qoidalarining o‘zlashtirilishini ham osonlashtiradi. 
2
.Fonematik prinsip.
Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra harflar (yoki 
grafemalar) so‘z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanadi. Chunonchi
kitob, omad
so‘zlarining oxiridagi "b" va "d" fonemalari jarangsiz "p" (
kitop
) va jarangsiz "t" (
omat

tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda "b" (
kitob
) va "d" 
(omad) harflari bilan yoziladi. 
O‘zbek tilshunosligida «fonematik prinsip» tushunchasi XX asrning oxirrog‘ida 
qo‘llana boshlandi, bungacha u morfologik prinsip bilan bir hodisa sifatida izohlanib 
kelingan. Rus tilshunosligida yozuvning fonemaga tayanishi haqidagi dastlabki fikr 1928-
yilda N.F.Yakovlev tomonidan aytilgan edi, ammo u bu fikrni orfografiyaga nisbatan 
emas, yozuvning o‘ziga nisbatan bildiradi. Orfografiyaga nisbatan bu fikr birinchi marta 
1930-yilda R.I.Avanesov va V.N.Sidorovlar tomonidan bildiriladi: ular imloning bu 
tamoyilini 
fonologik prinsip
deb atashadi.
Rus tili imlosining fonematik xarakteriga oid nazariya esa dastlab I.S.Ilyinskaya va 
V.N.Sidorovlarning maxsus maqolasida ancha keng yoritilgan. Keyinroq bu prinsip 
A.A.Reformatskiy tomonidan shunday ta‘riflanadi: «Yozuvning fonematik prinsipi 
shundan iboratki,unga ko‘ra har bir fonema qaysi pozitsiyada qo‘llangan bo‘lishidan qat‘i 
nazar o‘ziga biriktirilgan harf bilan ifodalanadi». 
3.
Morfologik prinsip yoki analogiya prinsipi.
Bu prinsip asosida tuzilgan imlo 
qoidalari so‘zning ma‘noli qismlarini (o‘zak va affiksal morfemalarni), ular qanday 
talaffuz qilinishidan qat‘i nazar, asliga (tipik shakliga) mos ravishda yozishni talab qiladi. 
Chunonchi, "g" bilan boshlangan "-ga", "-gan", "-gani", "-guncha" qo‘shimchalari 
"sh","t","p", "s" kabi jarangsiz undoshlar bilan tugagan o‘zaklarga qo‘shilganda "-ka", "-
kan", "kani", "-kuncha" shakllarida talaffuz qilinsa-da, morfemalarning asl shakllariga mos 
ravishda "-ga", "-gan", "-gani", "-guncha" yoziladi. Qiyos qiling: 
ishga (
yozuvda
) – 
ishka (
talaffuzda
), ketgan (
yozuvda
) – ketkan (
talaffuzda
), ketguncha (
yozuvda
) – 
ketkuncha (
talaffuzda
), topgan (
yozuvda
) – topkan (
talaffuzda
), misga (
yozuvda
) – miska 
(
talaffuzda

kabi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin