O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Fonetik tahlil. 
Reja 
1 Fonetik tahlil.
2.Fonetik tahlilda e‘tibor beriladigan fonetik hodisalar. 
3. Adabiy fonemalar sistemasi, tovush va fonema. 
4.So‗zning fonetik qurilishi. 
5.Bo‗g‗in va urg‗u. 
Universitet dasturiga binoan talabalar o‗zbek adabiy tili fonetikasi yuzasidan ancha 
keng nazariy bilimga ega bo‗ladilar: adabiy tilning fonemalar tizimi, fonema va tovush 
orasidagi munosabat, so‗zning fonetik qurilishi, unli va undosh fonemalar, bo‗g‗in 



tuzilishi, urg‗u, nutqning fonetik bo‗linishi, nutq tovushlarining hosil bo‗lishi, nutq 
organlari, ularning vazifasi kabilar bilan chuqurroq tanishadilar. 
O‘zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi: 
1. Lablarning ishtirokiga ko‘ra: a) lablashgan unlilar (u,o‘,o). Bu unlilarni talaffuz 
qilishda lablar doira shaklida bir oz cho‘ziladi; b) lablashmagan unlilar (i,e,a). Bu unlilarni 
talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho‘zilmaydi. Tasnifning bu turi
fonologik sistemadagi "lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi" talablaridan kelib chiqadi. 
2.Tilning vertikal harakatiga ko‘ra: a) yuqori tor unlilar (i,u). Bu unlilarni talaffuz 
qilishda og‘iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo‘ladi; b) o‘rta keng 
unlilar (e,o‘). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz o‘rta darajada ochiladi, til bilan qattiq 
tanglay orasi ham o‘rtacha kenglikda (yuqori ko‘tarilish bilan quyi ko‘tarilish orasida) 
bo‘ladi; d) quyi keng unlilar (a,o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz keng ochiladi, til 
bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo‘ladi. Tasnifning bu 
turi fonologik sistemadagi "tilning uch darajali ko‘tarilishi" oppozitsiyasiga asoslanadi. 
3.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra: a) old qator unlilar (i,e,a). Bu unlilarni 
talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho‘ziladi); 
b)orqa qator unlilar (u,o‘,o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki 
tishlarga tiralmaydi (demak, bir oz orqaga tortilgan bo‘ladi). 
Tasnifning birinchi va ikkinchi moddalaridagi belgilar (lablanish-lablanmaslik, 
tilning yuqori, o‘rta va quyi ko‘tarilishiga asoslangan alomatlar) fonemalarning fonologik 
xususiyatlarini ifodalaydi. Uchinchi moddadagi belgi (yotiq harakatdagi alomatlar) esa 
o‘zicha fonologik rol o‘ynamaydi, chunki tovushlarning old qator yoki orqa qator bo‘lishi 
lablarning ishtirokiga va turli kombinator omillar ta‘siriga bog‘liq: lablanmaslik tilning 
tish tomon siljishini, lablanish esa tilning tishdan orqaga tortilishini taqozo qiladi. Demak, 
old qator (i,e,a,) va orqa qator (u,o‘,o) unlilarining fonologik xususiyati lablar ishtirokisiz 
namoyon bo‘lmaydi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin