Topshiriq. Quyidagi matndagi so`zlarni fonetik tahlil qiling
1. Zohid Mahmudov Ehsonovni so`roqqa chaqirishga chaqirdi-yu, keyin to`g`ri qildimmi, deb boshi qotdi.(T.Malik) Mavzu: Orfografik tahlil .
Reja:
1. Orfografik tahlil.
2.Uning talabalar bilimini mustahkamlashdagi roli. 3.Orfografik savodxonlik.
4. Orfografiyaning grammatika bilan bog‗liqligi.
5.Amaldagi imlo va kirill yozuvidagi imlo farqlari.
Universitetlarning filologiya fakultetlari talabalari uchun orfografik tahlil ham
nihoyatda muhim hisoblanadi. U talabalarda orfografik teranlik ko‗nikmalarini hosil
qilishda, orfogrammalarni osonlik blan ajrata bilish qobiliyatini tarbiyalaydi. Orfografik
tahlil talabalarning hozirgi zamon o‗zbek adabiy tili orfografiyasi bo‗yicha olgan
bilimlarini to‗ldirish va mustahkamlashda g‗oyat katta ahamiyatga egadir.
Orfografiya (grek. Orthos- "to‘g‘ri" + grapho- "yozaman") yozuv sistemasining
ikkinchi komponenti bo‘lib, u to‘g‘ri yozish me‘yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan
tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari
grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa
ma‘lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi,
odam so‘zida
"d" ning yozilishi "d" grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli
bu so‘zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi.
Savod so‘zida esa boshqacharoq
holatga duch kelinadi: so‘z oxiridagi "d" jarangsiz "t"ga o‘tadi (
savot tarzida talaffuz
qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin:
savod (fonematik prinsip asosida) –
savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me‘yor (orfogramma) qilib
tanlash orfografiya zimmasiga tushadi. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida
savod deb yozish
qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada qo‘shma so‘z komponentlarining
qo‘shilib yoki ajratilib yozilishini, so‘z qismlarining satrdan satrga ko‘chirilishini, bosh va
kichik harflarning qo‘llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning
grafikaga aloqador bo‘lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.
Adabiy tilning og‘zaki shaklida so‘z tanlash, gap tuzish va to‘g‘ri talaffuz
me‘yorlariga amal qilish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa,uning yozma shaklida orfografiya
me‘yorlariga (imlo qoidalariga) amal qilish shunchalik muhimdir. Bunday me‘yorlarga
amal qilish yozma nutq mazmunining to‘g‘ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi,
yozma nutqda anarxiyaning (boshboshdoqlikning) avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Adabiy
tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma‘rifiy rolini mustahkamlashda
buning o‘ziga yarasha ahamiyati bor.