12
tug‟+gan
(asl shakli)–
tuqqan
(talaffuzda)–t
ug‟gan
(ad.-orf.yozuvda),
sog‟+gan
(asl
shakli)–
soqqan
(talaffuzda)–
soqqan
(ad.-orf.yozuvda) kabi.
4.
Grafik prinsip.
Bu prinsip, aslida, orfografiya qoidalarini emas, grafika qoidalarini
belgilaydi–grafemalarning
grafikada
kodlashtirilgan
fonemalarini
ifodalashga
asoslanadi,shunga ko‘ra u, ba‘zan,
fonemografik prinsip
deb ham nomlanadi.
Chunonchi,
sirg‘aluvchi "j" bilan qorishiq "j"(dj) ning yozuvda bitta j grafemasi orqali ifodalanishi, "η"
fonemasining esa ng digrafi bilan ifodalanishi grafikada kodlashtirilgan. Yozuvda bu
me‘yorga
amal qilinadi, xolos:
jemper (
sirg‘aluvchi "j"
), jang (
qorishiq "j" va sayoz til
orqa "η"
)
kabi.Orfografiyaning bunday kodlashtirishga bevosita aloqasi yo‘q, bu
grafemalarning yozuvda qo‘llanishini grafikaning o‘zi boshqaradi.
O‘zbek tilshunosligida grafik printsipni etimologik printsipga asos bo‘lgan
tamoyil
deb yoki hatto bu ikki prinsipni bir hodisa sifatida ta‘riflash hollari ham bor. Xususan,
o‘zbek grafik lingvistikasining etakchi vakillaridan biri Faxri Kamolov uni ayni shu
ma‘noda sharhlaydi: «Imloda,-deydi u,- grafik prinsip bir xalqning
ikkinchi xalq bilan
bo‘lgan madaniy aloqasiga va yozuvning qaysi grafik sistema negizida maydonga kelishiga
bog‘liqdir. Arab alfaviti asosidagi eski o‘zbek yozuvida
etimologik prinsip
ning to‘la
ravishda amalga oshirilishi uchun o‘sha davrning grafik sistemasi asos bo‘lgan.Shuning
uchun ham arabcha-forscha so‘zlar, mahalliy tillarda qanday o‘qilishi
va qaysi xilda
talaffuz etilishidan qat‘i nazar, o‘zining grafik shaklini to‘la ravishda saqlab qolgan—arab
imlosida qanday bo‘lsa, aynan shu shaklda yozilgan. Bu esa arab alfavitini qabul qilgan
xalqlar yozuvida umumiy qonun sifatida asosiy prinsiplardan biri hisoblangan...»
Darhaqiqat, grafik prinsipning yuzaga kelishida bir xalqning ikkinchi xalq bilan
bo‘lgan madaniy aloqasi, uning yozuv sistemasiga tayanishi kabi omillarning roli bor: arab
grafikasidagi eski o‘zbek yozuvida qisqa unlilarning yozuvda ifodalanmaganligi ( اقب -
baqo: «abadiylik», «mangulik»; راغص – sig‘or: «yosh bolalar», «go‘daklar» kabi), arabcha
leksik o‘zlashmalarning yozma shakllarida o‘zbek tili fonologik tizimiga xos bo‘lmagan
fonemalarni ifodalovchi ع (ayn), ٽ(se), ص (sod), ض(zod), ط(to), ظ (zo) kabi harf-
grafemalarning qo‘llanganligi ( مزع – azm: «qat‘iy qaror», «jazm»;انٽ –sano: «maqtov»;
ربباص - sobir: «sabrli», «bardoshli»; تبباض – zobit: «oqsoqol»;علاط- tole‘: «baxt», «taqdir»;
رفظ - zafar: «g‘alaba» kabilar) shundan dalolat beradi.Biroq grafik printsipning mohiyatini
o‘zbek yozuviga asos bo‘lgan boshqa til yozuviga xos grafik
belgilar va qoidalarning
aynan (manba tilning yozuvi va imlosida qanday bo‘lsa, shundayligicha) saqlanishi bilan
bog‘lashning o‘zi etarli emas: bu printsip manba tildagi harf-tovush
munosabatlaridan
chetga chiqishi, bevosita o‘zbek tilining o‘zidagi harf-tovush
munosabatlarini qamrab
olishi ham mumkin. Masalan, kirillcha o‘zbek yozuvining grafik tizimidagi
Dostları ilə paylaş: