14
bunday paytlarda so‘zlar
talaffuzi asosida emas, o‘zlarining
asl shaklini saqlagan holda
yoziladi:
shkaf, staj, drap, plan, sabr, nasr, nashr, g‘isht, go‘sht
kabi.
Bu prinsipning mohiyati Faxri Kamolov tomonidan «etimologik yoki grafik prinsip» deb
nomlangan tamoyil mohiyatiga juda yaqin turadi.
59
8.
Semantik-uslubiy prinsip:
a)
semantik prinsip
so‘z yoki so‘z shakllarining
imlosini
ularning ma‘nolariga tayanib belgilaydi. Masalan,
lola, po‘lat
(turdosh otlar) –
Lola, Po‘lat
(atoqli otlar),
ishchi
(«-chi» kasb oti yasovchi)
– ish-chi
? («-chi»- so‘roq yuklamasi),
senda
(«-da»- o‘rin-payt kelishigi affiksi)-
sen-da!
(«-da»- kuchaytiruv va ta‘kid
yuklamasi) kabi; b)
uslubiy prinsip
asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘z yoki grammatik
shakllarning semantik tarkibidagi uslubiy semalarning nutqdagi
faollashuvini yozuvda
ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan,
ota, ona, vatan, siz, o‘zingiz
kabi so‘zlar yoki
grammatik shakllar shu so‘zlar (shakllar) orqali ifodalangan shaxslarga yoki tug‘ilib-
o‘sgan yurtga, diyorga alohida hurmat-e‘tibor bildirilganda bosh harf bilan yoziladi:
Ota,
Vatan,Ona,Siz,O‘zingiz
kabi.Shuningdek, gap
ichida
Tinchlik, Ozodlik, Mehnat, Baxt
kabi
so‘zlarning ba‘zan bosh harf bilan boshlanishi ham uslubiy
printsip talablaridan kelib
chiqadi. Masalan,
Yashasin Ozodlik, Tinchlik
kabi.
Og‘zaki nutqda so‘z ma‘nosini kuchaytirish maqsadida so‘z tarkibidagi ayrim undoshlarni
qavatlantirish (geminatsiya) yoki unlilarni cho‘zish kabi holatlar uchrab turadi. Ular
yozuvda ham harflarni qavatlantirish orqali ifodalanadi: ma
Dostları ilə paylaş: