19
Morfemik tahlil tartibi
1.
So‗zning qaysi turkumga tegishliligi aniqlanadi.
2.
Nutqda qo‗llanganda qo‗shimcha
olish yoki olmasligi, o‗zgarganda
qanday
qo‗shimchalarni qabul qilish aniqlanadi.
3.
O‗zak va affiksal morfemalar aniqlanadi. Affiks anglatgan ma‘no belgilanadi.
4.
Shu so‗zga o‗zakdosh so‗zlar topiladi.
5.
Shu yasovchi affiks bilan yasalgan boshqa so‗zlar topiladi, ma‘nolari izohlanadi.
Morfemik tahlil namunasi
Terimchi
1.
Ot turkumiga tegishli
2.
Ot turkumiga oid hamma kategoriyalarning
affikslarini qabul qila oladi, ya‘ni
kelishik, son va egaklik qo‗shimchalari bilan o‗zgaradi.
3.
Kategorial va nokategorial shakl yasovchi affikslari yo‗q, ter-im-chi. Ter-o‗zak
morfema, -im-jarayon nomi yasovchi qo‗shimcha, -chi – shaxs oti yasovchi qushimcha.
4.
ter-o‗zak morfema, o‗zakdoshlari: terdi, terim, terdirdi.
5.
–im, -chi yasovchi affikslari yordamida boshqa so‗zlar ham yasaladi: bil-im, bos-im,
kiy-im: ish-chi, sport-chi.
Topshiriq
. Berilgan gaplardagi so`zlarni morfemik tahlil qiling.
1. Kampir uning qishloqdan zakot undirgali ketganini aytib, uning otini xashakka
qo`yishni buyurdi.(O.) 2. ... bu do`stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi.(A.Q.) 3.
Ali Qushchi kaftini qoshlari ustiga tutib, navkarlarni yaxshiroq ko`rishga urindi, lekin
Dostları ilə paylaş: