5. Uyadosh so‗zlar —bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keluvchi so‗zlardir:
ota, ona, momo, aka, uka, amaki, tog‗a, amma, xola, singil, opa.. .
Frazeologiyada iboralar va ularning ma‘nolari, tasviriy ifodalar o‗rganiladi.
Ibora —ma‘nosi bir so‗zga teng keluvchi ikki yoki undan ortiq mustaqil so‗zlarning
ko‗chma ma‘noda birikishidir. Iboraning yana bir nomi frazeologik birikmadir: oralaridan
mushuk o‗tdi—urushdi...
Tahlil tartibi: 1.
Matndagi lug‗aviy birliklar leksik va frazeologik birliklarga ajratib ko‗rsatiladi.
2.
Lug‗aviy birliklarning semantik tarkibi aniqlanadi.
a) so‗zning leksik ma‘nosi va uslubiy bo‗yog‗i;
b) Iboraning frazeologik ma‘nosi va uslubiy bo‗yog‗i.
3.
Lug‗aviy birliklarning polisemiyasi aniqlanadi.
4.
Sinonimlar ko‗rsatiladi.
5.
Antonimlar ko‗rsatiladi.
6.
Omonimlar ko‗rsatiladi .
7.
Lug‗aviy birliklarning zamonaviyligi nuqtai nazaridan tiplari ko‗rsatiladi:
a) neologizmlar
b) arxaizmlar
v) istorizmlar (tarixiy so‗zlar)
g) bunday bo‗yoqqa ega bo‗lmagan so‗zlar
8.
Lug‗aviy birliklarning o‗z qatlamga va o‗zlashgan qatlamga aloqadorligi (o‗zlashgan
bo‗lsa qaysi tildan o‗tganligi) ko‗rsatiladi.
Leksik va frazeologik tahlil namunasi Murabbiyning ishi orqaga ketishiga men sababchi .
Murabbiy – so‗z, lug‗aviy ma‘nosi tarbiyachi. Biroq murabbiy so‗zi uslubiy bo‗yog‗i
jihatdan kitobiy, murabbiy monosemantik so‗z. Sinonimii bor: tarbiyachi. Antonimii va
omonimii yo‗q. Zamonaviy qatlamga xos. O‗zlashma qatlamga oid, arab tilidan
o‗zlashgan.
Ishi orqaga ketmoq – ibora, ma‘nosi: ishida muvaffaqiyatsizlikka uchramoq, uslubiy
bo‗yoqdor: iborada ifodalangan voqelik haqidagi fikrni kuchaytirishdan iborat, ishi orqaga
ketmoq monosemantik ibora. Sinonimlari bor: ishi yurishmay qolmoq, ishi chapga
tushmoq. Zamonaviy qatlamga mansub, unda arxaizm yoki neologizmga xos xususiyat
sezilmaydi.
Men – so‗z, kishilik olmoshi, birinchi shaxs so‗zlovchini ko‗rsatadi. Uslubiy
bo‗yog‗i: neytral, monosemantik so‗z, sinonim va omonimi yo‗q. Zamonaviylik bo‗yog‗i:
neytral, o‗z qatlamga oid so‗z.
Sababchi – so‗z, leksik ma‘nosi biror narsa, hodisa-voqeaning yuz berishiga vosita
bo‗lish. Uslubiy bo‗yog‗i: neytral. Monosemantik so‗z. Sinonimii bor: vositachi.
Antonimii, omonimii yo‗q. Zamonaviy qatlamga oid. So‗zning o‗zagi arab tilidan
o‗zlashgan.