1.Shaxs otlari
—kim? so‗rog‗iga javob bo‗luvchi otlardir:
chol, ishchi, qiz
...
2.Narsa otlari
—nima? so‗rog‗iga javob bo‗lib, jonli va jonsiz narsalarning
nomlarini bildiruvchi otlardir:
arslon, sho‗rva...
3.O‗rin-jon otlari
—qaer? so‗rog‗iga javob bo‗luvchi otlardir:
shahar guzar
...
4.Faoliyat-jarayon otlari
—shaxs va narsalarning faoliyatni nomlovchi otlardir:
chorvachilik, tanlov
Otning eng asosiy sintaktik vazifasi: ega—
Anvar keldi
.
Ammo otlar gapda kesim, to‗ldiruvchi, aniqlovchi, hol va undalma bo‗lib kela oladi:
Mening do‗stim—
Anvar
. Ko‗chada
Anvarni
ko‗rdim.
Anvarning
ruchkasi yo‘q.
Men
Qo„qondan
keldim.
Anvar,
eshikni yop
!
Tahlil tartibi
1.So`rog`i, ma‘nosiga ko‗ra turi (atoqli, turdosh, ma‘no turi, aniq, mavhum, yakka,
jamlovchi ot ekanligi)
2.Kelishigi. Kelishikning ma‘nosi
3.Grammatik son. Ko‗plik qaysi usul bilan hosil qilingan
4.Egalik olgan-olmaganligi
5.Tuzilishiga ko‗ra turi
6.Qaysi so‗z bilan bog‗langanligi
7.Gapdagi vazifasi
Ot turkumi tahlil namunasi
Uyda ko„klam chechagining hidi anqib ketdi.
Uyda – ot, qaerda? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, turdosh ot, o‗rin-joy oti, aniq ot, yakka
ot, o‗rin-payt kelishigida, o‗rin ma‘nosini bildirgan, birlik, egalik qo‗shimchasi olmagan,
sodda, tub, anqib ketdi so‗ziga bog‗langan, gapda o‗rin holi vazifasida kelgan.
Ko‗klam – ot, nima? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, turdosh ot, aniq ot, yakka ot, belgisiz
qaratqich kelishigida, birlik sonda, egalik qo‗shimchasi olmagan, sodda, tub, chechagi
so‗ziga bog‗langan, gapdagi vazifasi qaratqich aniqlovchi.
Chechagining – nimaning? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, ot, turdosh ot, aniq ot, yakka ot,
qaratqich kelishigida, qarashlilik ma‘nosini bildiryapti, birlik sonda, uchinchi shaxs, sodda,
tub, hidi so‗ziga bog‗langan, gapdagi vazifasi qaratqich-aniqlovchi.
Hidi-ot, nimasi? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, turdosh ot, yakka ot, bosh kelishikda,
birlik sonda, uchinchi shaxs, sodda, tub, anqib turibdi so‗ziga bog‗langan, gapdagi vazifasi
- ega.
Dostları ilə paylaş: |