Eslatma: 1990-yilda ,
o‗rik gulida kabi birliklar payt ravishlari emas, chunki
1990- yilda son+ot;
o‗rik gulida ot+otlardir.
3. O‗rin ravishi —harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o‗rnini bildirib,
qaerga? qaerda? qaerdan? so‗roqlariga javob bo‗ladi:
olg‗a, ichkari, tashqarida, uzoqdan, yaqindan Eslatma: zavodda, Toshkentga, shahardan kabi so‗zlar o‗rin ravishlari emas, chunki
bular otlardir.
4. Miqdor-daraja ravishlari —harakat-holatning barilishidagi miqdor-darajani
bildirib, qancha? so‗rog‗iga javob bo‗ladi:
sal, oz, ko‗p, qilcha, behad, o‗ta ...
5. Sabab-maqsad ravishlari -- harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmasligi
haqidagi sabab yoki maqsadni bildirib, nima sababdan? nima maqsadda? nega?
so‗roqlariga javob bo‗ladi:
a) sabab ravishlari:
noiloj, noilojlikdan,ilojsizlikdan, chorasizlikdan, nochorlikdan b) maqsad ravishlari:
atay, atayin,ataylab, jo‗rttaga, qasddan, azza-bazza Tahlili tartibi 1.So`rog`i, ma‘nosiga ko‗ra turi
2.Darajasi
3.Tuzilishiga ko‗ra turi
4.Bog‗langan so‗zi
5.Gapdagi vazifasi
Tahlil namunasi Men o„sha kunni tezroq ko„rishga shoshilyapman .
Tezroq-ravish, qay halatda? so‗rog‗iga javob bo‗ladi,holat ravish, orttirma daraja, sodda,
tub, gapdagi vazifasi hol.
Topshiriq . Berilgan matndagi ravishlarni tahlil qiling.
1 . Ana shu asalarining sutini so`ragan o`rtog`im atayin Qirg`izistonga borib allaqaysi o`rmon xo`jaligidan bu kiyik bolalarini topib bergandi. (S.Ahm.) 2. Zohid shu paytgacha mayda o`g`rilar-u bezorilar bilan shug`ullangan edi. (T.Malik) 3. Ro`parasida ko`ksini changallab oh urayotgan davangir odamdan ko`z uzmas, uning holiga bag`oyat achinib, boshini sarak-sarak qilardi. (Mirm.) 4 Olmosh turkumi Boshqa so‗zlar, shuningdek, so‗z birikmasi va gap o‗rnida qo‗llaniluvchi, ularga
ishora qiluvchi yoki so‗roq bildiruvchi so‗zlar
olmosh deyiladi.
Kitobni ko‗p o‗qisangiz, undan ko‗p hikmat topasiz. Aqlli qiz hammaga yoqadi, uni barcha hurmat qiladi. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‗lsin. Olmoshlar ma‘nosiga ko‗ra 7 guruhga bo‗linadi: