28
2.Kishilik olmoshlari
—uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlardir:
men,
biz
—I shaxs so‗zlovchi;
sen, siz
—II shaxs tinglovchi;
u, ular
—III shaxs o‗zga
3. O‗zlik olmoshi
—kishilik olmoshlari o‗rnida qo‗llanib, ko‗pincha shaxsni, ba‘zan
predmetni ta‘kidlab ko‗rsatuvchi olmoshdir:
o‗z
O‗zlik olmoshi egalik qo‗shimchalari bilan kelib
har uchala shaxs kishilik
olmoshlarini ko‗rsatadi:
o‗zim—men, o‗zing—sen, o‗zi—u
O‗zlik olmoshlari kelishiklar bilan turlanganda kelishik qo‗shimchalaridan oldin
egalik qo‗shimchalaridan biri bo‗lishi shart:
o‗z+ni--o‗zimni
4. So‗roq olmoshlari
—barcha so‗roqni bildiruvchi olmoshlardir:
kim? nima? qanday? necha? qaysi? nechanchi? nega? qaerga? ...
5. Belgilash olmoshlari
—to‗pdan ajratilgan shaxs, narsa,
belgilarni bildiruvchi
olmoshlar yoki jamlikni ifodalovchi olmoshlardir:
har kim, har nima, har qachon, har
qancha, har qanday, har bir
(to‗pdan ajratilgan),
belgini bildiruvchi olmoshlar;
hamma,
jami, yalpi, butun, barcha
(jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshlari)
6. Gumon olmoshlari
—noaniq tushunchalarga ishora qiluvchi olmoshlardir:
allakim, kimdir, allanima, nimadir, allaqanday, qandaydir, allaqaerga, qaergadir...birov,
ba‘zilari
Dostları ilə paylaş: