Tub ravish —tarkibida so‗z yasovchi qo‗shimchasi bo‗lmagan ravishlardir:
doim, sira, asta …
Yasama ravish —so‗z yasovchi qo‗shimcha qo‗shish bilan, so‗z qo‗shish bilan yoki
asos qismni juft va takror qo‗llash bilan hosil qilingan ravishlardir:
do‗stona, biryo‗la, eson-omon, sekin-sekin... Ravishlar tuzilishiga ko‗ra
sodda, qo„shma, juft va
takroriy ravishlarga bo‗linadi:
hamisha( sodda
), biryo‗la( qo‗shma
), asta-sekin( juft
), oz-oz( takror
) Ravishlar o‗zgarmasdir, ya‘ni ravishlar tarkibidagi egalik, kelishik qo‗shimchalari
o‗z xususiyatini yo‗qotadi va bu so‗z shu qo‗shimchalar bilangina ravish hisoblanadi. Bu
qo‗shimchalar asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi kunda ajralmas holga kelgan.
Jo‗nalish, o‗rin-payt, chiqish kelishigidagi so‗zlar yaxlit holda ravishga o‗tishi mumkin:
birga, tezda, birdan, to‗satdan, tubdan, qo‗qqisdan, rostdan Ravishlar 6 ma‘no turiga ajraladi, lekin sabab va maqsadlari qo‗shib bir guruh
qilinadi:
27
1. Holat ravishlari —harakat-holatning qay holda bajarilganligini bildirib, qay
holatda? qay tarzda? qay holda? qanday? so‗roqlariga javob bo‗ladi:
jim, yayov, ura-sura, chindan, piyoda, majburan, tasodifan, astoyidil, to‗satdan, qo‗qqisdan …
Eslatma :
jiddiy, samimiy kabi so‗zlar – sifat;
jo‗shib, shoshib kabi so‗zlar –
ravishdosh
2. Payt ravishlari —harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib,
qachon? qachongacha? so‗roqlariga javob bo‗ladi:
hanuz, halitdan, endi, hozircha, so‗ngra, hamisha ...