1. Uch o`g`ilni katta qilguncha ne-ne azoblarni tortmagan! (P.Q.) 2. Ko`pga kelgan to`y ekan, qandoq qilay, qirq yil qirg`in bo`lsa, ajali etgan o`ladi, ishqilib yolg`izim sog`- omon kelsin! (S.Ahmad) 3. Unsin shu tarzda olti kun qamalib yotdi. (O.) 4. Men bu erda uch-to`rt kun turadigan bo`lib qoldim.(A.Q.) 5.Qo`shariq mahallasi guzardan ancha nari, ko`cha ikkita katta-katta ariq o`tadigan daraxtzorga borib taqalgan.(A.Q.)
Fe‘l turkumi Nima qilmoq? nima bo‗lmoq? so‗roqlariga javob bo‗lib, shaxs yoki narsalarning
harakat va holatini bildiradigan so‗zlar
fe‘l deyiladi:
yurdim, o‗yladim .
Fe‘llar nimani atab kelishiga ko‗ra harakat fe‘llari va holat fe‘llariga bo‗linadi
Jismoniy faoliyat natijasida ro‗y bergan harakatni bildiruvchi fe‘llar
harakat fe‟llari deyiladi:
sakradim, yiqildim, sindirdim.... Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‗tish
jarayonini ifodalovchi fe‘llar
holat fe‟llari deyiladi:
yig‗ladi, sarg‗aydi, qizardi… O‗timli fe‘l —tushum kelishigidagi so‗zlar bilan bog‗lana oladigan fe‘llardir:
o‗qidi, yirtdi (nimani)... O‗timsiz fe‘l —tushum kelishigidagi so‗z bilan bog‗lanmaydigaan fe‘llardir:
uxladi, yig‗ladi (nimani deb savol berib bulmaydi)... Bo‗lishli fe‘l —bajarilgan, bajarilayotgan va bajariladigan ish-harakatni bildiruvchi
fe‘llar. Maxsus qo‗shimchasi yo‘q:
keldi, boryapti, olmoqchi ...
Bo‗lishsiz fe‘l -- bajarilmagan, bajarilmayotgan va bajarilmaydigan ish-harakatni
bildiruvchi fe‘llar. Qo‗shimchasi: -ma:
kelmadi ... Bo‗lishsizlik ma‘nosi
emas, yo„q, na birliklari yordamida ham ifodalanadi:
kelgan emas, kelgani yo‗q; na o‗qiydi, na yozadi ...
Eslatma: Ikki bo‗lishsizlik ko‗rsatkichi bo‗lishlilik ma‘nosini bildiradi:
Fe‘l nisbatlari —ish-harakat va uning bajaruvchisi orasidagi munosabatdir. Nisbat
shakllari fe‘lning asos qismidan keyin qo‗shiladi va lug‗aviy shakl qo‗shimchalari
hisoblanadi.
Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi
fe‘l shakllari