Topshiriq . Berilgan matndagi sifatlarni tahlil qiling.
1. Maorif mudiri qattiqroq bir gap aytay desa, yoshi katta odam, uning ustiga, o`ziga bir paytlar dars bergan, har qalay o`qituvchisi. (S.Ahm.) 2. Bu uy – “xizmatkorxona”, boyning tashqari hovlisining quyi tomonida, baland, ko`rkam uylaridan chetda bir burchakka tiqilgan, shuning uchun ko`zga chalinmas edi. (O.) 3. - ... Ayta qoling, balki sevinarman, kim biladi... – shiringina so`zladi Gulnor. (O.) 4. Qadimgi boadab qizlar qayoqda deysiz. (O.)
Son turkumi Narsalarning son-sanog‗ini va tartibini bildirib, qancha? necha? nechanchi?
so‗roqlariga javob bo‗luvchi so‗zlar
son deyiladi: besh, uchinchi...
Sonlar ham xuddi sifatlardek otga bog‗lansa aniqlovchi, fe‘lga bog‗lansa hol, gap
oxirida kelsa kesim bo‗ladi:
Sonlar miqdor yoki tartibni bildirgani uchun dastlab ikkiga bo‗linadi: miqdor sonlar
va tartib sonlar. Miqdor sonlar qancha?, necha? so‗rog‗iga, tartib sonlar esa nechanchi?
So‗rog‗iga javob bo‗ladi: beshta (qancha?), uchinchi (nechanchi?)
Miqdor sonlarning o‗zi 6 ga bo‗linadi:
1.Sanoq son —son-sanoqni bildiruvchi sonlar:
besh, uch... 2.Dona son —miqdorni donalab ifodalaydigan sonlardir. Dona sonlar sanoq songa –
ta qo‗shimchasini yoki dona, nafar, tup, bosh kabi so‗zlarni qo‗shish bilan hosil qilinadi:
beshta, uch dona, ikki bosh, uch litr, ikki nafar, besh gramm 3.Chama son —miqdorni taxminlab ko‗rsatuvchi sonlardir. CHama sonlar sanoq
songa –tacha,-lab, -larcha, -lar qo‗shimchalarini qo‗shish bilan yoki sonlarni juftlash bilan
hosil qilinadi: