Sof ko‗makchi —atash ma‘nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‗zi birikkan so‗zni
boshqa so‗zga tobelashtirib bog‗lash uchun xizmat qiluvchi ko‗makchilardir: b
ilan, sari, uchun, sayin, singari, uzra, qadar, tufayli, qadam, yanglig‗, kabi... Sof ko‗makchilar urg‗u olmaydi. Urg‗u ko‗makchi bilan birga kelgan mustaqil
so‗zning oxirgi bo‗g‗iniga tushadi. SHuning uchun ko‗makchi ohang tomonidan oldingi
so‗z bilan bir butunlikda aytiladi. Ko‗makchilar o‗zidan oldingi so‗z bilan birgalikda bir
gap bo‗lagi bo‗ladi:
Vazifadosh ko‗makchilar —bular aslida atash ma‘nosiga ega mustaqil so‗zlardir.
Bunday so‗zlar ko‗makchi vazifasida kelganida atash ma‘nosini yuqotadi, o‗zidan
oldingi so‗z bilan birgalikda bir so‗roqqa javob bo‗ladi. Vazifadosh ko‗makchilar bo‗lib
ost, ust, yon, old, orqa, ro‗para, lab, qosh, bosh kabi otlar;
oldin, avval, keyin, so‗ng, tomon kabi ravishlar;
qarab, bo‗ylab, ko‗ra,deya, deb, atab kabi ravishdoshlar;
qaraganda sifatdoshi keladi
Ko‗makchilar quyidagicha tahlil qilinadi. 1.Sof ko‗makchi yoki ko‗makchi vazifasida so‗z
2.Qo‗llanishi, ma‘nolari va o‗rni
3.Kelishiklarni boshqarishga ko‗ra turi.
Tahlili namunasi Chigit ekish uchun tayyogarlik ko„rildi .
Uchun-ko‗makchi, sof ko‗makchi, fe‘lning harakat nomi shaklidan so‗ng
qo‗llangan, maqsad ma‘nosini bildiradi, bosh kelishikdagi so‗zdan so‗ng ishlatilgan,
jo‗nalish kelishigi qo‗shilgan – ga o‗rnida ishlatilishi mumkin: ekin uchun –ekishga.
Topshiriq . Berilgan matndagi ko`makchilarni tahlil qiling.
1. Kun botishda anhor bo`yida salqin nam havo yutib o`tirishning gashti-safosiga nima etsin! (H.G`.) 2. Mana bir qish kechasi qanday dahshatli qo`rquv, tahlika ostida bu uyga kirib, Yo`lchi bilan bir necha minutgina so`zlashishga jur‘at qilgan edi! (O.) 3. Qishlog`ida, shunday uylarining ichida, toqiga yopishtirib qaldirg`och uya solgan edi. (O`.H.) 4. Qayoqdan qayoqqa mashina, ot-arava ovora, odam ovora qilib paxta tashigandan ko`ra yonginangda hammasi ro`yobga chiqqaniga nima etsin.(J.Abd.)
Bog‗lovchi Mustaqil so‗zlarni (gapning uyushiq bo‗laklarini) va qo‗shma gap tarkibidagi sodda
gaplarni o‗zaro bog‗lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‗zlar