A) sof modal so‗zlar
:
haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, shekilli, avvalo,
avvalambor, xullas, masalan, umuman, taxminan
.
B) vazifadosh modal so‗zlar
:
aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz, to‗g‗ri,
birinchidan, tabiiy, mazmuni, o‗z-o‗zidan, so‗zsiz, qiziq, qisqasi
.
Modal so‗zlar quyidagi tartibda tahlil qilinadi
:
1.Modal so‗zlarning ma‘nosi.
2.Qo‗llanishiga ko‗ra turi.
3.Gapdagi vazifasi.
Tahlil namunasi
Bu, shubhasiz, bizning yutug„imizdir.
Shubhasiz- modal so‗z, ishonch ma‘nosini bildirgan, tuzilishiga ko‗ra sodda, gapda
fikrning aniqligi, ishonchni bildirgan.
Topshiriq
. Berilgan matndagi modal so`zlarni tahlil qiling.
1. Ha, aytgancha, nimasi ko`p ularning, tug`ishi ko`p. (S.Ahm.) 2. Ko`pga kelgan to`y
ekan, qandoq qilay, qirq yil qirg`in bo`lsa, ajali etgan o`ladi, ishqilib, yolg`izim sog`-omon
kelsin. (S.Ahm.) 3. Shuningdek, yer islohoti natijasida mamlakatimizning iqtisodiyati
ko`tarilishini kim bilmaydi! (A.Q.) 4. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o`zga xalqlar
ibrat ola bilsinlar. (O.)
Mavzu;
Sintaktik tahlil
.
Sintaktik tahlil morfologik tahlil bilan mustahkam aloqador. So‗z turkumlari
bo‗yicha tahlilni bilmagan talaba sintaktik tahlilni tushunmaydi. Tahlil o‗tkazishda
izchillikka rioya qilish lozim. Sintaksisning yirik mavzulari va bo‗limlari o‗tib bo‗linib,
amaliy mashg‗ulotlarda, ma‘lum darajada, shu mavzu va bo‗limlarga oid nazariy
grammatik ma‘lumotlar mustahkamlanib borib, zaruriy malaka va bilim tasavvur hosil
qilingach, tahlil o‗tkaziladi.
O‗zbek tili sintaksisida quyidagi mavzular bo‗yicha tahlil o‗tkaziladi.
1.
So‗z birikmasi bo‗yicha
2.
Sodda gap bo‗yicha
3.
Gap bo‗laklari bo‗yicha
4.
Qo‗shma gap bo‗yicha
Dostları ilə paylaş: |