O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

 
2. Holli so‗z birikmalari
—bunda tobe so‗z qay holatda? qachon? qachongacha? 
qaerga? qaerda? qaerdan? qancha? nechanchi? qanday? nima uchun? nima maqsadda? kabi
so‗roqlarga javob bo‗ladi va holli so‗z birikmalar, odatda, fe‘lli birikmalar bo‗ladi (ba‘zan 
otli birikma bo‗lishi ham mumkin): 
sekin gapirdi, ertaga keladi, maktabga boradi, 
Toshkentdan keladi, ikkinchi o‗tiradi, kasallangani uchun kelmadi, o‗qish uchun keldi 
Holli birikma, asosan, fe‘lli birikmalardir.
 


36 
 
3.To‗ldiruvchili so‗z birikmasi
—bunda tobe so‗z kimni? nimani? qaerni? kimga?
nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? nima 
haqida? kim haqida? kabi so‗zroqlarga javob bo‗ladi va to‗ldiruvchili so‗z birikmalari fe‘lli 
yoki otli birikma bo‗lishi mumkin:
kitobni o‗qidi, ukamga oldim, ruchkada yozdik, suv 
bilan yuvdim, ukamga kitob, hammadan kuchli...
So`z birikmasi tahlili tartibi: 
1.
Gapni predikativ va nopredikativ aloqa jihatidan izohlash. 
2.
Teng va tobe aloqa, hokim so‗z va tobe so‗z, ularning morfologik ko‗rinishi, 
ifodalanishi, so‗rog‗i, tartibi. 
3.
Tobe aloqaning turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv. 
4.
Sintaktik aloqaning ifodalanish yo‗llari: grammatik vositalar, yordamchi so‗zlar, 
so‗zlar tartibi ohang. 
5.
Sintaktik munosabatlar va ularning turlari: ob‘ektli, atributuv, reletiv. 
6.
So‗z birikmasining tuzilishiga ko‗ra turlari. 
7.
So‗z birikmasining hokim qismi qaysi so‗z turkumi bilan ifodalanishiga ko‗ra turlari: 
otli birikma, fe‘lli birikma, ravishli birikma. 
8.
So‗z birikmasining ma‘nosi. 
Tahlil namunasi 
Erkin uchta mevali daraxat o„tqazdi

Erkin o‗tqazdi – gap, predikativ birlik
uchta daraxt
tobe aloqa, nopredikativ birlik so‗z birikmasi tobe so‗z – uchta, 
nechta? so‗rog‗i javob bo‗ladi, son bilan ifodalangan, hokim so‗z – daraxt, nima? 
So‗rog‗iga javob bo‗ladi, ot bilan ifodalangan, morfologik ko‗rsatkichsiz bog‗langan, 
ergash so‗z oldin, besh so‗z keyin kelgan, bitishuv, grammatik vositalarsiz ifodalangan, 
ohang va tartib asosiy o‗rinda, atributuvli munosabat, sifatlovchi – sifatlanishdan hosil 
bo‗lgan, sodda so‗z birikmasi, otli birikma, tobe so‗z miqdorli bildirgan, hokim so‗z 
predmetni bildirgan. 
mevali daraxt
– tobe aloqa, nopredikativ birlik, so‗z birik-masi, hokim so‗z – 
daraxt, nima? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, tobe so‗z – mevali, qanday? so‗rog‗iga javob 
bo‗ladi, yasama sifat bilan ifodalangan, bitituv, so‗z tartibi va ohang yordamida birikkan, 
atributuv birikma, sodda so‗z birikmasi, otli birikma, tobe so‗z belgini, hokim so‗z predmet 
ma‘nolarning ifodalagan. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin