O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

 
 
Bog‗lovchi- yuklama vositasida bog‗langan qo‗shma gaplar.
Ma‘lumki, yuklamalar so‗z yuklamalar (
axir, faqat, xuddi, ham, naq
...) va 
qo‗shimcha yuklamalar (-
mi, -chi, -a, -ya, -ki, -u, -yu,- da,-ov, yov, - yoq, oq
…) ga 
bo‗linadi. 
-u, -yu,-da, -mi, ham qo‗shma gaplar tarkibida sodda gaplarni bir-biriga bog‗lashi 
mumkin, bunda ular bog‗lovchi- yuklamalar deiladi. Bu yuklamalar teng yoki tobe
munosabatli qo‗shma gap qismlarini bog‗lashi mumkin:
 
 
-sa ham, -sa, -sayam
shakllari bilan ifodalangan tobe gaplar 
to„siqsiz tobe gapli
qo„shma gap
lar deyiladi.
 
 
Oftob charaqlab tursa ham, yomg‗ir yog‗magan edi
 
Nisbiy so‗zlar vostasida bog‗langan qo‗shma gaplar.
Qo‗shma gaplar tarkibida qo‗llanib , bir-biriga ishora ma‘nosini bildiradigan 
so‗roq va ko‗rsatish olmoshlari 
nisbiy so‗zlar
deyiladi: - 
kim-o‗sha, kim-u, nima-u, nima-
o‗sha, qanday –shunday, qancha-shuncha, qaerda- o‗sha erda, qachon-o‗sha paytda, 
qaysi-o‗sha
. Nisbiy so‗zlarda so‗roq olmoshlar tobe gapda ko‗rsatish olmoshlari esa 
hokim gapda joylashadi.
 
 
Kim astoydil haraakt qilsa, o‗sha maqsadiga erishadi. 
 
Qanday o‗rgatgan bo‗lsam, shunday javob ber. 
 
Tobe munosabatli qo‗shma gaplar fikriy grammatik va intonatsiya butunlikdan 
iborat bo‗lib, ular tarkibidagi komponentlar biri ikkinchisiga tobe bo‗ladi. Tobe 
munosabatli qo‗shma gaplar ikki xil xarakterdagi sodda gaplardan tashkil topgan bo‗ladi: 
boshqa bir gapga ergashib, tobe bo‗lib, uni izohlab, mazmuni izohlanayotgan boshqaruvchi 
gaplar hokim gaplar sanaladi.
Tobe gapni hokim gapga biriktiruvchi yordamchilar ko‗pincha tobe gap tarkibida 
kelib, tobe gapning hokim gapga nisbatan tobeligini ko‗rsatadi. 
Sintaktik tahlilda tobe gapli qo‗shma gaplarga xos grammatik, semantik va 
intonatsion xususiyatlarni bilish talab etiladi. Tahlilda quyidagi izchillikka amal qilish va 
tobe gapli qo‗shma gaplarning quyidagi xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 
Tanlangan gap yozilgach, o‗qiladi, tinish belgilari qo‗yib chiqiladi, komponentlar 
soni aniqlanadi. So‗ngra sodda gaplar orasidagi grammatik munosabatga e‘tibor beriladi. 
Tobe gapli qo‗shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar sintaktik jihatdan teng bo‗lmaydi, biri 
ikkinchisiga tobe bo‗ladi. Tobe qism boshqa qismni izohlash uchun xizmat qiladi. 
Tahlilda tobe va hokim gaplar, ularning bog‗lanish yo‗llari va biriktiruvchi vositalar, 
biriktiruvchi vositalarning ma‘no va grammatik xususiyatlari tobe gaplarning hokim 
gapdagi biror bo‗lakni yoki butun gapni izohlashi aniqlab bo‗lingach, ergash gaplarning 
turi belgilanadi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin