43
Qo‗shma gap qismlari bog‗lovchi yoki bog‗lovchi vazifasidagi grammatik vositalar,
nisbiy so‗zlarsiz ohang orqali bir-biri bilan aloqaga kirishib sintaktik butunlikni –
bog‗lovchisiz qo‗shma gapni tashkil etadi.
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning grammatik bog‗lovchilar yordamisiz
birikividan tuzilgan qo‗shma gaplar bog‗lovchisiz qo‗shma gaplar hisoblanadi.
Tahlil jarayonida bog‗lovchisiz qo‗shma gap qismlariniing
birikish usullarini
aniqlashga alohida e‘tibor berish lozim. Ohang sodda gaplarni o‗zaro biriktirishda asosiy
rol o‗ynaydi.
Tahlil mobaynida bog‗lovchisiz qo‗shma gap turlarini
aniqlash uchun tarkibidagi
sodda gaplarning ichki grammatik, mazmun va intonatsion
xususiyatlaridan tashqari,
bog‗langan va tobe munosabatli qo‗shma gaplarning tuzilishi tarkibi,
mazmuni va
intonatsiyasini qiyoslab ko‗rish talab etiladi.
Sodda gaplar o‗rtasidagi mazmun
munosabatlari va intonatsiyasini belgilashda qo‗shma gapning
boshqa turlari bilan
qiyoslash katta yordam beradi. Sodda gaplar orasiga bog‗lovchi va boshqa grammatik,
leksik vositalarni qo‗yib chog‗ishtirish orqali bog‗lovchisiz qo‗shma gap tiplarini aniqlash
mumkin
Dostları ilə paylaş: