yu , ikki ko‗zi tashqarida qoldi. Bog‗langan qo‗shma gaplarni mazmun – munosabatiga ko‗ra quyidagicha bo‗lish
mumkin:
a) biriktiruv bog‗lovchisi yordamida bog‗langan qo‗shma gap – bunda qo‗shma
gap qismlari payt yoki sabab-natija munosabatini ifodalaydi:
Eshik ochildi hamda ustoz kirib keldi. (payt)
Anor so‗zlar va Zaynab qalbi dir-dir qaltirar .(sabab-natija)
Eslatma: -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog‗lovchilari bajargan vazifani
bajara oladi:
Qish keldi- yu , kunlar soviy boshladi. b) zidlov bog‗lovchisi yordamida bog‗langan qo‗shma gap – bunda qo‗shma gap
qismlari zidlik, ketma-ketlik munosabatlarini ifodalaydi:
Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ko‗klam biroz noqulay keldi. (zidlik)
Ashula nihoyasiga etdi, ammo bir zumdan keyin yana boshlandi. (zid.ketma-ket)
Eslatma: -u, -yu, -da yuklamalari ham zidlov bog‗lovchilari bajargan vazifani
bajara oladi:
Kechasi qor yoqqan- u , havo unchalik salqin emas. d) ayiruv bog‗lovchisi yordamida bog‗langan qo‗shma gap – bunda qo‗shma gap
qismlari
voqealarning
galma-gal
ro‗y
berishini
yoki
ularning
faqat
bittasining yuzaga chiqishini ta‘kidlaydi:
Goh osmonni tutib ashula yangraydi,