O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Tahlil namunasi 
Kechki gullar ochilib turibdi. 
Darak gap, his-hayajonsiz gap, tasdiq gap, sodda gap, egali gap, to‗liq gap, 
bo‗laklarga ajraladigan gap, yoyiq gap. 
Topshiriq. Berilgan matndagi sodda gaplarni tahlil qiling. 
1. Qiz yugurganicha pastga tushib ketdi. (J.Abd). 2. Bu mahal mashina gavjum 
ko`chalardan o`tib, chetroqdagi bir do`kon bo`sag`asida to`xtadi. 3. Yarim soatgacha 
maktab qo`ng`irog`i jaranglab turdi.(S.Barnoev) 4. Unsin shu tarzda olti kun qamalib 
yotdi.(O.) 5. Uzoq yillik tajribadan u bir narsani bilardi. (O`.Umarbekov) 6. Boshida ular 
juda inoq ishlashadi. (S.Ahm.) 7. Bu yog`ini Ummatali hali-hali tiniq eslolmaydi. (Sh.)
Gap bo‗laklari tahlili 
Gap bo‗laklari tahlilida gapni tarkibiy qismlarga to‗g‗ri ajrata bilish, gap 
bo‗laklariga ajratishning tamoyillarini aniqlay olish muhimdir. Ma‘lumki, har qanday gap 
bo‗lagi ma‘ulm so‗roqqaa javob bo‗ladi. Shuningdek, gap tarkibidagi so‗zlar doimo boshqa 
so‗zlar bilan grammatik bog‗liqlikda bo‗ladi. So‗roqlar bir bo‗lakning o‗ziga yolg‗iz 
olingan tarzda berilmasligi zarur, balki so‗roqlar sintaktik aloqa tufayli bog‗langan 
so‗zlarning biridan boshqasiga tomon, ya‘ni u bilan munosabatda bo‗lgan ikkiga so‗z yoki 
so‗zlar birikmasi bilan bog‗liklikda qo‗yilsa, gap bo‗laklarini to‗g‗ri aniqlash imkoni 
bo‗ladi. 
Gap bo‗laklarini to‗g‗ri belgilash uchun so‗z birikmasining sintaktik xususiyatlarini 
bilim talab etiladi. Sintaktik aloqa vositalari va turlarini, sintaktik va semantik aloqaga 
kirgan so‗zlar yig‗indisini bilmasdan turib, gap bo‗laklarini to‗g‗ri belgilash mumkin emas. 
Gap bo‗laklari quyidagi tartibda tahlil qilinadi: 
1.
Gapning predikativ asosini toping 
2.
Kesim va uning ifodalanishi 
3.
Kesimning ma‘no turlari (harakat-holat, belgi, miqdor, shaxs, predmet, o‗rin-joy 
bildiruvchi kesim). 
4.
Kesimning tuzilish turlari 
5.
Ega va uning ifodalanishi 
6.
Eganing ma‘no turlari (shaxs, predmet, belgi, miqdor, harakat-holat, o‗rin-joy 
bildiruvchi ega). 
7.
Eganing tuzilishi turlari 


38 
8.
Ega bilan kesimning moslashishi 
9.
To‗ldiruvchi va uning ifodalanishi. 
10.
To‗ldiruvchining ma‘no turlari (vositasiz, vositali) 
11.
To‗ldiruvchining tuzilishi turlari (kelishikli yoki ko‗makchili, sodda va murakkab) 
12.
Hol va uning ifodalanishi 
13.
Holning ma‘no turlari 
14.
Holning tuzilish turlari 
15.
Aniqlovchi va uning ifodalanishi 
16.
Aniqlovchining ma‘no turlari 
17.
Aniqlovchining tuzilish turlari 
18.
Sintaktik vazifa bajarmagan birliklar 
19.
Gap bo‗laklarining bog‗lanish sxemasi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin