O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

daraxt
o‗tqazdi
– tobe aloqa, nopredikativ birlik, so‗z birikmasi, hokim so‗z – 
o‗tqazdi, nima qildi? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, fe‘l bilan ifodalangan, tobe so‗z – daraxt, 
nimani? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, belgisiz tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan, 
boshqaruv, tobe so‗z hokim so‗zga tushum kelishigi vositasida birikkan, ob‘ektli birikma, 
sodda so‗z birikmasi, fe‘lli birikma, hokim so‗z harakatni, tobe so‗z predmet ma‘nolarini 
ifodalagan. 
Topshiriq. Berilgan matndagi so`z birikmalarini tahlil qiling. 
1. Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo`shni afzal. (G`.G`.) 2. Kon ishlarini bobolarimiz 
o`z bobolaridan, ularning bobolari bobokalonlarimizdan o`rganishgan. (S.Karomatov) 3. 
Ketma-ket kelayotgan quruvchilar, texniklar, tuproq qazuvchilar, montajchilar uchun 
birinchi navbatda makon kerak. (J.Abd.) 
 
Sodda gap tahlili. 
Sodda gap sintaksisning asosiy ahamiyatga ega bo‗lgan masalalarini qamrab oladi. 
Bu masalalar gapning ifoda maqsadiga ko‗ra turlari, egali yoki egasiz gaplar, bosh va 


37 
ikkinchi darajali bo‗laklar, ajratilgan va gap bilan grammatik aloqaga kirishmagan 
bo‗laklar, uyushiq bo‗laklar, gap bo‗laklarining tartibi, to‗liqsiz gaplar va gap tarkibidagi 
bo‗laklarning ma‘no xususiyatlari kabilardir. Sodda gap bo‗yicha uyushtirilgan tahlil ana 
shu masalalarni qamrab olishi lozim. 
Sodda gaplar quyidagi tartibda tahlil qilinadi

1.
Gapning ifoda maqsadiga ko‗ra turi 
2.
Gapning emotsionallikka ko‗ra turi 
3.
Gapning voqelikka munosabat jihatdan turi 
4.
Gapning tuzilish jihatdan turi 
5.
Gapning ifoda asosiga ko‗ra turi 
6.
Gapning kommunikativ vaziyat jihatdan turi 
7.
Gap bo‗laklariniing harakteri jihatdan turi 
8.
Gap bo‗laklarning ishtirokiga ko‗ra turi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin