42
2.Hokim gap va tobe gaplar
3.Tobe gaplarning bosh gapga bog‗lanish vositalari
4.Tobe gapning vazifasi
5.Hokim va tobe gaplarning ma‘no munosabati
6.Tobe munosabatli qo‗shma gaplarning turlari
7.Tobe gaplarning miqdori
8.Tobe munosabatli qo‗shma gap qismlarining tartibi, tinish belgisi, sxemasi.
Tahlil namunasi
Kim ko„p o„qisa, u ko„p biladi
.
Darak gap. U ko‗p biladi – hokim gap, kim ko‗p o‗qisa –
tobe gap, bog‗lovchisiz
ergashish, ergash gapning kesimi tarkibida shart mayli shakli (-sa), yordamida bog‗langan,
tobe gap tarkibida kim, hokim
gap tarkibida u olmoshlari bor, tobe gap hokim gapdagi
egani, ya‘ni bir bo‗lakni
izohlagan, tobe gap kim? So‗rog‗iga javob bo‗ladi, tobe gapda
asosiy e‘tibor shu gapda bayon qilingan ish-harakatning boshqaruvchisiga qaratilgan. Ega
tobe gapli qo‗shma gap, bir tobe gap, bir hokim gapdan iborat, tobe gap oldin, hokim gap
keyin kelgan, vergul tobe gapni hokim gapdan ajratish uchun qo‗llangan, darak gap oxiriga
nuqta qo‗yilgan.
Sxemasi:
-sa,
Bog‗lovchisiz qo‗shma gap tahlili.
Faqat ohang vositasida bog‗lagan qo‗shma gaplar
.
Faqat ohang vositasida bog‗langan qo‗shma gaplar
qismlari orasida teng
bog‗lovchilari, bog‗lovchi-yuklamalar, nisbiy so‗zlar bo‗lmaydi. Bunday qo‗shma gap
qismlarii faqat ohang bog‗laydi, yozuvda esa sodda gaplar orasida vergul,
ikki nuqta,
nuqtali vergul qo‗yiladi:
Bog‗lovchisiz qo‗shma gaplarda tinish belgilari
.
1. Vergul
- mazmunan bir-biriga yaqin va bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‗lgan
voqea-hodisalarni bildirsa qo‗yiladi. (Birin-ketin sodir bo‗ladigan
ish-harakat, biror
narsaning tavsifini beruvchi qo‗shma gap qismlari orasida):
Qish keldi , suvlar muzlay
boshladi.
Dostları ilə paylaş: