nutqiy odat undovlari
Imperativ undovlari
: --
hoy, xay, hov, allo, ho‗v
.
Undovlar quyidagi tartibda tahlil qilinadi
.
1.Ma‘nosiga ko‗ra turi
2.Tuzilishiga ko‗ra turi
3.Gapdagi vazifasi.
Bu chuqur «oh-voh» larda biron ma‟no bor
.
«Oh-voh»lar – undov, his-hayajon undovi, tuzilishiga ko‗ra juft holda ishlatilgan,
otlashgan, gapdagi vazifasi to‗ldiruvchi.
Topshiriq
. Berilgan matndagi undovlarni tahlil qiling.
1. Rahmat, jiyan, yo`qlab kelibsan. Qalay, onang baquvvatmi? (O.) 2. Bizdan nimaiki
yordam kerak bo`lsa, marhamat. (Sh.) 3. Balli, o`g`lim, shunqor qancha baland uchmasin,
baribir o`z uyasiga qaytadi. (O.) 4. O, qani, bir yutum suv, bir hidlam muzdek toza havo!..
(O.) 5. Eh-ha, bu bolalar qachon ulg`ayadi-yu, qachon o`zining nonini topib eydigan
bo`ladi. (G`.G`.) 6. – Xo`-o`sh, bu ish ham bitdi, endi bu yog`i qanday bo`ldi...? (O.Yo.)
Modal so‗zlar
Ifodalanayotgan fikrga munosabatini bildiruvchi so‗zlar
modal so‗zlar
deyiladi.
Modal so‗zlar boshqa gap bo‗laklaridan vergul bilan ajratiladi:
Afsuski, rejadagi ishlar amalga oshmadi.
Modal so‗zlar bayon qilingan fikrga so‗zlovchining ishonch, quvonch, gumon,
afsuslanish, achinish kabi munosabatlarini yoki fikrning tartibi, xulosasi kabi
munosabatlarni bildiradi. Shunga ko‗ra ularni quyidagi guruhlarga bo‗lishi mumkin:
Ishonch munosabati:
albatta, shaksiz, so‗zsiz, shubhasiz
.
Gumon:
ehtimol, balki, chamasi, shekilli, mazmuni, aftidan
.
34
Tasdiq:
darhaqiqat, haqiqatan to‗g‗ri
.
Xulosalash:
demak, xullas, umuman
...
Fikr tartibi:
avvalo, avvalambor, birinchidan, nihoyat
.
Fikrni dalillash:
masalan, jumladan, zero, zeroki
.
Achinish:
afsus, afsuski, attang, esiz
.
Quvonch:
hayriyat, shukur
.
Modal so‗zlarning leksik xususiyati - modal ma‘nolarni ifodalashdir;
Modal so‗zlarning morfologik xususiyati – modal so‗zlar morfologik jihatdan
o‗zgarmaydi (egalik, kelishik, ko‗plik qo‗shimchalarini qabul qilmaydi)
Modal so‗zlarning sintaktik belgisi- kirish so‗z vazifasida kelishidir
Modal so‗zlar sof va vazifadosh modal so‗zlarga bo‗linadi:
Dostları ilə paylaş: |