O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Tahlil namunasi.
 
Bu hammaga ma‘lum-ku.
-ku – yuklama, tuzilishiga ko‗ra affiks yuklama, ma‘nosiga ko‗ra ta‘kid yuklamasi
imlosiga ko`ra affiks yuklama, bu yuklama gapga ta‘kid ma‘nosini qo‗shgan. 


32 
Nahotki, eshitmagan bo‗lsangiz!
Nahotki – yuklama, tuzilishiga ko‗ra so‗z yuklama, ma‘nosiga ko‗ra kuchaytiruv 
yuklama, imlosiga ko`ra so`z yuklama, gapga kuchaytiruv ma‘nosini qo‗shgan. 
Topshiriq
. Berilgan matndagi yuklamalarni tahlil qiling 
1. Omonmisiz, aka, bugun quyosh qayoqdan chiqdi, deb tursam, sizning kelishingiz ekan-
da. (T.M.) 2. Rosti bilan shunday dedimi? Adabiyotdan ham a‘lo baho olgan edi-ku.(A.Q.) 
3. U faqat bir narsaga idrok etdi – otasining hukmi mutloq to`g`ri! (T.M.) 4. Xuddi ana shu 
yili ... Qimmatxon ismli qiz ―Keling, yong`oqshunos!‖ deb kuldi. (Sh.) 5. Ayni yig`im-terim 
vaqtida sayling nimasi? (G`.G`.) 6. Ayb kimdaligini o`tgan uchrashuvimiz-dayoq 
sezganman. (T.M.) (S.Ahm.) 7. Kim yo`qlashi mumkin? Yakshanbadan boshqa kunlarda bu 
yerga hatto Azroyil ham kiritilmaydi-ku? (T.M.)
Taqlid so‗zlar
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidini bildiruvchi so‗zlar
taqlid so‗zlar
deyiladi. Taqlid so‗zlarga so‗roq berilmaydi. Ular 2 ga bo‗linadi:
 
A) tovushga taqlid so‗zlar
– narsalarning ovoziga taqlidini bildiradi:
chars-churs, 
g‗a-g‗a, di –dit, miyov, vov, gurs, chip, ,duk ...
 
B) holatga taqlid so‗zlar
– narsalarning holatiga taqlidini bildiradi (tovush
chiqarmaydi) : 
lip-lip, jimir-jimir, hang-mang, yalt, yult, dik, dir-dir, pildir-pildir, duv-
duv,.
Taqlid so‗zlar yakka, juft va takror holda qo‗lanishishi mumkin: 
Qars, yalt-yult, shildir-shildir

Taqlid so‗zlar boshqa so‗z turkumlaridan yasalmaydi, lekin ular boshqa so‗z 
turkumlarining yasalishiga asos bo‗ladi: 
Qars+ ak
(ot) , 
do‗r+ildoq
(sifat) , 
yalt+ira
( fe‘l) 
Taqlid so‗zlar gapda asosan aniqlovchi va hol, ba‘zan kesim vazifasida keladi:
 
Dalada shivir-shivir gap boshlandi.
(aniqlovchi)
 
Shaftolilar duv-duv to‗kildi.
(hol)
 
Tarvuzlar ham polizda g‗uj-g‗uj.
(kesim) 
Taqlid so‗zlar ham otlashadi:
 
Musichaning g‗uv-g‗uvi eshitildi. 
Shivir-shivirni bas qil.
Taqlid so‗zlar ba‘zan ko‗makchi fe‘l bilan birikadi va qo‗shma fe‘l deb nomlanadi:
 
Milt-milt qilardi, qars etdi, chars –churs qilidi...

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin