Bugun cho„qqiga ko„tarilmadik, chunki kuchli bo„ron boshlanishi xavfi bor edi.
31
Chunki-bog‗lovchi, yakka bog‗lovchi, ergashtiruvchi bog‗lovchi, sabab bog‗lovchisi,
qo‗shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ergashish yo‗li bilan bog‗lagan
Topshiriq
. Berilgan matndagi bog`lovchilarni tahlil qiling.
1. Manzuraning dilida shu tuyg`u bor, lekin bunday so`zlarni maromiga etkazib ulab, ayta
olmaydi. (T.Malik) 2. Dastlab frontga kelishi va u vaqtgi kechinma ham kayfiyatlarini aytib
berdi. (O.) 3. U qancha dadil va sarbast bo`lmasin, lekin erkaklar bilan munosabatda
ehtiyotli edi, ba‘zan istar-istamas qishloq odatiga rioya qilar edi. (O.) 4. U kuni bo`yi goh
kutubxonada, goh hujrasida mutolaadan bosh ko`tarmay o`tiradi
Yuklama
Mustaqil so‗z va gaplarga qo‗shimcha ma‘no yuklaylidan yordamchilar
yuklama
deyiladi. Yuklamalar gapga so‗rash, kuchaytirish, ta‘kidlash, gumon, chegaralash kabi
ma‘nolarni qo‗shadi. Yuklamalar shakliga ko‗ra 2 ga bo‗linadi:
A) So‗z yuklamalar
:
axir, xatto, xattoki, nahot, nahotki, faqat, ham, xuddi, naq, go‗yo,
go‗yoki, hech, sira.
B) Qo‗shimcha (affiks) yuklamalar
:
-mi, -chi, -a, -ya, -gina, kina, qina, -dir, -u, -yu, -da,
-oq, -yoq, -ku
Yuklamalar ma‘nosiga ko‗ra 6 guruhga bo‗linadi:
1.
So‗roq-taajjub yuklamalari
:
-mi, -chi, -a, -ya
2.
Kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari
:
hatto, hattoki, nahot, nahotki, ham, -u, -yu, -da,
-
oq, -yoq, -ki, axir
Dostları ilə paylaş: |