30
Teng bog‗lovchilar
—gapning uyushiq bo‗laklarini
va teng munosabatdagi sodda
gaplarni bog‗laydigan bog‗lovchilar. Teng bog‗lovchilar 4 guruhga bo‗linadi:
1. Biriktiruv bog„lovchilari
:
va, hamda, bilan, ham
2. Zidlov bog„lovchilari
:
ammo, lekin, biroq, balki
3. Ayiruv bog„lovchilari
:
yo, yoki, yohud, goh-goh, dam-dam, ba‘zan-ba‘zan, bir-
bir, xoh-xoh
4. Inkor bog„lovchisi
:
na… na
―Bilan‖ ko‗makchisi ba‘zan uyushiq bo‗laklarni bog‗lab kelganda bog‗lovchi
vazifasini bajaradi (bunda uning o‗rniga va bog‗lovchisini qo‗llash mumkin):
Bozordan qalam bilan (va) daftar oldi.
Bog‗lovchilar ko‗makchilar sof va vazifadosh bog‗lovchilarga bo‗linadi:
A) Sof bog‗lovchilar
:
va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yoxud, dam, yoki, ba‘zan,
xoh...
B) Vazifadosh bog‗lovchilar
:
bilan
(ko‗makchi),
ham, -u, -yu, na... na, -da
(yuklama),
balki
(modal so‗z)
Bilan
—ko‗makchi-bog‗lovchi;
-u, -yu, -da, ham
—yuklama-bog‗lovchi.
Ham
takror holda qo‗llangandagina bog‗lovchi sanaladi:
Ham qo‗rqaman, ham
bilgim kelar
.
Ham
yuklama - bog‗lovchisining qisqargan shakli ham bor:
U xalqniyam,
oilasiniyam, qo‗shnisiniyam boqdi.
Dostları ilə paylaş: