O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

 
 
7. Bo‗lishsizlik olmoshlari
—inkorni bildiruvchi olmoshlardir: 
hech kim, hech nima, 
hech qaysi, hech qanday, hech qancha, hech banda, hech qachon, kimsa 
 
 
 
Tahlil tartibi 
1.So`rog`i. 
2.Qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llanganligi. 
3.Ma‘nosiga ko‗ra turi 
4.Kelishigi 
5.Egalik va grammatik soni 
6.Qaysi so‗z turkumi o‗rnida kelganligi 
7.Tuzilishiga ko‗ra turi 
8.Bog`langan so`zi. 
8.Gapdagi vazifasi. 
Tahlili namunasi
 
Bizning a‘lochi bo‗lib o‗qiyotganimizni ko‗rganda o‗qituvchining boshi ko‗kka etadi
.
Bizning-olmosh, kimning? so‗rog‗iga javob bo‗ladi, ot so`z turkumi o`rnida 
qo`llangan, kishilik olmoshi, qaratqich kelishigida, tuzilishiga ko‗ra sodda, o`qiyotganimiz 
so`ziga bog`langan, gapdagi vazifasi qaratqich-aniqlovchi
Topshiriq
. Berilgan matndagi olmohlarni tahlil qiling. 
Bu navbat shahardan sakkizta xurmacha, katta chelak ko`targan o`rta yashar bir 
qatiqfurush obkash ko`tarib yayov kelar edi. (G`.G`.) 2. Erli-suvli odamlar, qanday 
bo`lmasin, bir sababdan qiynalib qolsalar, darrov ularning pinjiga tiqilar edi. (O.) 3. 
Majlis ahli bu ―favqulodda hodisa‖dan butunlay bexabar bo`lsa-da, biror kimsa nima 
bo`libdi, nima gap, deb so`rashga jur‘at etolmadi. (N.A.)
Yordamchi so‗zlar 
Atash ma‘nosiga ega bo‗lmagan, biror so‗roqqa javob bo‗lmaydigan va gap bo‗lagi 
vazifasida kela olmaydigan so‗zlar 
yordamchi so‗zlar
deyiladi. 
Yordamchi so‗zlarda grammatik ma‘no va grammatik shakl, grammatik vazifa bor. 
Yordamchi so‗zlar mustaqil so‗zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog‗lash yoki ularning 


29 
ma‘nolariga qo‗shimcha ma‘no yuklash vazifasini bajaradi, bu grammatik ma‘nolarni 
ifodalashga xizmat qiladi deganidir.
Ma‘lumki, yordamchi mustaqil so‗zlar orasidagi grammatik munosabatni yoki ularga 
qo‗shiladigan modal ma‘nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi va mustaqil holda biror gap 
bo‗lagi vazifasini bajarmaydi. 
Yordamchi so‗zlar uch turga bo‗linadi. 
1) ko‗makchilar, 2) bog‗lovchilar, 3) yuklamalar 
Ko‗makchi.
Ot, olmosh, harakat nom iva sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‗zga tobe 
bog‗lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‗zlar 
ko‗makchi
deyiladi: 
Kitobni ukam 
uchun oldim

Ko‗makchilar dastlab ikkiga bo‗linadi: sof ko‗makchilar va vazifadosh 
ko‗makchilar.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin