Ergashtiruvchi bog‗lovchilar
—o‗zaro tobe munosabatdagi gap bo‗laklarini yoki
tobe- hokim gaplarni bog‗lovchi yordamchilardir (ergashtiruvchi bog‗lovchilar
uyushiq bo‗laklarni bog‗lamaydi).
Ergashtiruvchi bog‗lovchilarning 4 guruhi bor:
1. Aniqlov bog„lovchisi
:
ya‘ni (-ki, -kim
)
2. Sabab bog„lovchilari
:
chunki, negaki (shuning uchun)
3. Shart bog„lovchisi
:
gar, agar, agarda, garchi, mabodo, basharti
4. Maqsad bog„lovchisi
:
toki
Bog‗lovchilar qo‗llanishiga ko‗ra 2ga bo‗linadi:
1. Yakka qo‗llanuvchi bog‗lovchilar
:
va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, bilan,
yo, yoki, yohud, ya‘ni, -u, -yu, -da, shuning, uchun, negaki, agar…
2. Takror bog‗lovchilar
:
yo, yoki, goh, dam, ba‘zan, bir, ham, xoh, na
ammo, lekin, biroq, balki, a, chunki, negaki, shuning uchun, ya‘ni, toki
bog‗lovchilaridan
oldin vergul qo‗yiladi:
Usmon oq rangni emas, balki qizilni yoqtirardi
.
Takror bog‗lovchilarning ikkinchisidan oldin vergul qo‗yiladi:
Usmon na o‗qiydi, na
yozadi.
Bog‗lovchilarni quyidagicha tahlil qilamiz
.
1.Qo‗llanishiga ko‗ra turi (yakka yoki takroriy)
2.Vazifasiga ko‗ra turi (teng bog‗lovchi, ergashtiruvchi bog‗lovchi va ularning
turlari).
3.Nimalarni bog‗laganligi.
Tahlil namunasi
Stol ustida gazeta va jurnal bor edi
.
Va-bog‗lovchi, yakka bog‗lovchi, teng bog‗lovchi, biriktiruv bog‗lovchisi, gapda
uyushiq bo‗laklarni bog‗lagan
.
Dostları ilə paylaş: |