O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

dominanta (bosh so‗z) 
hisoblanadi. Bosh so‗z ko‗p ishlatiladi, neytral bo‗ladi 
va qatordagi boshqa sinonimlarni bog‗lab turadi:
 
chiroyli, 
go‗zal, xushro‗y, ko‗rkam, zebo; 
avval
, oldin, ilgari, qadim; tulki, shayton, 
ayyor
, mug‗ombir… 
Bir o‗zakdan yasalgan so‗zlar ham sinonim bo‗lishi mumkin: 
gulli—guldor... 
Boshqa tillardan olingan so‗zlar ham tilimizdagi so‗zlar bilan sinonimlik hosil qilishi 
mumkin: 
amr(arabcha)—farmon(forscha)—buyruq(o‗zbekcha); tilshunoslik(o‗zbekcha)—
lingvistika(ruscha)... 
Shartli sinonimlar—aslida sinonim bo‗lmagan so‗zlarni shoirlar ko‗chma ma‘nosida 
sinonim sifatida qo‗llashadi 
 
Nega kerak edi shu chiroy, shu o‗t, 
 
Shu yoniq yulduzni ko‗zga yashirmoq?
(Hamid Olimjon) 
Ko‗p ma‘noli bir so‗z har bir ma‘nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarda 
ishtirok qilishi mumkin: 
 
Bitirmoq, tugatmoq, tamomlamoq; 
 
Bitirmoq, bajarmoq, ado etmoq; 
 
Bitirmoq, quritmoq, soblamoq... 
Ko‗p ma‘noli so‗z har bir ma‘nosi bilan boshqa-boshqa so‗zlarga antonim bo‗lishi 
mumkin: 
tez-sekin
(o‗z ma‘nosida); 
tez qo‗zg‗aldi-og‗ir qo‗zg‗aldi
(ko‗chma ma‘noda) 
Bir sinonimik qator boshqa bir sinonimik qator bilan antonimlik hosil qiladi, ammo 
bir so‗z faqat bir so‗z bilan: 
chiroyli, go‗zal xunuk, badbashara 
 
3. Shakldosh so‗zlar (omonimlar)
—yozilishi bir xil, ma‘nolari har xil bo‗lgan 
so‗zlardir: 
o‗t
(olov)—
o‗t
(maysa)—
o‗t
(organ)—
o‗t
(harakat)... 
Omonim so‗zlar bilan ko‗p ma‘noli so‗zlar farqlanadi. Ko‗p ma‘noli so‗z aslida bir 
so‗z bo‗lib, ma‘nolari bir necha bo‗ladi va ularning ma‘nolari o‗rtasida bog‗lanish bo‗ladi. 
Omonim so‗zlar esa yozilishi bir-biriga o‗xshash bo‗lib qolgan bir necha so‗zlardir. 
Ularning ma‘nolari o‗rtasida umuman bog‗lanish bo‗lmadi: 
 
Barmoq uchi ruchka uchi daraxt uchi
(ko‗p ma‘noli bir so‗z) 
 
Ot (ism) ot (fe‘l) ot (harakat)
(omonim, bir necha so‗z) 
Shakldosh so‗zlar: 
yosh, zang, to‗p, shim, ot, yoz, chang, adash, alif, asar, aya, bahr, 
bit, bel, burun, bo‗y, gap, dasta, el, yor, karam, og‗iz, kech, kul, oz, sir, soz, son, soch, tin, 
toy, tuman, to‗y, to‗r, uy, uch, un, yara, qil, tuz, ol, yon, bor, til, tut, tik, qo‗y... 


17 
4. Paronimlar
—talaffuzi bir-biriga yaqin, ammo ma‘nosi har xil so‗zlardir(odatda 
bir tovush bilan farqlanadi): 
yuvundi—yuvindi.
.. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin