1. Eshikdan kirishim bilan “dada”lab bag`rimga tashlanishi qanday zavqli! (SH.) 2. Bo`g`ziga pichoq tortilganday xirillayotgan Elchin dastlab qay holga tushganini anglamay ham qoldi.(T.Malik) 3. Mo`ylovini aytmaysizmi, og`zi qaerdaligini bilib bo`lmaydi.(X.To`xtaboev) 4. Hoji-murod qalt-qalt titrar, qo`ynidagi bedanalar pitirlardi.(S.Ahm.) 5. U qattiq kerishib o`rnidan turganida, ko`zi qorong`ilashdi...(A.Q.) 6. Tush payti birpas dam olay desam, shu ham, mana, burnimdan buloq bo`lib chiqyapti-ku! (P.Q.) 7. Ularning qaysi hovlidan panoh topganini hech kim ko`rolmaydi. (O.Husanov) 8. O`rinbosarimizning buyrug`ini mening buyrug`im deb biling. (J.Abd.) 2-mashq.
Quyidagi gaplar tarkibidan talaffuzda ham, yozuvda ham undosh tovush almashgan so`zlarni tahlil qiling. 1. – Qanday ajoyib qishlog`imiz bor! – dedi. (O.YOqubov) 2. Mezbon chiqqach, Manzura yumshoqqina kursiga omonatgina o`tirdi.(T.Malik) 3. Ekkan sabzi-piyozimizni necha bor shudgor qilib ketgan tumshug`ing qurg`urlar. (S.Anorboev) 4. Qani endi men ham o`richchani sharillatib o`qiydigan bo`lsam. (S.Ahm.) 5. Qoravoyning o`zi arava minmay, nega siz mindingiz?(S.Ahm.) 6. “Iloyo, umring go`rda chirisin, etimcha – etti kulcha... Sen tambalga bergan tomog`im harom bo`lsin, darbadar!” (J.Abd.) MAVZU:
Leksikologik va frazeologik tahlil .
Reja
1. Leksikologik va frazeologik tahlil.
2. Leksikologiya va frazeologiya lug‗aviy birliklarining ma‘no tuzilishi.
3.Ularning turlari, so‗z va iboralarda ma‘no ko‗chishi.
4. Leksik va frazeologik tahlil tartibi va namunasi.
Leksikologiya va frazeologiya lug‗aviy birliklarning ma‘no tuzilishi, ma‘nolarning
rang-barangligi, so‗z va ibora ma‘nolarining ko‗chish xususiyatlari; polisemiya,
sinonimiya, antonimiya, lug‗aviy birliklarning ishlatilish doirasi va zamonaviyligiga ko‗ra
tasnifi, lug‗aviy birliklarning nutq uslublariga xoslanganligi kabi masalalar bilan
shug‗ullanadi.
Tilimizdagi barcha so‗zlar va ularning lug‗aviy ma‘nolari