Zil o L a X u do y ber g a n o V a X a yru lla h a m id o V turk tilining



Yüklə 10,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/333
tarix03.09.2023
ölçüsü10,44 Mb.
#141311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   333
Turk tilining nazariy grammatikasi. Xudayberganova Z, Hamidov X

(Kelimelerin Yapisi)
S o'zlar bir yoki I r r necha b o 'g 'in d an yuzaga kelgan m a’no 
birliklaridir. U lar lug'atc agi boshlang'ich shakllariga k o 'ra lug'at 
so ’zlari deyiladi 
(ta§ (tos i), nine (bum), toprak (tuproq)
va h. Gap 
ichida ularga so 'z o 'zg art ruvchi, shakl yasovchi qo'shim chalar q o '­
shilib, boshqa so 'zlar bile л m unosabat o'rnatiladi 
(Ali-nin, nine-den,
toprag-a, getir-di).
Bular grammatik shakl lardir.
L ug'atlarda berilgrn so'zlardan ko'pchiligi bo'linm as m a’no
12


unsurlari hisoblanib, ularni yanada sodda parchalarga b o 'lish m um kin 
emas: 
bay (bosh), su (suv), ak (oq), kirk (qirq), sev- (sev-), deve (tuyct)
v a h . Bular so'zning o 'z a k qismidir. B a’zilari esa m a ’no o'zgartiruvchi. 
m a’no yasovchi qo'shim chalar bilan uzaytirilgan so'zlardir: 
bay-hk,
sn-hi, sev-dir-, deve-ci
kabi. Bular so'zning negizidir. Turk tilida 
q o 'sh m a va ajnabiy so'zlardan ham xuddi o'zaklardan yasalgan 
so ‘zlar kabi yasovchi qo'shim chalar q o ’shilib negizlar yasalgan: 
can-
siz (jonsiz), hasta-lik (xastalik), ayakkabi-ci (etikdo ‘z)
kabi.
Q o'shm a va o'zlashgan so'zlardan ham xuddi o'zaklardan 
yasalgan so' zlar kabi yasovchi qo ' shimchalar qo' shi lib negizlar yasalgan. 
Ham m a holatlarda ham negizlar qaytadan yasovchi qo'shim chalar 
olib o 'z m a’nolarini o'zgartirgan: 
su-lu-luk (suvlilik), ayakkabi-ci-hk
(etikdo zlik), duyiin-ce-siz-ce (o ‘ylovsiz, о ‘ylamasdan)
kabi.
S o‘z yasalishi (Kelime Yapimi)
Hozirgi zam on turk tilida q o ila n ib kelinayotgan so 'z va 
atam alar uch xil y o 'l bilan yuzaga kelgan. Bulardan birinchisi. 
faollashtirilgan neologizm lar sifatida zam onaviy turk tiliga kirgan 
arab, fors va boshqa tillardan o'zlashgan so'zlarning muqobillaridir. 
M asalan: 
kuyku - yilphe (shubha, hadik), alan - saha (maydon)
kabi. 
Ikkinchisi. turk tilidagi dialektlardan tanlash y o 'li bilan yuzaga kelgan: 
geke
(kichik omoch), 
divlek
(pishm agan qovun), 
gomge
(yog'och 
qoshiq, cho'm ich) va h. Turk tilining dialektlar lug'atiga kiritilgan bu 
so'zlar badiiy asarlar orqali shevadan o'zlashtirilgan. Uchinchisi, turk 
tilining so 'z yasash vositalaridan foydalanish y o 'li bilan yaratilgan 
yangi so'zlar. neologizmlardir. Bu har qanday tilda so ‘z yasalishining 
eng serm ahsul y o 'li hisoblanadi, Bunda m ahsuldor affikslarning o 'm i 
salmoqli: 
-li, -siz, -lik, -ce
va b. S o f turkcha 
-ak, -men, -cil
affikslari 
va boshqa tillardan o'zlashtirilib, turkchalashtirilgan 
-sel, -toy, -ev
affikslari kam uchraydi.
Turk tilida so 'z yasalishida konversiya usuli ham keng q o 'l­
lanadi: 
yaza r (yozuvchi), bakan (vazir)
kabi. So'zlarni qo'shish y o i i
bilan ham qator so'zlar yasalgan: 
agirba$h
(og'ir-vazm in), 
dedikodu
(g'iybat), 
yiizyil
(asr), 
onsoz
(so 'z boshi), 
basim evi
(bosmaxona) kabi.
S o'z yasovchi qo'shim chalar va o'zaklarning to'rttadan turi 
mavjud. A slida o 'zak so 'z yasalishining asosiy xom ashyosidir. Shu
13


bois uni so‘z yasalishi m avzusiga tegishli deymiz, ammo bu atam a 
ancha sodda o ‘zaklarga nisbatan qo ‘llanadi.
Turk tilida so 'z yasalishining uch turi ajratiladi:
1. Otdan (ot yasovchi qo'shim chalar qo'shilib) ot yasalishi: 
yam a-ci
(yamoqchi), 
goz-luk-gu (ко ‘zoynak yasovchi yoki uni
sotuvchi), i$-gi-lik (ishchilik), avukat-hk (advokatlik)
kabi.
2. Otgan fe’l yasovchi qo'shim chalar qo'shilib fe’l yasalishi: 
iz-
le-m ek
(ta’qib etmoq, tom osha qilmoq), 
bigak-la-mak
(pichoqlamoq), 
firga-la-m ak
(cho'tkalam oq, tozalam oq) kabi.
3. F e ’lga ot yasovchi qo'shim chalar qo'shilib (fe’ldan) ot 
yasalishi: 
sat-ici (sotuvchi), bil-im (bilim), kur-um (muassasa)
kabi.
Undan tashqari, turk tilshunosligida f e i shakllarining yasalishi 
ham so 'z yasalishining bir turi hisoblanadi. Shu boisdan so 'z
yasalishining to'rtinchi turi ham ajratiladi (fe’l yasovchi qo'shim chalar 
qo'shilib (fe’ldan) fe’l shakllari yasalishi): 
sez-dir-m ek
(sezdirmoq), 
gor-щ-Ш г-тек
(ko'rishtirm oq, uchrashtirm oq) kabi.
So'zning o 'zak va qo'shim chalaridagi o'zgarishlar xususida 
shuni aytish kerakki, turk tilida so'zning yasalish vaqti ju d a muhim. 
Chunki so'zning o 'zagi ham, qo'shim cha ham jonli unsurlar bo'lib, 
ular vaqt o 'tish i bilan o 'z shakli va m a’nosini o'zgartirishi mumkin. 
Qolaversa, tilda q o ila n m a y qolgan, eskirgan o 'z a k va qo'shim chalar 
ham talaygina. Shu bilan birga, birdan ortiq m a’noga ega b o ig a n
o 'z a k va qo'shim chalam ing qaysi m a’noda kelayotganini yaxshi biiish 
kerak. Chunki so 'z shundan kelib chiqqan holda m a ’no kasb etadi: 
ya§
(yosh, toza), 
yagarm ak
(yasharmoq), 
у а ф
(keksa), 
ya§lanm ak
(keksaymoq, qarimoq) kabi.
Turk tilida asl fe ’llar f e i o'zagining m a’nosini o'zgartiruvchi bir 
qancha qo'shim chalar vositasida yuzaga keladi. Gram m atika nuqtai 
nazaridan bunday o'zgarishlar fe’l nisbat qo'shim chalari qo'shilishi 
natijasida yuz beradi. L ug'aviy m a’noda mustahkam o'zgarish 
yuzaga keltirgan va yangi so'zlar yaratuvchi f e i qo'shim chalarini 
turk tilshunoslsri so 'z yasovchi qo'shim chalar deb atashadi. Lekin 
um um iy tilshunoslik nuqtai nazaridan fe id a n fe’l yasalishi mumkin 
emas. F e id a n faqat f e i shakllari yasalishi mumkin.
F e i nisbat qo'shim chalari f e i o 'zag i m a’nosini o'zgartirgan
14


holda yangi shakllar hosil qiladi. Faqat b o ‘lishsiz fe ’l negizlar! yangi 
shakllarda rivojlanm aydi. Shu bois nisbat 
(gati)
qo'shim chalari ham 
k o 'zdan kechiriladi.
F e ’l shakllari yasovchi qo'shim chalar orasida tarixiy kirishuv 
ro 'y berib kelgan. Bugungi kunda turk tilshunoslari tom onidan 
yasovchi qo'shim cha sifatida qabul qilingan qo'shim chalardan 
ko'pchiligining qadim da nisbat qo'shim chalari yoki qo'shm a shakllar 
ekanligini ta ’kidlam oq kerak.
N a z o ra t u ch u n sav o llar
1. Hozirgi zam on turk adabiy tilining o 'z ig a xos xususiyatlari.
2. Turk tilining tarixiy taraqqiyoti.
3. Turk tili taraqqiyotining davrlashtirilishi.
4. Qadimgi turkiy tilning xususiyatlari.
5. O 'rta turk tili davridagi til xususiyatlari.
6. Yangi turk tili davri til xususiyatlari.
7. Turk tili islohoti.
8. Turk tilidagi so'zlam ing tuzilishi.
9. Turk tilida so 'z yasalishi.
10. Ot yasovchi qo'shim chalar.
11. F e i yasovchi qo'shim chalar.
1.1.S O 'Z T U R K U M L A R I 
(K elim e g ru p la ri)
M av zu n in g o ‘q u v m aq sad i: turk tilidagi so 'z turkum lari 
haqida m a iu m o t berish, so'zlarni turkum larga tasniflash tam oyillari 
haqida tushuncha hosil qilish
T ayan ch so 'z va ib o ra la r: 
m orfologiya (morfoloji; bigim bilimi,
yapibilimi, yapibilgisi), so ‘z turkum lari (kelime gruplari), gram m atik
m a ’nosi

gram m atik shakl, so ‘zning leksik m a ’nosi (kelimenin anlami),
so ‘zlarning turkum lanishi (kelimelerin smiflanchrilmasi).
T ay an ch tu sh u n c h a la r: 
m orfologiya (morfoloji; §ekil bilgisi,
bigim bilimi, yapi bilimi, ya p i bilgisi), so ‘z turkum lari (kelime gruplari),
gram m atik ma'no, gram m atik shakl, leksik m a ’no (kelimenin anlami),
so 'zlarning turkum lanishi (kelimelerin smiflanchrilmasi).
15


Hozirgi zamon turk tilidagi so'z turkumlari tilshunoslikning 
muhim tarkibiy qismi b o ig a n
M orfologiya
b o iim id a o'rganiladi. 
Morfologiya turk tilshunosligida 

Yüklə 10,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin