lar (negroid)ni
birgalikda yashashga, faoliyatning turli sohalarida
hamkorlik qilishga majbur etgan. Bu o‘zaro hamkorlik birinchidan
biologik aralashuvga (metislar); ikkinchidan, ispan va portugal til-
larining hindular va afroamerikaliklar tillari bilan o‘zaro ta’sirining
kuchayishiga; uchinchidan, turli xalqlar, qabilalar, etnik guruhlar ora-
sida mustahkam aloqalarning o‘rnatilishiga olib keladi.
Oq tanlilar va hindulardan tug‘ilganlar
metislar deb nomlan-
gan. Metislar aksari qaram dehqonlar, hunarmandlar, mayda sav-
dogarlar, mayda xizmatchilar boiganlar. Ular bilan yaqin guruh oq
tanlilaming qora tanlilar bilan aralashuvidan tugilganlar - mulat-
lar boigan. Mulatlardan qullik asoratidan
ozod etilganlar yoki pul
evaziga erkinlik olganlar aksari hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish
sohasida shug‘ullanganlar. Hindular va afroamerikaliklar nik'ohidan
tug‘ilganlar sambolar boiishgan. Ulaming bir qismi xizmatkorlar,
qolganlari farroshlik qilganlar.
Mustamlakalarda tug‘ilgan oq tanlilami Lotin Amerikasida kreollar
deb atashgan. Ulaming ayrimlari tomirida hindu yoki qora tanlilar qoni
boigani ham ehtimol. Mustamlaka tizimidagi muhim lavozimlarga
Madrid va Lissabon hukumatlari metropoliyadan yuborishga harakat
qilganlar. Ayni paytda kreollarga past lavozimlami ravo ko‘rganlar, xo-
los. Kreollarga faqat latifundistlar emas, ko‘p sonli ziyolilar:
shifokor-
lar, o‘qituvchilar, advokatlar, yuqori boimagan lavozim egalari ham
kirganlar. Bu kishilar asta-sekin o‘zlarini ispanlar yoki portugallar deb
hisoblamay boradilar. Sababi kreollaming ajdodlari qabri, hayotlari
o'zlari yashayotgan hudud, mamlakat bilan bogiiq edi.
Etnoirq aralashuvi jarayonlari mintaqadagi
mamlakatlarda ya-
shayotgan aholining bugungi tarkibida namoyon boimoqda. Hozirda
hindular aholining 15% ni tashkil etsa, metislar 55%, afroamerikalik
lar 10%, qolgani kreollar va Yevropadan keyin ko‘chib kelganlardir.
Xususan, mustamlakachilikning so‘nggi davrida Meksika va Chili-
da metislar 80%, Paragvayda 90% boiganini ta’kidlash lozim. Oq
tanlilar, xususan, kreollar Argentinada, Urugvayda va Kosta-Rikada
ko‘pchilikni tashkil etadi.
249
Birgalikda yashash, faoliyat, jismoniy
aralashuv hindu-ispan
va hindu-portugal ikki tilligmi vujudga keltiradi. Paragvayning
ko‘pchilik aholisi ikki tilda - ispan va guaranida so‘zlasbadilar. Bra-
ziliyaliklarning aksari ko‘pchiligi portugal tilining mahalliy shevasida
hamda hindu tillaridan birida (aravak, tupi-guarani, karib va boshqa-
larda) so‘zlashadilar.
Dostları ilə paylaş: