40
tasdiqlaydi.
Identifikasiya va autentifikatsiya subyektlarning (foydalanuvchilarning)
haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o‘zaro bog‘langan jarayonidir.
Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga
tizimning ruxsati aynan shularga bog‘liq. Subyektni identifikasiyalash va
autentifikatsiyalashdan so‘ng uni avtorizasiyalash boshlanadi.
Avtorizasiya
(Authorization) – subyektga tizimda ma‘lum
vakolat va
resurslarni berish muolajasi, ya‘ni avtorizasiya subyekt harakati doirasini va u
foydalanadigan resurslarni belgilaydi. Agar tizim
avtorizasiyalangan shaxsni
avtorizasiyalanmagan shaxsdan ishonchli ajrata olmasa bu tizimda axborotning
konfidensialligi va yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizasiya
muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini ma‘murlash
muolajasi uzviy
bog‘langan.
Ma‟murlash
(Accounting) – foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini,
shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish.
Ushbu
hisobot axboroti xavfsizlik nuqtai nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik xodisalarini
oshkor qilish, taxlillash va ularga mos reaksiya ko‘rsatish uchun juda muhimdir.
Autentifikatsiya protokollarini taqqoslashda va tanlashda quyidagi
xarakteristikalarni hisobga olish zarur:
-
o‘zaro
autentifikatsiyaning
mavjudligi.
Ushbu
xususiyat
autentifikasion almashinuv taraflari o‘rtasida ikkiyoqlama autentifikatsiyaning
zarurligini aks ettiradi;
-
hisoblash samaradorligi. Protokolni bajarishda zarur bo‘lgan amallar
soni;
-
kommunikasion samaradorlik. Ushbu xususiyat autentifikatsiyani
bajarish uchun zarur bo‘lgan xabar soni va uzunligini aks ettiradi;
-
uchinchi tarafning mavjudligi. Uchinchi
tarafga misol tariqasida
simmetrik kalitlarni taqsimlovchi ishonchli serverni yoki ochiq kalitlarni
taqsimlash uchun sertifikatlar daraxtini amalga oshiruvchi serverni ko‘rsatish
mumkin;
41
-
xavfsizlik kafolati asosi. Misol sifatida nollik bilim bilan isbotlash
xususiyatiga ega bo‘lgan protokollarni ko‘rsatish mumkin;
-
sirni saqlash. Jiddiy kalitli axborotni saqlash usuli ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: