Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


eBay da ishtirok etish tekinligicha qolgan.  Hozirgi paytda esa sotuvchi uchun mahsulotni  eBay



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə335/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

eBay
da ishtirok etish tekinligicha qolgan. 
Hozirgi paytda esa sotuvchi uchun mahsulotni 
eBay
da joylashtirishning uch xil 
imkoniyati mavjud: kim oshdi savdosi qoidalariga muvofiq, ko’rsatilgan baho 
asosida va reklama ma’lumoti sifatida. Raqamli biznes tashkil qilish uchun pullarni 
qaerdan olish kerak? - degan muammoni ham to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. Pul 
topgandan so’ng esa biznesni to’g’ri boshqarish muammosi ko’ngalang bo’lib 
turadi. Boshqarish uchun kadrlarni esa qaerdan topish mumkin? – bu kabi 
savollarga quyida javob topishga harakat qilib ko’ramiz. 
Hozirgi paytda 
Startup
degan atama juda ham mashxur bo’lib ketdi. Bu 
atamaning bri qancha aniqlanuvlari bo’lib, ulardan biri 
startap
ni katta noaniqliklar 
sharoitida tezkorlik bilan rivojlana oladigan, tashqi sharoitlarga moslasha oladigan 
(
ya’ni masshtablashtirila oladigan
) biznes-model topish jarayoni deb tushuntiradi. 
Tushunrli va aniq biznes model topilib, tashkil etilib va natijalar olinganidan so’ng, 
uni endi 
biznes
deb nomlanadi. Startapning rivojlanishi uch bosqichga bo’linadi: 
startap haqidagi gipotezaning paydo bo’lishi, startapni testlashtirish jarayoni va 
startapni ishga tushirish jarayoni. Gipoteza deb nomlangan birinchi bosqichda 
ushbu startap taklif etayotgan mahsulot yoki hizmatga talabning bor yoki yo’qligi 
va talabning qanday miqdordaligi aniqlanadi. Testlashtirish bosqichi esa uning 
hayotiyligini va uning vositasida biznes tashkil qilish mumkinligini aniqlashni o’z 
ichiga oladi (
ya’ni, mijozlarni jalb qilish uchun ketadigan harajatlar startap tufayli 
keladigan daromaddan ancha kam bo’lishi lozim
). Startapni ishga tushirish 
jarayoni bosqichi esa mijozlarni ko’paytirish, biznes jarayonarni optimallashtirish 
va investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlarini topishni o’z ichga qamrab oladi. 
Bunda tadbirkor oldida turgan asosiy vazifa, hayotiy biznes-model topish bo’ladi. 
Huddi shu uchunchi bosqichda biznesda ishlaydiganlarning mansab instruktsiylari 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
paydo bo’ladi, ishning taqsimlanishi amalga oshadi va biznes jarayonlar esa ancha 
tushunarli bo’lib qoladi.
Endi biznesga muvaffaqiyatni ta’minlab beradigan shartlarni va innovatsion 
kompaniyaning hayotiy tsiklini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Har qanday 
kompaniyaning hayotiy tsikli quyidagi bosqichlardan iborat: 
Biznesning yaratilishi va ishga tushurilishi bosqichi
– bunda qanday 
mahsulot ishlab chiqarilishi hal qilinadi, bozorning tahlili amalga oshiriladi, biznes 
qanday tashkil qilinishi masalasi hal qilinadi, kompaniyaning nomi qanday bo’lishi 
va shunda o‘xshash bir qancha masalalar hal qilinadi; 
Kompaniyaning o’sish bosqichi
– bunda kompaniya bozorga chiqishni 
boshlaydi va uning faoliyati to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar olinadi; 
Biznesning voyaga yetishi bosqichi
– bunda kompaniya o’z oldiga qo’ygan 
maqsadlariga erisha boshlaydi, umimg mahsuloti bozorda kerakli bo’lib qoladi va 
kompaniya bozorda o’ziga mos bo’lgan joyni egallab oladi; 
Kompaniya biznesining stabillik bosqichi
– kompaniya o’z oldiga qo’ygan 
maqsadlariga osonlik bilan erisha boshlaydi, doimiy haridorlar yoki 
foydalanuvchilar guruhiga ega bo’ladi, boshqaruv esa katta darajadagi 
markazlashmaganlik bilan xarakterlanadi. Ammo agarda kompaniya o’z mahsuloti 
yoki hizmatini mukamallashtirish va biznesni ilgari surish bo’yicha hech qanday 
ishlar qilmasa, u keyingi, pasayish va biznesni yo’qotish boqichiga o’tib qolishi 
ham mumkin bo‘ladi.
Quyida innovatsion kompaniyaning rivojlanish bosqichlari grafik tarzda 
keltiriladi: 
Foyda 
Biznes-farishtalar, Bank kreditlari va bevosita investitsiya fondlari 
 „Ekuvchi“ investorlar, 
 „Ekuvchi“ fondlar, 
Davlat fondlari, Boshlang’ich Kengayish yoki oraliq Bozorga

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin